Kuchkarov Azizbek Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy taomlardan ishlab chiqilgan ratsion asosida kal`siy  urolitiaz metofilaktikasini takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena va  14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib2567.
Ilmiy rahbarlar: Ermatov Nizom Jumankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kaynarbaeva Maygul Saydullaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Qozog‘iston Respublikasi); Axmedov Rustam Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siydik yo‘llarida kal`siy oksalatli toshlarni metafilaktikasida mahalliy parxez ratsionini o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan urologik xastliklarda tuzlarning hosil bo‘lishi hayvon oqsillari va mineral tuzlarini ko‘p miqdorda iste’mol qilish natijasida siydikda kalsiy ionlari, oksalatlar va siydik kislotasi konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi, shuningdek oqsillik ratsionning gigienik xususiyatlari toshni shakllantirish va ularning keyingi rezorbsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
kaliy oksalat urolitiazli bemorlarning kislota-ishqor muvozanatini hisobga olgan holda optimal kunlik va haftalik ovqatlanish tartibi o‘rnatilib, kislota hosil qiluvchi mahsulotlarning ustunligi toshning qaytalanish xavfini oshirishi, ishqoriy mahsulotlarning kiritish esa siydikning biokimyoviy tarkibini normallashtirishi tufayli tuz hosil bo‘lishining intensivligi ratsion tarkibiga bg‘liqligi asoslangan;
kalsiy oksalat urolitiazli bemorlarda kalsiy va oksalat tuzlarning fiziologik me’yorini ta’minlashga qaratilgan ratsion bemorlarning siydigida kalsiy, oksalat, sitrat, siydik kislotasi, mochevina va siydining ishqoriy muhitini me’yoriy darajasini ta’milashi, shuningdek kasallikning qaytalanishini oldini olishda muvozanatli mineral almashinuvining asosiy roli isbotlangan;
engil diuretik va ishqoriy ta’sirga ega milliy mahsulotlardan tashkil topgan kunlik ratsionning kalsiy oksalat urolitiazli bemorlarda yallig‘lanishni kamaytirishda, metabolik jarayonlarni me’yorlashtirishda va kasallikning barqaror remissiyasiga yordam berishida samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Milliy taomlardan ishlab chiqilgan ratsion asosida kal`siy urolitiaz metafilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan urologik xastliklarda tuzlarning hosil bo‘lishi hayvon oqsillari va mineral tuzlarini ko‘p miqdorda iste’mol qilish natijasida siydikda kalsiy ionlari, oksalatlar va siydik kislotasi konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi, shuningdek oqsillik ratsionning gigienik xususiyatlari toshni shakllantirish va ularning keyingi rezorbsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 5 sentyabrda 1-son bilan tasdiqlangan «Kal`siy oksalatli urolitiaz metafilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 153-P-son va Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 25.10.2024 yildagi 651-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: urologik xastliklardan kal`siy urolitiazni metaprofilaktikasida kunlik ratsionining tarkibidagi tuz saqlovchi mahsulotlarning ortiqchaligi va ortiqcha oqsil saqlovchi mahsulotlari son va sifat ko‘rsatkichining o‘zgarishi, ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan tuzlarning hosil bo‘lishini o‘ziga xos bo‘lgan gigienik jihatlari va ularning o‘rnini isbotlash orqali, kasallikni erta tashxislash va davolash tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 6000000-7000000 so‘m byudjet mablag‘lari milliy taomlardan ishlab chiqilgan ratsion asosida takomillashtirilgan kal`siy urolitiaz metafilaktikasini amalga oshirish orqali ayruv tizimining faoliyatini tiklash, tosh kasalliklarini instrumental, laborator tahlillar asosida erta tashxislash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: kaliy oksalat urolitiazli bemorlarning kislota-ishqor muvozanatini hisobga olgan holda optimal kunlik va haftalik ovqatlanish tartibi o‘rnatilib, kislota hosil qiluvchi mahsulotlarning ustunligi toshning qaytalanish xavfini oshirishi, ishqoriy