Parmanov Sarvar Anivarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda yiringli-yallig‘lanish kasalliklari kechishini bashorat qilish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3909.
Ilmiy rahbar: Matmurotov Quvondiq Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlar doktori, professor, Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.V Vishnevskiy nomidagi milliy ilmiy-tadqiqot jarrohlik markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarning turli yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini jarayonning generalizatsiyasini prognoz qilish va oldini olish usullarini takomillashtirish orqali yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qandli diabet fonida yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan bemorlarda kasallik rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganida, yiringli jarayonning asosiy qo‘zg‘atuvchilari Streptococcus va Staph.aureus ekanligi, ular Candida spp turining zamburug‘li invaziyasi bilan simbiozda bo‘lishi aniqlangan; 
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yiringli yallig‘lanish kasalliklarining rivojlanish xavfini hisoblashning optimal formulasi bemorlarning sog‘ayish chastotasini 10,4% ga oshirish, poliorgan etishmovchiligi bo‘lgan shaxslar sonini 8,4% gacha kamaytirish va o‘lim ko‘rsatkichini 9,8 dan 3,6% gacha kamaytirishi asoslangan;
qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda sepsisni tashxislashda leykotsitar intoksikatsiya indekslari va qondagi prokalsitonin darajasi ko‘rsatkichlarining yuqori ma’lumot beruvchanligi isbotlangan va tizimli yallig‘lanish reaksiya sindrom rivojlanishini aks ettirib, kasallik kechishini bashorat qilish shkalasi bilan yuqori darajada o‘zaro bog‘liqlikka ega ekanligi aniqlangan;
qandli diabet fonida yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan bemorlarda mahalliy xarakterdagi yallig‘lanish jarayonining holatini, yiringli jarayonning tarqalish xavfini hisobga olgan holda intoksikatsiyaning klinik mezonlarini va patologik jarayonning kechishini bashorat qilishni hisobga olgan holda multidissiplinar jarrohlik yondashuvining zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2025 yil 15 yanvardagi 11-sonli Ilmiy-texnik kengashi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabet fonida yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan bemorlarda kasallik rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganida, yiringli jarayonning asosiy qo‘zg‘atuvchilari Streptococcus va Staph.aureus ekanligi, ular Candida spp turining zamburug‘li invaziyasi bilan simbiozda bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasi 16.08.2023 y. 137-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-son shahar klinik shifoxonasi 22.07.2024 y. 84-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli kasalliklarida jarrohlik infeksiyasining rivojlanishida patologik jarayonning joylashishi, zararlangan o‘choqdagi mikrofloraning xususiyati va mahalliy yallig‘lanish reaksiyasining og‘irligini hisobga olish kerakligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha ±5 kun uchun ±3600800 so‘m (Toshkent shahar Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasi  preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan formula va shkaladan foydalanish natijasida ijobiy  natijalar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 12650000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida asosiy diagnostika mezonlari jarrohlik davolashni tanlashda yallig‘lanish javobi markerlari bilan to‘ldirilgan klinik holat va mahalliy status ma’lumotlarini kompleks baholashda yotadi. Klinik va laboratoriya mezonlarini solishtirishda kasallik kechishini prognoz qilish shkalasi patologik jarayonning joylashuvi bilan mutloq bog‘liqdir.
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yiringli yallig‘lanish kasalliklarining rivojlanish xavfini hisoblashning optimal formulasi bemorlarning sog‘ayish chastotasini 10,4% ga oshirish, poliorgan etishmovchiligi bo‘lgan shaxslar sonini 8,4% gacha kamaytirish va o‘lim ko‘rsatkichini 9,8 dan 3,6% gacha kamaytirishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasi 16.08.2023 y. 137-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-son shahar klinik shifoxonasi 22.07.2024 y. 84-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jarayon generalizatsiyasini prognoz qilishda kasallikni qo‘zg‘atuvchi bakterial florani tahlil qilish yordamida yumshoq to‘qimalarning jarrohlik infeksiyasining rivojlanish chastotasini kamaytirish, takroriy operatsiyalar sonini qisqartirish va qandli diabet fonida yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning o‘lim holatlarini kamaytirishga muvoffaq bo‘lindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami ±1250000 so‘m sarflanadi. Yiringli-yallig‘lanish kasalliklarni fomula va shkala yordamida bashorat kilinganda statsionar davolanish ±4 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich ±2880640 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: Qandli diabet fonida yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda rivojlanish xavfini hisoblashning optimal formulasi (RP=SI x DW/SW) ishlab chiqilgan, uning asosida ballar shkalasi bo‘yicha yumshoq to‘qimalarning jarrohlik infeksiyasining rivojlanish xavfining 4 darajasi ajratiladi: 1. past xavf – 5 ballgacha; 2. o‘rtacha xavf – 6-10 ball; 3. yuqori xavf – 11-15 ball; 4. kritik xavf – 16 balldan yuqori.
uchinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda sepsisni tashxislashda leykotsitar intoksikatsiya indekslari va qondagi prokalsitonin darajasi ko‘rsatkichlarining yuqori ma’lumot beruvchanligi isbotlangan va tizimli yallig‘lanish reaksiya sindrom rivojlanishini aks ettirib, kasallik kechishini bashorat qilish shkalasi bilan yuqori darajada o‘zaro bog‘liqlikka ega ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasi 16.08.2023 y. 137-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-son shahar klinik shifoxonasi 22.07.2024 y. 84-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli-yallig‘lanish jarayonining rivojlanishining asosiy klinik mezonlari, yiringli-yallig‘lanishning mahalliy belgilarini og‘irligi nuqtai nazaridan jarrohlik infeksiyasining tarqalishini oldini olishga qaratilgan jadallashuv xavfini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqildi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chiqilgan formula va shkala yordamida operatsiyasidan keyingi davrda kasallikni jadallashuvi va asoratlarini kamayganligi bilan odatda umumiy o‘rtacha 5 kun uchun 2245000 so‘m sarflanadi (Toshkent shahar Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasi  preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: Qandli diabetda yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolashning salbiy natijalarining asosiy sabablari jarayonning rivojlanish xavfini hisobga olmaslik va yallig‘lanish jarayonining klinik kechishini prognoz qilish mezonlarining yo‘qligidir. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qandli diabet fonida yiringli-yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan bemorlarda mahalliy xarakterdagi yallig‘lanish jarayonining holatini, yiringli jarayonning tarqalish xavfini hisobga olgan holda intoksikatsiyaning klinik mezonlarini va patologik jarayonning kechishini bashorat qilishni hisobga olgan holda multidissiplinar jarrohlik yondashuvining zarurligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasi 16.08.2023 y. 137-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-son shahar klinik shifoxonasi 22.07.2024 y. 84-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yiringli-yallig‘lanish kasalliklarining tarqalishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan optimal sharoitlar o‘rganildi va qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik strategiyasi takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5 kun uchun 6890000 so‘m (Toshkent shahar Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasi  preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 60% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: Shkala bo‘yicha 5 ballgacha bo‘lgan natijalarda mutaxasislar maslahati, hamroh kasalliklar korreksiyasi, jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik; 6-10 ball - mutaxasislar maslahati, tezkor amaliyot; 11-15 ball - faol infuzion va o‘rin bosuvchi davolash muolajalari, shoshilinch jarrohlik amaliyoti; 16 balldan yuqori holatlarda esa reanimatsion chora-tadbirlar bilan birgalikda hayotiy ko‘rsatmaga binoan shoshilinch jarrohlik amaliyotini talab etadi. Jadallashuv xavfi va jarayon kechishini prognoz qilishni hisobga olgan holda, qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarning yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks tashxislash va davolashning takomillashtirilgan jarrohlik strategiyasi davolash natijalarini 81,2% dan 91,6% gacha yaxshilashga imkon berdi, bunda o‘lim holatini 9,8% dan 3,6% gacha, poliorgan etishmovchiligi rivojlanishi esa 18,8% dan 8,4% gacha kamaydi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish