Imankulov Nurbek Tursunkul o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini STEAM yondashuv asosida shakllantirish metodikasi (tabiiy fanlar misolida)” , 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/Ped8191
Ilmiy rahbar:Ashirov Shamshidin Annazarovich, pedagogika fanlari nomzodi,dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
1. Qodirova Feruzaxon Usmonovna -Chirchiq davlat pedagogika universiteti, p.f.d (Dsc), professor
2. Otojonov Salimjon Madraximovich – Farg‘ona davlat pedagogika universiteti, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
I.Tadqiqotning maqsadi. Umumta’lim muassasalarida “Tabiiy fanlar”ni STEAM yondashuvi asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumta’lim muassasalarida STEAM yondashuvi asosida o‘quv mashgʻulotlarini loyihalashning metodik jihatlari o‘qitishning zamonaviy konseptual dasturi (faollashtiruvchi, rivojlantiruvchi, yangi axborot vositalarini qo‘llashga asoslangan) pedagogik jarayonlarda amaliyot, yaxlitlik, mustaqillashuv, harakat elementlarining proporsinalashuviga (shaxsga yoʻnalganlik, individual ishlash, erkinlik) ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
“Tabiiy fanlar” o‘quv mashgʻulotlarini STEAM yondashuvi asosida o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasini takomillashtirish asosida tabiiy fanlarni STEAM yondashuvi asosida o‘qitishni tashkil etishning metodik modeli o‘quv mashgʻulotlari “katta”, “o‘rta” va “kichik” modulli STEAM yondashuviga asoslangan bosqichlari (STEAM yondashuviga asoslangan algoritmi, matn ssenariysi, baholash) funksional amallarning ketma-ketlik traektoriyasi mazmunini (maqsad va tushunchalar, mezon, vosita, matn) belgilash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quv mashgʻulotlari STEAM yondashuviga asoslangan tabiiy fanlar o‘quv fanini o‘qitish metodikasi STEAM yondashuviga asoslangan texnologiyasi umumiy va xususiy metodologiyalarni ajratish, o‘quv modullari va o‘quv harakatlari integrasiyalashuv jarayonlari (rejalashtirish, hamkorlik bosqichi, tashkiliy-didaktik ta’minlash) mohiyatini ochib berish (zamonaviy ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda o‘qituvchi faoliyatining ketma-ketligi) asosida takomillashtirildi;
o‘quvchilarning STEAM yondashuvi asosida shakllangan “Tabiiy fanlar” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlari ijodiy-intellektual topshiriqlarga (prognoztik, tanqidiy baholovchi, kreativlikni aniqlovchi) amaliy tus berish asosida takomilashtiridi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim muassasalarida Tabiiy fanlar fani o‘quv mashgʻulotlarini loyihalashtirib o‘qitish shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim muassasalarida STEAM yondashuvi asosida o‘quv mashgʻulotlarini loyihalashning metodik jihatlari o‘qitishning zamonaviy konseptual dasturi (faollashtiruvchi, rivojlantiruvchi, yangi axborot vositalarini qo‘llashga asoslangan) pedagogik jarayonlarda amaliyot, yaxlitlik, mustaqillashuv, harakat elementlarining proporsinalashuviga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqishga doir takliflardan “Elektrotexnika va elektronika” o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 31-oktyabrdagi 172-son buyrug‘uga asosan 172-08-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, umumta’lim muassasalarida STEAM yondashuvi asosida o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish hamda loyihalashning metodik jihatlarini tahlil qilishga erishilgan;
“Tabiiy fanlar” o‘quv mashgʻulotlarini STEAM yondashuvi asosida o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasini takomillashtirish asosida tabiiy fanlarni STEAM yondashuvi asosida o‘qitishni tashkil etishning metodik modeli o‘quv mashgʻulotlari “katta”, “o‘rta” va “kichik” modulli STEAM yondashuviga asoslangan bosqichlari (STEAM yondashuviga asoslangan algoritmi, matn ssenariysi, baholash) funksional amallarning ketma-ketlik traektoriyasi mazmunini (maqsad va tushunchalar, mezon, vosita, matn) belgilash asosida aniqlashtirishga doir takliflardan “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitetining “103-son O” buyrug‘uga asosan 103-11-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, “Tabiiy fanlar” o‘quv mashgʻulotlarini STEAM yondashuvi asosida o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quv mashgʻulotlari STEAM yondashuviga asoslangan tabiiy fanlar o‘quv fanini o‘qitish metodikasi STEAM yondashuviga asoslangan texnologiyasi umumiy va xususiy metodologiyalarni ajratish, o‘quv modullari va o‘quv harakatlari integrasiyalashuv jarayonlari (rejalashtirish, hamkorlik bosqichi, tashkiliy-didaktik ta’minlash) mohiyatini ochib berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan tajriba sinov jarayonida o‘quvchilaming STEAM yondashuvi asosida shakllangan
“Tabiiy fanlar” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlari ijodiy-intellektual topshiriqlarga amaliy tus berish asosidagi goyalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Sirdaryo teleradiokanali”ning “Assalom Sirdaryo” dasturida foydalanilgan (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 15-martdagi 98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy ta’lim texnologiylarini o‘qituvchi faoliyati ketma-ketligi, o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish jihatlari ommalashtirilgan.