Xaitova Feruza Salaxidinovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida 

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Chingiz Aytmatov asarlaridagi nominatsentrik maqollarning semantikasi va strukturasi hamda ularning o‘zbek tilidagi tarjimalarining o‘ziga xosligi  (“Asrga tatigulik kun” va “Qiyomat” romanlari asosida)”. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2626.
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Bobokalanov Ramazon Rajabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Boltaqulova Gulnoza Farruxovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.  
  Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” va “Qiyomat” romanlaridagi nominasentrik maqollarning semantikasi va sintaktik tuzilishini aniqlash hamda ularning o‘zbek tiliga tarjima xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” va “Asrga tatigulik kun” romanlaridagi maqollarning semantik mazmunidagi muallif uslubiga xos inson va uning ma’naviy fazilatlari, tabiat, hayot, mehnat va taqdir kabi sharq falsafasiga doir ifoda jihatlari ochib berilgan;
romanlarda uchraydigan nominatsentrik maqollar ot, otlashgan olmosh, otlashgan so‘z turkumlari, harakat nomi shakllari bilan ifodalanganligi, maqollar tarkibida egasi va kesimi ot ma’noli birliklar bilan ifodalangan sintaktik tuzilmalar asosida yuzaga kelgan ifodalar markaziy o‘ringa ega ekanligi hamda ularning sodda gap, qo‘shma gap va ergash gapli qo‘shma gap ko‘rinishli modellari mavjudligi isbotlangan;
“Asrga tatigulik kun” va “Qiyomat” romanlarida uchraydigan maqol va frazeologik birliklarning o‘zbek tilidagi tarjimalari hamda ular orqali asliyatdagi milliy rang va semantik yuklamaning saqlab qolingani, tarjima jarayonidagi tarjimon uslubi va qisman tarjima, tavsifiy tarjima, kalkalash, ma’nosi mos tushadigan boshqa sinonimik maqollardan foydalanishning ekvivalentlik darajalari aniqlangan;
romanlardagi frazeologik birliklarda umuminsoniy qadriyatlar, milliy mafkura va mentalga xos mazmuniy xususiyatlar ochib berilib, ushbu birliklar matnda emotsional-ekspressiv vazifani bajarishi hamda muallif g‘oyasining semantik transformatsiyasi sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” va “Qiyomat” romanlaridagi maqolalarning nominatsentrik xususiyatlari hamda ularning o‘zbek tiliga tarjima qilish xususiyatlarini o‘rganish asosida:
Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” va “Asrga tatigulik kun” romanlaridagi maqollarning semantik mazmunidagi muallif uslubiga xos inson va uning ma’naviy fazilatlari, tabiat, hayot, mehnat va taqdir kabi sharq falsafasiga doir ifoda jihatlari ochib berilganligiga oid natijalaridan 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan FZ-202001047 “O‘zbekistonda madrasa ta’lim tizimi tarixi” elektron portalini yaratish mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2024-yil 14-dekabrdagi №10-6792-son ma’lumotnomasi). Natijada maqol va matallarning differensial belgilari aniqlangan, ularning ijtimoiy-siyosiy va tarbiyaviy vazifalari namoyon etilgan, bu esa adabiyotshunoslik hamda badiiy asarlar tilini o‘rganishda tadqiqot materiallaridan foydalanish imkonini oshirishga xizmat qilgan;
romanlardagi frazeologik birliklarda umuminsoniy qadriyatlar, milliy mafkura va mentalga xos mazmuniy xususiyatlar ochib berilib, ushbu birliklar matnda emotsional-ekspressiv vazifani bajarishi hamda muallif g‘oyasining semantik transformatsiyasi sifatida namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan 2014-2015-yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida  foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-dekabrdagi №2762/02-son ma’lumotnomasi). Natijada qirg‘iz-o‘zbek maqollarining semantik va struktur xususiyatlari hamda ularning qiyosiy tahlili asosida milliy paremik madaniyat elementlari ta’limiy elektron resurslariga kiritildi, talabalarda milliy ma’naviy merosga qiziqish uyg‘otildi hamda ularning madaniy kommunikatsiya kompetensiyasi rivojlanishiga erishildi;
romanlarda uchraydigan nominatsentrik maqollar ot, otlashgan olmosh, otlashgan so‘z turkumlari, harakat nomi shakllari bilan ifodalanganligi, maqollar tarkibida egasi va kesimi ot ma’noli birliklar bilan ifodalangan sintaktik tuzilmalar asosida yuzaga kelgan ifodalar markaziy o‘ringa ega ekanligi hamda ularning sodda gap, qo‘shma gap va ergash gapli qo‘shma gap ko‘rinishli modellari mavjudligiga oid xulosalaridan “Assalom Samarqand” teledasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-dekabrdagi №01-07/422-son ma’lumotnomasi). Natijada “Asrga tatigulik kun” va “Qiyomat” romanlaridagi maqol, matal va frazeologizmlarning badiiy tizimdagi o‘rni ommaviy teledastur formatida ochib berildi va bu orqali ilmiy bilimlar keng tomoshabinlar ommasiga etkazilishi ta’minlangan;
“Asrga tatigulik kun” va “Qiyomat” romanlarida uchraydigan maqol va frazeologik birliklarning o‘zbek tilidagi tarjimalari hamda ular orqali asliyatdagi milliy rang va semantik yuklamaning saqlab qolingani, tarjima jarayonidagi tarjimon uslubi va qisman tarjima, tavsifiy tarjima, kalkalash, ma’nosi mos tushadigan boshqa sinonimik maqollardan foydalanishning ekvivalentlik darajalari aniqlangan xulosalaridan “Assalom Samarqand” teledasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-dekabrdagi №01-07/422-son ma’lumotnomasi). Natijada teledastur ssenariysining takomullashuviga erishilib, dastur orqali asarlar tarjimalarining keng jamoatchilikka xos xalqchil xususiyatlari ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish