Xaydarova Iroda Anarbaevnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Morfemalarning struktur-semantik, ierarxik va derivatsion xususiyatlari” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil3238.
Ilmiy rahbar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida morfemalarning struktur-semantik, ierarxik va derivatsion xususiyatlarini hamda morfemalarning paradigmatik, sintagmatik paradigmalar va modellar shakllanishidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morfema tushunchasining paradigmatikaga, sintagmatikaga oid tarixiy va ierarxiyaga oid zamonaviy lingvistik mohiyati ochib berilib, uning har bir turidagi til sistemasi elementlariga xos mavhumlikka asoslangan virtuallik ifodalovchi va matnda real qo‘llanilib nutq sistemasiga xos aktuallik ifodalovchi xususiyatlari aniqlangan;
morfemalararo sodir bo‘ladigan sintagmatik munosabat, ularning ketma-ketligining qat’iyligi tilda so‘zlovchida til ko‘nikmasi sifatida shakllanganligi, shu morfemalarning paradigmatik munosabati hamda ularning assotsiativ guruh elementlari so‘zlovchi lisoniy tasavvurida to‘liq tasvirni hosil qilmasligi dalillangan;
o‘zbek tilidagi morfemalarning til sistemasidagi paradigmatik, nutq sistemasidagi sintagmatik hamda til va nutq sistemasidagi ierarxik xususiyatlarini real qo‘llanilish jarayonidagi morfema hamda morfematik sathning til va nutq sistemasidagi funksional-semantik, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari yangi so‘z yasash jarayoni jihatdan ochib berilgan;
til birliklari derivatsiyasida morfemalar sintaktikasining hamda nutq birliklari derivatsiyasida morfemalar semantikasining qoidalariga bo‘ysungan holda yangi so‘zlar yasalishi, til sathlari orqali hamda real nutqda ma’no hosil qilishi, nutq sathlari orqali vujudga kelishi va bu birliklarining uzviy bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilshunosligida morfemalarning struktur-semantik, ierarxik va derivatsion xususiyatlarini o‘rganish asosida:
morfema tushunchasining paradigmatikaga, sintagmatikaga oid tarixiy va ierarxiyaga oid zamonaviy lingvistik mohiyati ochib berilib, uning har bir turidagi til sistemasi elementlariga xos mavhumlikka asoslangan virtuallik ifodalovchi va matnda real qo‘llanilib nutq sistemasiga xos aktuallik ifodalovchi xususiyatlari aniqlanganligiga oid ilmiy natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017 – 2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 18-apreldagi 04/1-172-son ma’lumotnomasi). Natijada morfem birliklarning shakllanishi hamda rivojlanishi yuzasidan loyiha materiallari boyigan;
morfemalararo sodir bo‘ladigan sintagmatik munosabat, ularning ketma-ketligining qat’iyligi tilda so‘zlovchida til ko‘nikmasi sifatida shakllanganligini, shu morfemalarning paradigmatik munosabati hamda ularning assotsiativ guruh elementlari so‘zlovchi lisoniy tasavvurida to‘liq tasvirni hosil qilmasligini dalillash asosida isbotlangan yangiliklardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 18-apreldagi 1118/02-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atlarda morfema tushunchasi bilan aloqadorlikdagi ayrim so‘zlarning yozilishi hamda derivatsiyasiga oid ba’zi masalalar hal etilgan;
o‘zbek tilidagi morfemalarning til sistemasidagi paradigmatik, nutq sistemasidagi sintagmatik hamda til va nutq sistemasidagi ierarxik xususiyatlarini real qo‘llanilish jarayonidagi morfema hamda morfematik sathning til va nutq sistemasidagi funksional-semantik, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari yangi so‘z yasash jarayoni jihatdan ochib berilganligiga oid xulosalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 28-apreldagi 03/505-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili morfologiyasi va morfemikasi ilmining tadrijiy taraqqiyoti, so‘z turkumlari, har bir turkumga xos grammatik shakllar, grammatik shakllarning belgilari, ya’ni so‘zlarga qo‘shilishi ochiqlangan va darslikdagi nazariy manbalar boyigan;
til birliklari derivatsiyasida morfemalar sintaktikasining hamda nutq birliklari derivatsiyasida morfemalar semantikasining qoidalariga bo‘ysungan holda yangi so‘zlar yasalishi, til sathlari orqali hamda real nutqda ma’no hosil qilishi, nutq sathlari orqali vujudga kelishi va bu birliklarining uzviy bog‘liqligi isbotlanganligiga oid mulohazalardan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 1-apreldagi 26-36-969-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlarning mazmundorligi oshgan.