Mardonova Ra’no Ochildievnanning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida epitetning leksik-semantik hamda leksikografik xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2576
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori(DSc), professor Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash.
 Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Uralova Oysuluv Poyon qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki tilda mavjud epitetlar leksik-semantik tasnifidagi tafovut va o‘xshashliklarni aniqlash, jahon va o‘zbek figurativ leksikografiyasining rivojlanish holatini o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
epitetlarning metafora, aniqlovchi, evfemizm, disfemizm, frazeologizm, perifraza kabi yondosh hodisalardan farqi ularning morfostilistik, grammatik tabiati orqali oydinlashtirilgan; 
epitetlar tipologiyasining qiyosiy tahlili asosida o‘zbek tilidan farqli, ingliz tilida ko‘chirilgan epitetlar, ikki bosqichli epitetlar grammatik tizim uchun me’yor ekanligi, mazkur tip epitetlarining o‘zbek tili qonuniyatlari uchun xos emasligi, giperbolik epitetlar, antomaziyali epitetlarning har ikki tilda ham uchrashi, shu kabi epitetik qurilmalarning hosil bo‘lish imkoniyati ingliz tilidan farqli, o‘zbek tilida yuqori ekani dalillangan;
ingliz tiliga xos ikki bosqichli epitetlar tuzilmasida adverbial va atributiv komponentlarning mavjudligi bu turdagi epitetlarni semantik va stilistik jihatdan oddiy epitetlarga nisbatan murakkabroq deb baholashga asos bo‘lishi, ularning bir yoki har ikki komponenti ham emotsional-baho va ifodaviy tuslarga ega bo‘lib, aniqlanadigan so‘zga badiiy-xususiy tavsif berishi aniqlangan;
tuzilajak o‘zbek tili epitetlari lug‘atining mikro va makrostrukturasini shakllantirish ususllari ko‘rsatib berilgan. Kompyuter hamda android qurilmalarda foydalanish imkonini beruvchi PHP v7.2 (Laravel Framework v6.2) dasturlash tili yordamida ishlab chiqilgan https://epithes.netlify.app/  (o‘zbekcha-inglizcha epitetlar elektron lug‘ati) interaktiv ilovasidan foydalanishning afzalliklari ochiqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning figurativ leksikografiyaning obekti va predmetini chegaralash, o‘zbek tilida epitetlar lug‘atini tuzishga doir natijalaridan:
tuzilajak o‘zbek tili epitetlari lug‘atining mikro va makrostrukturasini shakllantirish ususllari ko‘rsatib berilgan. Kompyuter hamda android qurilmalarda foydalanish imkonini beruvchi PHP v7.2 (Laravel Framework v6.2) dasturlash tili yordamida ishlab chiqilgan https://epithes.netlify.app/  (o‘zbekcha-inglizcha epitetlar elektron lug‘ati) interaktiv ilovasidan foydalanishning afzalliklaridoir natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-iyuldagi 01/10-1420-son ma’lumotnomasi). Natijada epitetlarning figurativ leksikografiyadagi o‘rnini aniqlash va shunga mos tarzda ularni lug‘atlarda berish tamoyillarini ishlab chiqishga oid ma’lumotlarning takomillashuviga erishilgan.
epitetlar tipologiyasining qiyosiy tahlili asosida o‘zbek tilidan farqli, ingliz tilida ko‘chirilgan epitetlar, ikki bosqichli epitetlar grammatik tizim uchun me’yor ekanligi, mazkur tip epitetlarining o‘zbek tili qonuniyatlari uchun xos emasligi, giperbolik epitetlar, antomaziyali epitetlarning har ikki tilda ham uchrashi, shu kabi epitetik qurilmalarning hosil bo‘lish imkoniyati ingliz tilidan farqli, o‘zbek tilida yuqori ekaniga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-martdagi 01/4-1017-son ma’lumotnomasi). Natijada figurativ leksikografiyaga doir nazariy ma’lumotlarning mukammallashuviga erishilgan;
epitetlarning metafora, aniqlovchi, evfemizm, disfemizm, frazeologizm, perifraza kabi yondosh hodisalardan farqi ularning morfostilistik, grammatik tabiati, ingliz tiliga xos ikki bosqichli epitetlar tuzilmasida adverbial va atributiv komponentlarning mavjudligi bu turdagi epitetlarni semantik va stilistik jihatdan oddiy epitetlarga nisbatan murakkabroq deb baholashga asos bo‘lishi, ularning bir yoki har ikki komponenti ham emotsional-baho va ifodaviy tuslarga ega bo‘lib, aniqlanadigan so‘zga badiiy-xususiy tavsif berishiga oid xulosalardan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda (2024-2025-yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-martdagi 05-09-353-son      ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida epitetlarning stilistika va lingvopoetikadagi o‘rniga doir ma’lumotlarning mazmunan boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish