Hayitova Shohida Erkin qizi
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.     Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Parens/ota-ona konseptini ifodalovchi leksik birliklarning chog‘ishtirma tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/Fil6311
Ilmiy rahbar: Narmuratov Zayniddin Radjabovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: 
Abduvaliev Muxammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; 
G‘anieva Dildora Azimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi parens/ota-ona konseptiga oid leksik birliklarni semantik-lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
o‘zbek tilida ota-onaga sig‘inish darajasidagi hurmat va itoat, diniy-axloqiy qadriyatlar asosiy o‘rin egallagani sababli ota-ona tushunchasi ko‘proq diniy va qadriyatli konnotatsiyaga egaligi, ingliz tilida esa bu obrazlar shaxsiy mustaqillik, hissiy tayanch va jamiyatdagi ijtimoiy rol bilan bog‘langani bois ota-ona tushunchasiga ko‘proq ijtimoiy rol va funksiyaviy nuqtayi nazardan yondashilishi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda parens/ota-ona leksik-birligining leksik-semantik nuqtayi nazardan allomorf hamda izomorf, lisoniy-madaniy nuqtayi nazardan universal va milliy o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan; 
o‘zbek milliy madaniyatida ota-ona leksikasining fidokor, kuchli ayol, mehribonlik, quvonch kabi ijobiy konnotatsiyalarining salmoqdorligi, ingliz madaniyatida esa ijobiy obrazlar bilan birgalikda o‘gay ona, onaning bolaga befarqligi, bolalarini tashlab ketgan ona kabi salbiy konnotatsiyalari mavjudligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida parens/ota-ona leksik birligining har ikkala tilda xalq maqollari, topishmoqlari, frazeologik birliklari kabi xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida til, tafakkur, qadriyat, urf-odat, anʼana, milliy mentalitet bilan bog‘liq madaniy kognitiv tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parens/ota-ona konseptini ifodalovchi leksik birliklarning chog‘ishtirma tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida parens/ota-ona leksik birligining har ikkala tilda xalq topishmoqlari kabi xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida til, tafakkur, qadriyat, urf-odat, anʼana, milliy mentalitet bilan bog‘liq madaniy kognitiv tamoyillariga asoslangan bo‘lishiga oid nazariy xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-may № 01/4-1976-son ma’lumotnomasi). Natijada til va adabiyotga oid materiallar mazmunan boyitildi hamda ilmiylik darajasi oshirilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda parens/ota-ona leksik-birligining leksik-semantik nuqtayi nazardan allomorf hamda izomorf, lisoniy-madaniy nuqtayi nazardan universal va milliy o‘ziga xos xususiyatlariga oid nazariy xulosalardan Termiz davlat universitetida 2021 – 2024-yillarda amalga oshirilgan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduateʼs employability in Central Asia – TRIGGER” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 10-maydagi 06/11-1933-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘plangan ota-ona komponentli frazeologik birliklar ingliz va o‘zbek xalqlarining til boyligini, urf-odatini, mentalitetini, dunyo qarashlarini va tarixini o‘rganishda, hamda til o‘rganuvchilarda kerakli kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘zbek milliy madaniyatida ota-onaning fidokor, kuchli ayol, mehribonlik, quvonch manbai sifatidagi ijobiy obrazlarining salmoqdorligi, ingliz madaniyatida esa ijobiy obrazlar bilan birgalikda o‘gay ona, onaning bolaga befarqligi, bolalarini tashlab ketgan ona kabi ko‘plab salbiy obrazlari mavjudligi haqidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun”, “Adabiy jarayon” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 20-maydagi 05-09-693-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqot jarayonida ota-ona leksemalarining namoyon bo‘lish shakllari, ushbu tushunchaning interferensiya jarayonida yuzaga keladigan holatlar aloqa-aralashuvning yuzaga chiqishida ota-ona shaxsiga munosabat, ushbu leksemaning leksik, paremiologik birliklarda ifodalanishi bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish