Abdullaev Baxtiyor Abduraxmonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiiy fanlar yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirishda ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1939
Ilmiy rahbar: Begmatova Dilfuza Abdullajanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04-raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
1. Zaynobiddinov Sirojiddin – Andijon davlat universiteti, fizika-matematika fanlari doktori, Akademik.
2. Abdullaeva Ozoda Safibullaevna – Namangan davlat texnika universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Umumta’lim maktablari tabiiy fanlar yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirishda ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tabiiy fanlar yo‘nalishida ta’lim sifatini innovatsion o‘qitish shakllari va usullari vositasida oshirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarning o‘zlashtirishini jadallashtiruvchi kvalimetrik yondashuvni differensial o‘quv muhitida akademik moslashuvchanlikda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
innovatsion o‘qitish shakllari va usullari vositasida ta’lim sifatini oshirish modeli o‘quv jarayoni samaradorligini kompleks tahlil qilishga mo‘ljallangan ekspertiza (intensiv so‘rov, predmetli test) instrumentlarini o‘quvchilarning mustaqil ishlash jarayonida davriy dinamikada qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
tabiiy fanlar yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirish texnologiyalari muammoga bir nechta echim topishga yo‘naltirilgan divergent tafakkurni o‘quvchilarda barqaror shakllantiruvchi keyslarni qayta aloqali interfaol o‘quv muhitida murakkablik darajalarga ko‘ra transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
tabiiy fanlar yo‘nalishida ta’lim sifatini baholash mezonlari Freym mantiqiy ma’noli sxema asosida tayyorlangan didaktik materiallardan o‘quvchilarning o‘quv-ijodiy faoliyatida konsentrik munosabatda foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. umumta’lim maktablari tabiiy fanlar yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirishda ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish metodikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tabiiy fanlar yo‘nalishida ta’lim sifatini innovatsion o‘qitish shakllari va usullari vositasida oshirishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarning o‘zlashtirishini jadallashtiruvchi kvalimetrik yondashuvni differensial o‘quv muhitida akademik moslashuvchanlikda qo‘llashga oid takliflardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-sinf o‘quvchilari uchun metodik qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 22 maydagi 01/11-01/9-405-son ma’lumotnomasi) Natijada tabiiy fanlarni o‘qitishda muammoli yondashuvni tashkil etishda ilmiylik va uzlyuksizlik tamoyillari asosida muammoli topshiriqlar yaratishning ilmiy-metodik jihatlari boyitilgan;
innovatsion o‘qitish shakllari va usullari vositasida ta’lim sifatini oshirish modeli o‘quv jarayoni samaradorligini kompleks analiz qilishga mo‘ljallangan ekspertiza (intensiv so‘rov, predmetli test) instrumentlarini o‘quvchilarning mustaqil ishlash jarayonida davriy dinamikada qo‘llash asosidagi taklif va tavsiyalari umumiy o‘rta ta’lim maktablari 10-sinf o‘quvchilari uchun metodik qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 22 maydagi 01/11-01/9-405-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
tabiiy fanlar yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirish texnologiyalari muammoga bir nechta echim topishga yo‘naltirilgan divergent tafakkurni o‘quvchilarda barqaror shakllantiruvchi keyslarni qayta aloqali interfaol o‘quv muhitida murakkablik darajalarga ko‘ra transformatsiyalash yuzasidan erishilgan ilmiy-metodik natijalar Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 27-, 43-sonli, Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi 35-sonli, Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 7-, 15-sonli umuta’lim maktablari o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 22 maydagi 01/11-01/9-405-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘quvchilarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ijobiy xulosalar olishga erishilgan;
tabiiy fanlar yo‘nalishida ta’lim sifatini baholash mezonlari Freym mantiqiy ma’noli sxema asosida tayyorlangan didaktik materiallardan o‘quvchilarning o‘quv-ijodiy faoliyatida konsentrik munosabatda foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-sinf o‘quvchilari uchun metodik qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 22 maydagi 01/11-01/9-405-son ma’lumotnomasi) Natijada didaktik materiallardan o‘quvchilarning o‘quv-ijodiy faoliyatida konsentrik munosabatda foydalanish imkoniyati kengaytirilgan.