mahsulotlarning kiritish esa siydikning biokimyoviy tarkibini normallashtirishi tufayli tuz hosil bo‘lishining intensivligi ratsion tarkibiga bg‘liqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 5 sentyabrda 1-son bilan tasdiqlangan «Kal`siy oksalatli urolitiaz metafilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 153-P-son va Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 25.10.2024 yildagi 651-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kal`siy oksalat urolitazli bemorlarning kunlik ovqatlanish ratsioni tarkibidagi vitamin va mineral saqlovchi mahsulotlarining son va sifat ko‘rsatkichlarining gigienik tahlili asosida kasallanish darajasining ortishini ovqatlanish tartibi va nutrientiv statusiga bog‘liqligini ilmiy asoslash kasallikni erta tashxislash va davolash tartibini baholash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 6000000-7000000 so‘m byudjet mablag‘lari milliy taomlardan ishlab chiqilgan ratsion asosida takomillashtirilgan kal`siy urolitiaz metafilaktikasini amalga oshirish orqali ayruv tizimining faoliyatini tiklash, tosh kasalliklarini instrumental, laborator tahlillar asosida erta tashxislash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: kalsiy oksalat urolitiazli bemorlarda kalsiy va oksalat tuzlarning fiziologik me’yorini ta’minlashga qaratilgan ratsion bemorlarning siydigida kalsiy, oksalat, sitrat, siydik kislotasi, mochevina va siydining ishqoriy muhitini me’yoriy darajasini ta’milashi, shuningdek kasallikning qaytalanishini oldini olishda muvozanatli mineral almashinuvining asosiy roli isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 5 sentyabrda 1-son bilan tasdiqlangan «Kal`siy oksalatli urolitiaz metafilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 153-P-son va Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 25.10.2024 yildagi 651-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kal`siy oksalatli urolitazli bemorlarning kunlik va haftalik ovqatlanish ratsioni tarkibidagi mahsulotlarning tahlili asosida kal`siy va oksalat tuzlarini me’yorini ta’minlashga qaratilgan mahhaliy ratsion orqali bemorlarning kunlik diurezni tiklash va siydikdagi kal`siy, oksalat, sitrat, siydik kislatasi, mochevina va siydining ishqoriy muhiti me’yoriy darajasini ta’minlash orqali kasallikni qaytlanishi, asoratlarni oldini olish va buyrak dializini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 6000000-7000000 so‘m byudjet mablag‘lari milliy taomlardan ishlab chiqilgan ratsion asosida takomillashtirilgan kal`siy urolitiaz metafilaktikasini amalga oshirish orqali ayruv tizimining faoliyatini tiklash, tosh kasalliklarini instrumental, laborator tahlillar asosida erta tashxislash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: engil diuretik va ishqoriy ta’sirga ega milliy mahsulotlardan tashkil topgan kunlik ratsionning kalsiy oksalat urolitiazli bemorlarda yallig‘lanishni kamaytirishda, metabolik jarayonlarni me’yorlashtirishda va kasallikning barqaror remissiyasiga yordam berishida samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 5 sentyabrda 1-son bilan tasdiqlangan «Kal`siy oksalatli urolitiaz metafilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 153-P-son va Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 25.10.2024 yildagi 651-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kal`siy oksalat urolitaz tashxislangan bemorlarning salomatlik holatini tiklash, tashxislangan xastalik darajalarini aniqlash, qaytlanishini oldini olish va patsientlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan milliy mahsulotlardan tashkil topgan kunlik ratsionining samaradorligi baholash algortmi asosida davolash sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 6000000-7000000 so‘m byudjet mablag‘lari milliy taomlardan ishlab chiqilgan ratsion asosida takomillashtirilgan kal`siy urolitiaz metafilaktikasini amalga oshirish orqali ayruv tizimining faoliyatini tiklash, tosh kasalliklarini instrumental, laborator tahlillar asosida erta tashxislash natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish