Saidova Kamola Uskanbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Sharq va G‘arb pedagogikasiga komparativistik yondashuv kontekstida yoshlarni tarbiyalashning mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped884.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01.
Rasmiy opponentlar: 
Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori, professor, 
Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor, 
Sharipov Abduhakim Ziyoddinovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq va G‘arb pedagogikasiga komparativistik yondashuv kontekstida O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini tarbiyalashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
komparativistik yondashuv kontekstida yoshlarni tarbiyalash mazmuni Sharq va G‘arb an’analarini ifodalovchi turli madaniy-tarixiy muhitda shakllangan pedagogik nazariyalar, mexanizmlar va qadriyatlarni Yangi O‘zbekiston tarbiya paradigmasiga ko‘ra aniqlashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Sharq va G‘arb pedagogikasi kontekstida yoshlarni tarbiyalash strategiyalari madaniyatlararo kompetensiyaga asoslangan dasturiy modellar bilan komparativistik yondashuvning didaktik imkoniyatlari doirasida qadriyatli tarbiya tizimini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
yoshlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari Sharq va G‘arb pedagogik merosi, milliy an’analar hamda global ta’lim tendensiyalarining qiyosiy tahlil qilib borishga ko‘ra ta’lim dasturlari, o‘qituvchi tayyorgarligi, oila-maktab-mahalla hamkorligi va raqamli ta’lim muhiti bilan muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
tarbiya mexanizmlari samaradorligi yoshlarda Sharq va G‘arb pedagogik qadriyatlari haqidagi bilimlari, madaniyatlararo muloqotga munosabati rivojlanganligining yuqori (bilim va munosabatni hayotda qo‘llay olish qobiliyati), o‘rta (bilim va qadriyatni tushunadi, lekin faol amaliyotga to‘liq o‘tmagan), quyi (bilimga ega, lekin amaliy qo‘llanishi cheklangan) darajalarda aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
yoshlarni tarbiyalashning pedagogik mexanizmlari ta’lim-tarbiya dasturlari kontekstida madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantiruvchi interfaol va kognitiv texnologiyalarni Sharq va G‘arb pedagogikasidagi axloqiy-aksiologik qadriyatlar tizimi bilan qiyosiy integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq va G‘arb pedagogikasiga komparativistik yondashuv sharoitida yoshlar tarbiyasi mexanizmlarini takomillashtirish jarayonini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tadqiqot natijalari asosida:
komparativistik yondashuv kontekstida yoshlarni tarbiyalash mazmuni Sharq va G‘arb an’analarini ifodalovchi turli madaniy-tarixiy muhitda shakllangan pedagogik nazariyalar, mexanizmlar va qadriyatlarni Yangi O‘zbekiston tarbiya paradigmasiga ko‘ra aniqlashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslanganligiga oid ilmiy xulosada O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 16-avgustdagi 2-13-21-4311-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalarida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy rivojlantirish va ularga zamonaviy dunyoning ko‘p madaniyatli manzarasini ochib berishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb pedagogikasi kontekstida yoshlarni tarbiyalash strategiyalari madaniyatlararo kompetensiyaga asoslangan dasturiy modellar bilan komparativistik yondashuvning didaktik imkoniyatlari doirasida qadriyatli tarbiya tizimini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosadan “Tashkent International University of Education” xalqaro universitetining “Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Maktabda pedagogik menejment”, “Elektron pedagogika” va “Maktabda STEAM-ta’lim” darsliklarini yaratishda o‘quv materiallari va talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 28-iyundagi 4/4-4-2102-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayoni va o‘quv materialini takomillashtirishga, shuningdek, turli ta’lim tashkilotlarida ta’limni boshqarish va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha talabalar va bo‘lajak mutaxassislarning madaniyatlararo kompetensiyasini mustahkamlashga xizmat qilgan;
yoshlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari Sharq va G‘arb pedagogik merosi, milliy an’analar hamda global ta’lim tendensiyalarining qiyosiy tahlil qilib borishga ko‘ra ta’lim dasturlari, o‘qituvchi tayyorgarligi, oila-maktab-mahalla hamkorligi va raqamli ta’lim muhiti bilan muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosadan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 19-sentyabrdagi 03-33-2524-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p millatli ta’lim muhitida vazirlik faoliyati doirasida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish hamda pedagog va o‘quvchilarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
tarbiya mexanizmlari samaradorligi yoshlarda Sharq va G‘arb pedagogik qadriyatlari haqidagi bilimlari, madaniyatlararo muloqotga munosabati rivojlanganligining yuqori (bilim va munosabatni hayotda qo‘llay olish qobiliyati), o‘rta (bilim va qadriyatni tushunadi, lekin faol amaliyotga to‘liq o‘tmagan), quyi (bilimga ega, lekin amaliy qo‘llanishi cheklangan) darajalarda aniqlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosadan “Tashkent International University of Education” xalqaro universitetining “Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “O‘quv materiallarini ishlab chiqish” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-sentyabrdagi 4/17-01-03-06/404-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ta’lim yo‘nalishi doirasida o‘quv jarayonini takomillashtirish va talabalarda o‘quv materiallarini ishlab chiqishda komparativistik texnologiyani qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
yoshlarni tarbiyalashning pedagogik mexanizmlari ta’lim-tarbiya dasturlari kontekstida madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantiruvchi interfaol va kognitiv texnologiyalarni Sharq va G‘arb pedagogikasidagi axloqiy-aksiologik qadriyatlar tizimi bilan qiyosiy integratsiyalash orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosadan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 21-avgustdagi 10/51-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharq va G‘arb pedagogikasida komparativistik yondashuv asosida yoshlarni tarbiyalash mexanizmlari markazning dastur va tadbirlariga singdirilgan hamda ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish