Sayfulloeva Aziza G‘ulomjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasi rivojlanishining psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1272
Ilmiy rahbar: Ostanov Shuxrat Sharifovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/04.01.2025.P.190.01
Rasmiy opponentlar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasini  rivojlanishining ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq qilish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘smirlik davrining yoshga oid psixologik xususiyatlariga ko‘ra bolaning “Men” obrazini individuallashtiruvining psixofiziologik o‘zgarishlarga bog‘liq emotsional kechinmalarning ambivalent ta’sirida namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxsiy xavotirlanish darajasining yo‘nalish vektori shaxsning o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasini emotsional qadriyatlarga bog‘liq rivojlanishini ta’minlovchi psixologik omil ekanligi dalillangan;
o‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasini rivojlanishida kattalar va tengdoshlar bilan muloqotdagi nizolarni hal qilish uchun tanlangan xulq konstruktivligini shaxsning o‘ziga beradigan adekvat bahosi orqali namoyon bo‘lishiga erishish zarurligi tufayli o‘zaro munosabatlardagi raqobatga intilishning ijtimoiy tan olinishi ehtiyojiga bog‘liq ravishda hamkorlikka intilish pozisiyasiga o‘zgarishini ta’minlash muhimligi asoslangan;
o‘smirlarda konstruktiv o‘z-o‘ziga munosabatning rivojlanishi shaxslararo muloqotda rad etilishdan qo‘rqish shaxsiy “Ego”ning darajaviy vektorlari ta’sirida boshqalarga individual munosabatning shakllanishiga olib kelganligi tufayli affilatsiya motivlarining “kattalik hissi”ga asoslangan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishga intilish xususiyatini amalda namoyon bo‘lishiga yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smirda o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasini rivojlantirish uchun shaxsning o‘ziga beradigan bahosini adekvatlashtirish, o‘zini qabul qilish orqali boshqalarni qabul qilish xususiyatini namoyon bo‘lishiga erishish zarurligiga asoslanib, affilatsiya motivlarini amalda ifodalanish darajasiga emotsiyalarning ambivert ta’sirini refleksiv xususiyatlar orqali konstruktiv “Men” shakllanishiga yo‘naltirish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasi rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘smirlik davrining yoshga oid psixologik xususiyatlariga ko‘ra bolaning “Men” obrazini individuallashtiruvining psixofiziologik o‘zgarishlarga bog‘liq emotsional kechinmalarning ambivalent ta’sirida namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxsiy xavotirlanish darajasining yo‘nalish vektori shaxsning o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasini emotsional qadriyatlarga bog‘liq rivojlanishini ta’minlovchi psixologik omil ekanligi dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 16-iyundagi MU-362a- son buyrug‘i bilan "Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya" moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti  Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi MU-362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda o‘z-o‘ziga munosabat motivsiyasini ijtimoiy-psixologik omillar orqali samaradorligiga erishilgan. 
o‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasini rivojlanishida kattalar va tengdoshlar bilan muloqotdagi nizolarni hal qilish uchun tanlangan xulq konstruktivligini shaxsning o‘ziga beradigan adekvat bahosi orqali namoyon bo‘lishiga erishish zarurligi tufayli o‘zaro munosabatlardagi raqobatga intilishning ijtimoiy tan olinishi ehtiyojiga bog‘liq ravishda hamkorlikka intilish pozisiyasiga o‘zgarishini ta’minlash muhimligi asoslangan tavsiyalardan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 16-iyundagi MU-362a-son buyrug‘i bilan "Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya" moduliga foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi MU-362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarning o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasini rivojlantirishning ijtimoiy - psixologik xususiyatlarini  oshirilgan.
o‘smirlarda konstruktiv o‘z-o‘ziga munosabatning rivojlanishi shaxslararo muloqotda rad etilishdan qo‘rqish shaxsiy “Ego”ning darajaviy vektorlari ta’sirida boshqalarga individual munosabatning shakllanishiga olib kelganligi tufayli affilatsiya motivlarining “kattalik hissi”ga asoslangan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishga intilish xususiyatini amalda namoyon bo‘lishiga yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan tavsiyalardan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 16 iyundagi MU-362a - son buyrug‘i bilan "Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya" modulini faoliyatga joriy etish jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi MU-362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasi mezonlarini samarali rivojlantirishga erishilgan.
o‘smirda o‘z-o‘ziga munosabat motivatsiyasini rivojlantirish uchun shaxsning o‘ziga beradigan bahosini adekvatlashtirish, o‘zini qabul qilish orqali boshqalarni qabul qilish xususiyatini namoyon bo‘lishiga erishish zarurligiga asoslanib, affilatsiya motivlarini amalda ifodalanish darajasiga emotsiyalarning ambivert ta’sirini refleksiv xususiyatlar orqali konstruktiv “Men” shakllanishiga yo‘naltirish muhimligi dalillanganligi ilmiy natijalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi MU-362a-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi MU-362-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘smirlarda o‘z-o‘ziga munosabat motivsiyasini ijtimoiy-psixologik omillar orqali ta’minlash modeli”  ishlab chiqilgan  va uning samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish