Xalilov Raufjon Rahimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Yangi O‘zbekiston sharoitida talaba-yoshlarda kasbiy-ma’naviyatni tarbiyalash metodikasi”, 13.00.02 − Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2025.1.PhD/Ped9507
Ilmiy rahbar: Norliev Rustam Ibragimovich, Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti,  Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent – Olimov Shirinboy Sharofovich, Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori(DSc)
ikkinchi opponent – Mirzaaxmedov Abdurashid Mamasidiqovich, Namangan davlat texnika universiteti professori, falsafa fanlari doktori (DSc)
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yangi O‘zbekiston sharoitida talaba-yoshlarda kasbiy-ma’naviyatni tarbiyalash metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kasbiy-ma’naviy nafosat tushunchasiga doir sharq va g‘arb ilmiy-pedagogik konsepsiyalarining sinergetik integratsiyasi asosida didaktik model mazmuni takomillashtirilgan;
talaba-yoshlarning kasbiy-ma’naviy taraqqiyotini ta’minlashda axborot-kommunikatsion texnologiyalar hamda interfaol pedagogik metodikalar uyg‘unligiga asoslangan innovatsion yondashuvlar ishlab chiqilgan;
pedagogik jarayonni rejalashtirish, refleksiv tahlil va monitoring qilish jarayonida ma’naviy-axloqiy indikatorlar hamda axloqiy kompetensiyalarni baholashning me’yoriy-mezonlari ishlab chiqilib, ularning didaktik qo‘llanish mekanizmlari asoslab berilgan;
kasbiy-ma’naviy tarbiya bo‘yicha eksperimental mashg‘ulotlar dizayni va empirik sinovlar natijasida talabalar axloqiy kompetensiyalarining real o‘sish ko‘rsatkichlari statistik qayd etilib, mazkur o‘zgarishlar pedagogik jihatdan dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Yangi O‘zbekistonda talabalarni kasbiy-ma’naviy shaxs qilib tarbiyalash metodikasi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar asosida:
kasbiy-ma’naviy nafosat tushunchasiga doir sharq va g‘arb ilmiy-pedagogik konsepsiyalarining sinergetik integratsiyasi asosida didaktik model mazmunini takomillashtirishga oid tahliliy ma’lumotlar “Siyosat falsafasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliu ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-uil 19-iyundagi 03/14-1920-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarni kasbiy-ma’naviy nafosatli shaxs qilib tarbiyalashning ahamiyati bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlarining shakllanishiga xizmat qilgan;
talaba-yoshlarning kasbiy-ma’naviy taraqqiyotini ta’minlashda axborot-kommunikatsion texnologiyalar hamda interfaol pedagogik metodikalar uyg‘unligiga asoslangan innovatsion yondashuvlar ishlab chiqishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturning senariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyundagi 05-09-794-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuv va natijalar falsafa fani mashg‘ulotlarda yangi O‘zbekistonda talaba-yoshlarni kasbiy-ma’naviy nafosatli shaxs qilib tarbiyalash mazmuni ta’minlash uchun mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar mazmuni boyitilgan;
pedagogik jarayonni rejalashtirish, refleksiv tahlil va monitoring qilish jarayonida ma’naviy-axloqiy indikatorlar hamda axloqiy kompetensiyalarni baholashning me’yoriy-mezonlari ishlab chiqilib, ularning didaktik qo‘llanish mekanizmlari asoslashga doir taklif va tavsiyalaridan “Kasb etikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliu ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-uil 19-iyundagi 03/14-1920-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarni kasbiy-ma’naviy qadriyatlarining shakllanishiga erishilgan; 
kasbiy-ma’naviy tarbiya bo‘yicha eksperimental mashg‘ulotlar dizayni va empirik sinovlar natijasida talabalar axloqiy kompetensiyalarining real o‘sish ko‘rsatkichlari statistik qayd etilib, mazkur o‘zgarishlarni pedagogik jihatdan dalillashga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturning senariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyundagi 05-09-794-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarni kasbiy-ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalanganlik shakllari, metodlari va vositalaridan unumli foydalangan holda yuqori baho olgan tajriba guruhi talaba-yoshlarni kasbiy-ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish