Tayirova Muhabbat Ataxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning multimedia vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda estetik didni tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD /Ped7537.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich - pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning multimedia vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda estetik didni tarbiyalash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning multimedia vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda estetik didni tarbiyalash metodikasi tarixiy mavzuda infografika, adabiyot syujetiga storibord - adabiy asarning asosiy voqealarini rasmlar yoki slaydlar ketma-ketligi orqali namoyon qilish bilan informatika, adabiyot, tarix, san’at va texnologiya darslarini fanlararo, ijodiy-amaliy va axloqiy-ma’naviy integratsiya asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda estetik didni tarbiyalash modeli ularning multimedia vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda milliy ornament, musiqa, me’moriy obrazlar, tarixiy qahramonlar estetikasini multimedia dizaynga tatbiq qilish bo‘yicha namunaviy keyslar bilan «bir kunda mini-rolik» kabi amaliy topshiriqlar orqali qatlamli fidbek (tengdosh bahosi, o‘qituvchi rubrikasi, o‘z-o‘zini baholash), «estetik portfolio»ni integrativ joriy etish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda estetik didni tarbiyalash samaradorligi dars va darsdan tashqari faoliyat, integratsiyalangan fanlar jarayonida multimedia vositalari bilan ishlay olish, dizayn va ijodkorlik, vizual savodxonlik, estetik baholash ko‘nikmalari bo‘yicha aniq mezonlarning quyi-o‘rta-yuqori darajalari uchun deskriptorlar (nimani biladi, qanday qiladi, qanday asoslaydi)ni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning multimedia vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-amaliy texnologiyalari o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari hamda dizayn nazariyasi va multimedia maxsulotlarining didaktik imkoniyatlariga ko‘ra o‘quv jarayoni bilan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligini treninglar, vorkshoplar, oilaviy forumlar va interaktiv mashg‘ulotlarga integratsiyalash orqali estetik didni uyg‘un rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘quvchilarning multimedia vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda estetik didni tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
o‘quvchilarning multimedia vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda estetik didni tarbiyalash metodikasini tarixiy mavzuda infografika, adabiyot syujetiga storibord – adabiy asarning asosiy voqealarini rasmlar yoki slaydlar ketma-ketligi orqali namoyon qilish, informatika, adabiyot, tarix, san’at va texnologiya darslarini fanlararo, ijodiy-amaliy va axloqiy-ma’naviy integratsiya asosida takomillashtirishga oid takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2024-2025-yillarda bajarilgan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 22-oktyabrdagi 03-33-2630-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, informatika, adabiyot, tarix, san’at va texnologiya darslarining fanlararo, ijodiy-amaliy va axloqiy ma’naviy integratsiyasini ta’minlashga erishilgan;
o‘quvchilarda estetik didni tarbiyalash modeli ularning multimedia vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda milliy ornament, musiqa, me’moriy obrazlar, tarixiy qahramonlar estetikasini multimedia dizaynga tatbiq qilish bo‘yicha namunaviy keyslar bilan “bir kunda mini-rolik” kabi amaliy topshiriqlar orqali qatlamli fidbek (tengdosh bahosi, o‘qituvchi rubrikasi, o‘z-o‘zini baholash), “estetik portfolio”ni integrativ joriy etish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2024-2025-yillarda bajarilgan “Tabiiy fanlar” fani uchun multimediali dasturiy mahsulotlar yaratish” nomli innovatsion loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 22-oktyabrdagi 03-33-2630-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy ornament, musiqa, me’moriy obrazlar, tarixiy qahramonlar estetikasini multimedia dizaynga tatbiq qilish bo‘yicha namunaviy keyslar, “bir kunda mini-rolik” kabi amaliy topshiriqlar, qatlamli fidbek hamda “estetik portfolio” integrativ joriy etilgan;
o‘quvchilarda estetik didni tarbiyalash samaradorligini dars va darsdan tashqari faoliyat, integratsiyalangan fanlar jarayonida multimedia vositalari bilan ishlay olish, dizayn va ijodkorlik, vizual savodxonlik, estetik baholash ko‘nikmalari bo‘yicha aniq mezonlarning quyi-o‘rta-yuqori darajalari uchun deskriptorlar (nimani biladi, qanday qiladi, qanday asoslaydi)ni ishlab chiqish asosida oshirishga oid mualliflik g‘oyalari Qashqadaryo, Namangan va Buxoro viloyatlaridagi tegishli umumta’lim maktablarining ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 22-oktyabrdagi 03-33-2630-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dars va darsdan tashqari faoliyat, integratsiyalangan fanlar jarayonida o‘quvchilarning multimedia vositalari bilan ishlay olish, dizayn va ijodkorlik, vizual savodxonlik, estetik baholash ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha aniq mezonlar uchun deskriptorlar ishlab chiqilgan.
o‘quvchilarda estetik didni tarbiyalash samaradorligini dars va darsdan tashqari faoliyat, integratsiyalangan fanlar jarayonida multimedia vositalari bilan ishlay olish, dizayn va ijodkorlik, vizual savodxonlik, estetik baholash ko‘nikmalari bo‘yicha zamonaviy interfaol metodlar asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlarida hamda “Millat va ma’naviyat”, “Ma’naviyat saboqlari” mavzularidagi eshittirishlarni foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2025-yil 16-oktyabrdagi 05-09-1626-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning multimedia vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida ularning estetik didini tarbiyalash darajasini obektiv baholash imkoniyati yaratilib, bu metodikaning samaradorligini aniqlashga xizmat qilgan.