Boyko Elena Vladimirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak ho‘jayrali saratoni intralyuminar venoz invaziyasida jarrohlik davosi», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib352.

Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.

Rasmiy opponentlar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: N.N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:buyrak ho‘jayrali saratoni intralyuminar venoz invaziyasida jarrohlik taktikasini takomillashtirish orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor asosiy magistral qon tomirlari trombozi bilan kechadigan buyrak saratonida o‘rta laparotom kirish optimal jarrohlik amaliyoti ekanligi asoslangan;

pastki kovak venada o‘sma trombi miqdoriga bog‘liq zararlagan o‘sma massasini olib tashlash asosida jarrohlik usuli takomillashtirilgan;

metastatik buyrak saratonida o‘sma trombini to‘liq olib tashlashda jarrohlik va immuno-target davolash usullarini birga qo‘llash  samaradorligi isbotlangan;

ilk bor buyrak hujayra saratonida qon tomirlar devoriga o‘sma invaziyasi va uning miqdori kanserogenez jarayoni kechishining og‘irlik omili ekanligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Buyrak ho‘jayrali saratoni intralyuminar venoz invaziyasida jarrohlik taktikasini takomillashtirish orqali davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Buyrak saratonining pastki kovak venaga invaziyasini davolash-tashxislash algoritmi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 dekabrdagi 8n-r/366-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma buyrak saratonini pastki kovak venaga invaziyasini erta tashxislash va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini tanlashga xizmat qilagan;

buyrak ho‘jayrali saratoni intralyuminar venoz invaziyasida jarrohlik taktikasini takomillashtirish orqali davolash samaradorligini oshirish va tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining onkourologiya bo‘limi hamda uning Farg‘ona va Jizzax viloyati filiallari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 8n-d/3-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar buyrak saratonini buyrak venasi va pastki kovak venaga invaziyasini erta tashxislash, jarrohlik amaliyoti hajmini aniqlash va tibbiy yordam sifatini oshirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarni statsionarda davolanishini qisqartirishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish