Alimova G‘unchaxon Baxadirovnaning 
falsafa doktori(PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yoshlar ijtimoiy hayotida din omilining o‘rni: tarixiy tahlil (O‘zbekiston Respublikasi misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1381 
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matyakubova Muborak Madrimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent .
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch 
davlat universiteti.
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
 Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjar Rajabboevich, tarix fanlari doktori, professor, Juraev Narzulla Kosimovich siyosiy fanlar doktori, professor
 Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning asosiy maqsadi. Yoshlarning ijtimoiy hayotida diniy omil va davlatning din sohasidagi siyosatining shakllanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Jamiyatning tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va g‘oyaviy asoslarini mustahkamlashda din omilining sivilizatsiyaviy mohiyati hamda uni anglashning kognitiv xususiyatlariga tayangan holda, ushbu jarayonning aniq mezonlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
O‘zbekistonda tarixiy- konstitutsiyaviy islohotlar sharoitida o‘zida diniy va dunyoviy bag‘rikenglik, hamjihatlik, ijtimoiy sheriklik va plyuralizm kabi elementlarni qamrab olgan davlat bilan konfessiyalar o‘rtasidagi munosabatlarini muvofiqlashtirishning yangi tizimini yaratish zarurati asoslangan;
globallashuv va virtuallashuv jarayonlarining shiddat bilan kirib kelishi asosida yoshlar orasida buzg‘unchi g‘oyalar, kriminogenlashuv, “ommaviy madaniyat”, axloqsizlik kabi ma’naviy tafakkurdagi evrilishlarning oldini olishda jamiyatda sog‘lom diniy muhitni yaratishning tarixiy omillari dalillangan;
Yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayonida “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyaviy konsepsiyasini amalga oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlar sifatida davlat va oila, davlat va mahalla, davlat va ta’lim muassasalari, hamda davlat va yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik tizimining institusional hamda ijtimoiy-regulyativ indikatorlari ilmiy asosda tahlil etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ijtimoiy hayotida din omilining o‘rnini tarixiy tahlil qilishga oid tadqiqot natijalari hamda ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
Jamiyatning tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va g‘oyaviy asoslarini mustahkamlashda din omilining sivilizatsiyaviy mohiyati hamda uni anglashning kognitiv xususiyatlariga tayangan holda, ushbu jarayonning aniq mezonlari ilmiy jihatdan asoslab shakllantirilgan takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokanali tomonidan  efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvining ayrim sonlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokanalining 2023-yil 14-dekabrdagi 04-36-1905-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim qilingan ma’lumotlar ko‘rsatuv sonlarining mazmunini to‘ldirishga hamda ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda tarixiy- konstitutsiyaviy islohotlar sharoitida o‘zida diniy va dunyoviy bag‘rikenglik, hamjihatlik, ijtimoiy sheriklik va plyuralizm kabi elementlarni qamrab olgan davlat bilan konfessiyalar o‘rtasidagi munosabatlarini muvofiqlashtirishning yangi tizimini yaratish zaruratini asoslash bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokanali tomonidan efirga uzatilgan  “Hidoyat sari” nomli teledasturlarning ayrim sonlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokanalining 2023-yil 14-dekabrdagi 04-36-1905-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyatining “Hidoyat sari” nomli teledasturining mazmunini to‘ldirishga hamda ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
globallashuv va virtuallashuv jarayonlarining shiddat bilan kirib kelishi asosida yoshlar orasida buzg‘unchi g‘oyalar, kriminogenlashuv, “ommaviy madaniyat”, axloqsizlik kabi ma’naviy tafakkurdagi evrilishlarning oldini olishda jamiyatda sog‘lom diniy muhitni yaratishning tarixiy omillarini dalillashga oid ilmiy xulosa va materiallardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik  partiyasi “Yoshlar qanoti” jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Intellekt” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zLiDep Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2023-yil 21-dekabrdagi 01-27/412-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zLiDep “Yoshlar qanoti” jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Intellekt” loyihasining mazmunini ilmiy-nazariy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
Yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayonida “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyaviy konsepsiyasini amalga oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlar sifatida davlat va oila, davlat va mahalla, davlat va ta’lim muassasalari, hamda davlat va yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik tizimining institusional hamda ijtimoiy-regulyativ indikatorlari ilmiy asosda tahlil etilganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik va tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik  partiyasi “Yoshlar qanoti” jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan tashkil qilingan “Intellekt” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zLiDep Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2023-yil 21-dekabrdagi 01-27/412-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ijtimoiylashuvida “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyaviy konsepsiyasini ta’minlash mazmunini boyishiga hamda “Intellekt” loyihasini manbaviy ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish