Aliev Anvarjon Orifjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda axborot tashuvchi vositalar tarixi va hujjatlar saqlovini ta’minlash tamoyillari”, 05.01.09 - Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2162
Ilmiy rahbar: Abdushukur Abdullaev Hamidovich, texnika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04 Raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Ishanxodjaeva Zamira Rayimovna tarix fanlari doktori doktori, professor; O‘rinqulov Odil Naziralievich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda axborot tashuvchi
vositalar tarixi va hujjatlar saqlovini ta’minlash masalalarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston davlatchiligi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan yozuv madaniyatining paydo bo‘lishi va takomillashishi bevosita axborot tashuvchi vositalarning moddiy asoslar evolusiyasi bilan uzviy bog‘liq tarzda kechgani, bu tarixiy jarayon o‘z ichiga qoya tosh, sopol idish, loy taxtachalar, hayvon terisi, o‘simlik barglaridan foydalanishdan tortib qog‘oz, perfokarta, magnit tasma va raqamli texnologiyalarni kashf etilishi bosqichlarini qamrab olganl bo‘lsa-da, doimiy saqlanuvchi hujjatlarning qog‘oz ko‘rinishi zarurati dalillangan;
axborot tashuvchi vositalarning turidan qat’iy nazar hujjatlashtirilgan axborot matn va mazmun jihatdan o‘zgarmasligi tamoyiliga asoslangan postulatlar ishlab chiqilib, tegishli me’yoriy talablar asosida zamonaviy hujjatlashtirish amaliyotida saqlov bilan bog‘liq moddiy resurslarni tejash, ulardan samarali foydalanish imkonini beradigan, faqat qog‘oz, faqat elektron hamda har ikki shaklda yaratiladigan hujjatlarning tasniflagichi ishlab chiqilish zarurati dalillangan;
hujjatshunoslik va arxivshunoslikda qo‘llaniluvchi “hujjat” atamasiga yangi ta’rif berilib, unda errostatik tahlil qilish orqali hujjatlarni qimmatliligini aniqlash, saralash va davlat saqloviga topshirish, asossiz yo‘q qilib yuborilishini oldini olish mezonlarni takomillashtirish zarurati aniqlangan;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida shakllangan, davlat arxivlaridagi alohida qimmatli, shu jumladan raqamlashtirilgan ilmiy hamda tarixiy ahamiyatdagi hujjatlarni istiqbolli saqlovini ta’minlash maqsadida yagona elektron repozitoriyni tashkil etish tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda axborot tashuvchi vositalar tarixi va hujjatlar saqlovini ta’minlash tamoyillari tadqiqoti davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi O‘zbekiston davrida kutubxonalarda, ya’ni, ilm-fanga oid axborot ma’lumotlarni saqlash vositalari bosqichma-bosqich takomilashtirilib raqamlashtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Ushbu jarayonlar kutubxona elektron resurlaridagi ma’lumotlarni saqlashning samarali usullari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2024-yil 14-avgustdagi 08-13-4810-dalolatnomasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2024-yil 25-iyundagi 01-02/809- dalolatnomasi). Tadqiqot natijasida aniqlangan bir qator muhim ma’lumotlar kutubxonaning elektron resurslarini ishonchli saqlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston arxivlaridagi hujjatlashtirilgan axborot matn va mazmun jihatdan o‘zgarmasligi mezonlariga asoslangan postulatlar ishlab chiqilib, zamonaviy hujjatlashtirish amaliyotida saqlov bilan bog‘liq moddiy resurslarni tejash, ulardan samarali foydalanish imkoniyati yaratilishiga sabab bo‘lgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 2024-yil 26-iyuldagi 01-25-04/1110-dalolatnomasi). Natijalar O‘zbekiston Milliy arxivi sovet davrining 1924-1941-yillarga oid arxiv fondlari bo‘yicha elektron yo‘lko‘rsatkichini ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan;
respublika davlat arxivlaridagi alohida qimmatli, shu jumladan raqamlashtirilgan ilmiy hamda tarixiy ahamiyatdagi hujjatlarni istiqbolli saqlovini ta’minlash maqsadida yagona elektron repozitoriyni tashkil etish tamoyillari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 2024-yil 26-iyuldagi 01-25-04/1110-dalolatnomasi). Natijalardan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilgan hujjatlarning yagona saqlanishi va ulardan foydalanishni ta’minlash” hamda “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
hujjatshunoslik va arxivshunoslik sohasida axborot tashuvchi vositalar va ularning zamonaviy turlari, elektron hujjatlarni saqlash va ularning ishonchlilik darajasi borasida, televideniya orqali aholiga targ‘ibot ishlari olib borilgan. (2024-yil 11-martdagi 02-40-350-ma’lumotnomasi hamda 2025-yil 12-sentyabrdagi 01-33/668-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi” ssenariysini shakllantirishda foydalanilib, aholining O‘zbekistondagi axborot tashuvchilar, elektron hujjatlar bo‘yicha munosabatlarini yangicha qarashlar asosida shakllantirishga xizmat qilgan.