Pirniyazov Sadikbay Koyshibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘istonning iqlimi ekstremal aholi punktlarida shaharsozlik- landshaft tashkillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini tadqiq qilish», 18.00.02-“Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/A58.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.07.2024.A.20.11 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Shukurullo Xayrullaevich, arxitektura fanlari doktori (DSc); Atashov Sanjar Baxodirovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi mintaqasidagi sahroliklar va aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, shaharsozlik-landshaft tashkillashtirish, ularning ekologik sharoitini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simliklarni o‘sishi noqulay bo‘lgan, ya’ni qumloq tuproqlar, sho‘r tuproqlar, kuchli shamollarni to‘sish kabi sharoitlari turlicha hududlar uchun chidamli, xususan, Orolbo‘yi hududlarining sho‘rlangan to‘prog‘ida o‘sa oladigan quyidagi o‘simliklar: salyankalar, chingil, amorfa botasi, saksovul, grebenshik (tamariks), indigofera; qumloq tuproqlarga ekish uchun esa “plamofit”lar deb ataluvchi o‘simliklar assortimenti ishlab chiqilgan;
iqlimi va tuprog‘i noqulay sharoitlardagi shimoliy, markaziy tumanlari aholi punktlarida landshaft arxitekturasini shakllantirisda daraxtlarni sug‘orish va ozuqlantirish uchun sahroga yaqin joylashgan shaharlarning oqava suvlarini ushbu hududlarga yo‘naltirish (Misr tajribasi); qumloq tuproqlar hosildorligini oshirishda Norvegiyada ishlab chiqilgan “Suyuk Nanoglina”dan foydalanish; kun davomida quyoshdan energiya olib, oqshom o‘zidan atrof-muhitga nur taratuvchi zamonaviy egiluvchan svetodiodlardan foydalanish (Yaponiya, Koreya, Qozog‘iston tajribalari); landshaft yaratishda kichik geoplastik bog‘-parklar hamda zamonaviy fitomodul, fitoplastik va topiar shakllaridan foydalanish; xiyobonlar va trotuar chetiga soya beruvchi sun’iy yashil devorlarni qo‘llash (Singapur tajribasi); Yaponiyaning “Quruq va toshloq bog‘lari” usulidan foydalanish kabi istiqbolli yo‘nalishlar aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik-iqlim sharoiti ekstremal hisoblangan shimoliy va markaziy tumanlarining aholi punktlari aniqlanib, ularning xaritasi ishlab chiqilgan;
iqlimi ekstremal bo‘lgan shimoliy, markaziy va Nukus shahri aholi punktlarida shaharsozlik-landshaft tashkillashtirishning Xitoy, Misr, Norvegiya, Isroil, Birlashgan Arab Amirligi davlatlari kabi xorijiy va mahalliy (Qoraqalpogiston, Navoiy va Djizzax viloyatlari tumanlari aholi punktlarining) tajribalarni qo‘llash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi “Qoraqalpog‘istonning iqlimi
ekstremal aholi punktlarida shaharsozlik-landshaft tashkillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini tadqiq qilish” mavzusi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘simliklarni o‘sishi noqulay bo‘lgan, ya’ni qumloq tuproqlar, sho‘r tuproqlar, kuchli shamollarni to‘sish kabi sharoitlari turlicha hududlar uchun chidamli, xususan, Orolbo‘yi hududlarining sho‘rlangan to‘prog‘ida o‘sa oladigan quyidagi o‘simliklar: salyankalar, chingil, amorfa botasi, saksovul, grebenshik (tamariks), indigofera; qumloq tuproqlarga ekish uchun esa “plamofit”lar deb ataluvchi o‘simliklar assortimenti ishlab chiqilganligiga oid takliflar Nukus shahri obodonlashtirish boshqarmasining amaliy ishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 7-oktyabrdagi 01/18-2-3560-son ma’lumotnomasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasining 2025 yil 16-apreldagi 01-12/370-son dalolatnomasi). Natijada Qoraqalpogiston vakolatli tashkilotlari amaliy ishlarining sifat darajasi va bu mintaqadagi ekologik muammolar echimining samaradorligi oshgan;
iqlimi va tuprog‘i noqulay sharoitlardagi shimoliy, markaziy tumanlari aholi punktlarida landshaft arxitekturasini shakllantirisda daraxtlarni sug‘orish va ozuqlantirish uchun sahroga yaqin joylashgan shaharlarning oqava suvlarini ushbu hududlarga yo‘naltirish (Misr tajribasi); qumloq tuproqlar hosildorligini oshirishda Norvegiyada ishlab chiqilgan “Suyuk Nanoglina”dan foydalanish; kun davomida quyoshdan energiya olib, oqshom o‘zidan atrof-muhitga nur taratuvchi zamonaviy egiluvchan svetodiodlardan foydalanish (Yaponiya, Koreya, Qozog‘iston tajribalari); landshaft yaratishda kichik geoplastik bog‘-parklar hamda zamonaviy fitomodul, fitoplastik va topiar shakllaridan foydalanish; xiyobonlar va trotuar chetiga soya beruvchi sun’iy yashil devorlarni qo‘llash (Singapur tajribasi); Yaponiyaning “Quruq va toshloq bog‘lari” usulidan foydalanish kabi istiqbolli yo‘nalishlar aniqlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi MChJ “Qoraqalpog‘iston shahar va qishloq qurilishi loyihalash instituti”ning aholi punktlarini shaharsozlik-landshaf tashkillashtirish va arxitekturaviy loyihalash ishlarida foydalanilgan (Qoraqalpogiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining 2025 yil 29-senyabrdagi 03-07/01-3280-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi MChJ “Qoraqalpogiston shahar va qishloq qurilish loyihalash instituti”ning 2024 yil 22-avgustdagi 53/01-son dalolatnomasi). Natijada Orolboʻyi aholi punktlarini shaharsozlik-landshaft tashkillashtirishga va ijtimoiy samaradorlikka erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik-iqlim sharoiti ekstremal hisoblangan shimoliy va markaziy tumanlarining aholi punktlari aniqlanib, ularning xaritasi ishlab chiqilganligi hamda iqlimi ekstremal bo‘lgan shimoliy, markaziy va Nukus shahri aholi punktlarida shaharsozlik-landshaft tashkillashtirishning Xitoy, Misr, Norvegiya, Isroil, Birlashgan Arab Amirligi davlatlari kabi xorijiy va mahalliy (Qoraqalpogiston, Navoiy va Djizzax viloyatlari tumanlari aholi punktlarining) tajribalarni qo‘llash zarurati asoslanganligi kabi natijalar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Orolbo‘yi xalqaro innovatsia markazi” faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi”davlat muassasasining 2024 yil 25-sentyabrdagi 233-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning hajmi va mazmuni sifat jihatidan yaxshilangan.