Ashurova Nigina Alimdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Ingliz tilida yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish mexanizmlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1333.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Abbasova Nargiza Kabilovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi til o‘qitish fakultetlarining 2-kurs talabalari uchun sinergetik yondashuv asosida darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy tilni o‘qitishda integral pedagogik texnologiyalarni sinergetik asosda uyg‘unlashtiruvchi, madaniy-muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan multimodal o‘quv modeli strukturaviy-kontekstual o‘zaro integratsiya, moslashuvchanlik va kognitiv interfaollik kabi didaktik imkoniyatlar asosida ishlab chiqilgan;
intersubektiv idrok asosida qurilgan va epistemologik jihatdan integratsiyalashgan didaktik ta’minotning samaradorligi transformatsion o‘quv konstruksiyasi sifatida talabalar ongida reflektiv hamda ijtimoiy faol tafakkur mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi chet tilidagi o‘quv qo‘llanmalarning besh komponentli funksional integral tuzilmani ishlab chiqish orqali isbotlangan;
til o‘qitishga yo‘naltirilgan o‘quv adabiyotlarini baholash mezonlari “Country Study” moduli uchun yaratilgan o‘quv konsepsiyasini diskursiv muloqot modeliga moslashtirish, madaniyatlararo kompetensiyani shakllantiruvchi krossmadaniy kontentdan foydalanish hamda tarkibiga ijtimoiy-kognitiv fikrlash, semantik strukturalash va pragmatik moslashuv komponentlarini kognitiv interfaollik va kontekstual reprezentatsiya asosida funksional jihatdan integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
lingvodidaktik komponentlar orqali predmetli til muhitini virtual tarzda konstruksiyalovchi, madaniyatlararo mediatsiyani bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qiluvchi elektron o‘quv vositasi asosida, xorijiy tilni real kommunikativ makon sifatida anglash imkoniyatini ta’minlaydigan kognitiv-multimodal modellashtirish texnologiyalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish mexanizmlari boʻyisha olingan natijalar, ishlab shiqilgan metodik va amaliy tavsiyalar asosida:
xorijiy tilni o‘qitishda integral pedagogik texnologiyalarni sinergetik asosda uyg‘unlashtiruvchi, madaniy-muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan multimodal o‘quv modeli strukturaviy-kontekstual o‘zaro integratsiya, moslashuvchanlik va kognitiv interfaollik kabi didaktik imkoniyatlar asosida ishlab chiqilganligi xususidagi ilmiy-nazariy tavsiyalardan “Country study” o‘quv qo‘llanmasini, “Country Study and Intercultural Communication” elektron veb ilovasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-son buyrug‘iga asosan berilgan 359-089 raqamli nashr ruxsatnomasi, Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligining 2022-yil 11-avgustdagi DGU 18261-son ma’lumotnomasi). Natijada til o‘qitish fakultetlari talabalarining materiallar, multimedia manbalari, veb-ilovalar resurslaridan mustaqil foydalanish va olingan ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati mavjudligi tufayli chet tilidagi kommunikativ kompetensiya ko‘nikmalarini yaxshilashga erishilgan;
intersubektiv idrok asosida qurilgan va epistemologik jihatdan integratsiyalashgan didaktik ta’minotning samaradorligi transformatsion o‘quv konstruksiyasi sifatida talabalar ongida reflektiv hamda ijtimoiy faol tafakkur mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi chet tilidagi o‘quv qo‘llanmalarning besh komponentli funksional integral tuzilmani ishlab chiqish orqali isbotlanganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassisligi fanlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 17-yanvardagi 74/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan o‘quv adabiyotlarining mazmun-mohiyati takomillashtirilgan hamda ushbu materiallar til o‘qitish fakulteti talabalar kasbiy saviyasining barqaror o‘sishi samaradorligini ta’minlashga yordam bergan;
til o‘qitishga yo‘naltirilgan o‘quv adabiyotlarini baholash mezonlari “Country Study” moduli uchun yaratilgan o‘quv konsepsiyasini diskursiv muloqot modeliga moslashtirish, madaniyatlararo kompetensiyani shakllantiruvchi krossmadaniy kontentdan foydalanish hamda tarkibiga ijtimoiy-kognitiv fikrlash, semantik strukturalash va pragmatik moslashuv komponentlarini kognitiv interfaollik va kontekstual reprezentatsiya asosida funksional jihatdan integratsiya qilish orqali takomillashtirilganligi haqidagi tadqiqot natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Kengashining Erasmus+ dasturi asosida amalga oshirilgan 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 11-avgustdagi 2258-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar loyiha platformasini takomillashtirish va ingliz tilida mashq va topshiriqlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
lingvodidaktik komponentlar orqali predmetli til muhitini virtual tarzda konstruksiyalovchi, madaniyatlararo mediatsiyani bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qiluvchi elektron o‘quv vositasi asosida, xorijiy tilni real kommunikativ makon sifatida anglash imkoniyatini ta’minlaydigan kognitiv-multimodal modellashtirish texnologiyalari takomillashtirilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Samarqand sadosi” dasturi ssenariysida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 10-avgustdagi 01–12/299-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarga ingliz tili bo‘yicha yangi avlod darsliklarini muvaffaqiyatli ishlab chiqish tamoyillari haqida ma’lumotlar berilgan.