Karimova Lutfiya Azizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan preeklampsiya simptomlari majmuasining shakllanishida klinik va genetik xavf omillari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2349.
Ilmiy raxbar: Nadirxanova Natal`ya Suratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Saidjalilova Dilnoza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SOVID-19 bilan bog‘liq holatlarda homilador ayollarda preeklampsiya simptomokompleksi shakllanishining klinik-anamnestik, immunofenotipik va molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor preeklampsiya va COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksi kuzatilgan homilador ayollarda angiogen omillar (sFlt-1, PLGF, sFlt-1/PLGF indeksi) ishonchli tafovutlari hamda ularning patogenetik mexanizmlaridagi angiogen disbalans va yallig‘lanish reaksiyalari o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan.
ilk bor FLT-1, MTHFR, NOS3, PLGF va TNFα genlaridagi polimorfizmlarning genotip va allellar taqsimoti COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksi mavjud homiladorlarda qon tomir va yallig‘lanish buzilishlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
angiogen (sFlt-1, PLGF) va yallig‘lanish (NLR, PLR, SII) markerlarining birgalikda baholanishi orqali preeklampsiya va COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksini ishonchli ravishda farqlash, erta tashxislash, klinik taktikani belgilash hamda homiladorlik kechishini prognozlash asoslangan;
FLT-1 genining rs7335588 va rs9513091 polimorfizmlari bo‘yicha G alleli va G/G genotipi preeklampsiya bilan, A alleli esa COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksi bilan ishonchli assotsiatsiyaga ega bo‘lib, FLT-1 geni ekspressiyasi ushbu holatlarni farqlashda aniq diagnostik mezon ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
COVID-19 bilan bog‘liq hollarda preeklampsiya va COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksi angiogenez markerlar hamda genetik ko‘rsatkichlarni baholash asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot natijalari asosida «COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiyani simptomlar majmuasini shakllantirishda biyokimyoviy markyorlar orqali aniqlashning samaradorligini oshirish usullari» uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan va joriy etilgan. Uslubiy qo‘llanma 2023 yil 25 iyuldagi № 7 d i/5 sonli Ekspert kengash xulosasi bilan tasdiqlangan. Olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Sirdaryo filiali va Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi amaliyotga kiritilgan. Olingan ma’lumotlarga asosan, COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksi mavjud homilador ayollarni nazorat qilish va boshqarish uchun algoritmlar ishlab chiqilgan.
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor preeklampsiya va COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksi kuzatilgan homilador ayollarda angiogen omillar (sFlt-1, PLGF, sFlt-1/PLGF indeksi) ishonchli tafovutlari hamda ularning patogenetik mexanizmlaridagi angiogen disbalans va yallig‘lanish reaksiyalari o‘zaro bog‘liqligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 iyuldagi №7 u t/5 son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiyani simptomlar majmuasini shakllantirishda biyokimyoviy markyorlar orqali aniqlashning samaradorligini oshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 10.09.2023 yildagi 78-son hamda Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 10.09.2023 yildagi 82/11-son buyruq asosida  amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta tashhislash orqali nazorat taktikasini o‘z vaqtida belgilash, asoslanmagan aralashuv va OAiR bo‘limiga gospitalizatsiyalarni kamaytirishga, homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrni yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: angiogenez markerlari kompleksini qo‘llash 24 bemorda keraksiz gospitalizatsiya, qimmat tekshiruvlar va asossiz davolashning oldini oldi. Har bir bemor uchun o‘rtacha 1108000 so‘m, jami 26592000 so‘m tejamga erishildi. Xulosa: sFlt-1, PlGF va indekslar klinik va iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi isbotlandi, akusher ginekologlar uchun amaliy instrumentga aylandi va COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomakompleksi mavjud homiladorlarni dastlabki boshqarish xarajatlarini optimallashtirishga yordam berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor FLT-1, MTHFR, NOS3, PLGF va TNFα genlaridagi polimorfizmlarning genotip va allellar taqsimoti COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksi mavjud homiladorlarda qon tomir va yallig‘lanish buzilishlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 iyuldagi №7 u t/5 son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiyani simptomlar majmuasini shakllantirishda biyokimyoviy markyorlar orqali aniqlashning samaradorligini oshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 10.09.2023 yildagi 78-son hamda Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 10.09.2023 yildagi 82/11-son buyruq asosida  amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genotiplarni aniqlash orqali onalar va chaqaloqlarning kasallanish xavfini oldindan baholash va individual monitoringni ta’minlash mumkin bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik skrining xavfsiz va qimmat tekshiruvlarni qoplab, har bir bemor uchun o‘rtacha 580000 so‘m, jami 13900000 so‘m tejam yaratdi. Xulosa: genetik tahlil shaxsiy yondashuv imkonini beradi, og‘ir shakllarni oldini olishga,  perinatal natijalarni yaxshilashga va sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishga yordam beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: angiogen (sFlt-1, PLGF) va yallig‘lanish (NLR, PLR, SII) markerlarining birgalikda baholanishi orqali preeklampsiya va COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksini ishonchli ravishda farqlash, erta tashxislash, klinik taktikani belgilash hamda homiladorlik kechishini prognozlash asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 iyuldagi №7 u t/5 son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiyani simptomlar majmuasini shakllantirishda biyokimyoviy markyorlar orqali aniqlashning samaradorligini oshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 10.09.2023 yildagi 78-son hamda Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 10.09.2023 yildagi 82/11-son buyruq asosida  amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori antigen disbalans aniqlangan bemorlarda yuqori xavf guruhi belgilandi, bu esa reanimatsiya tayyorgarligini ta’minlash va ona hamda chaqaloq uchun xavfni kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri baholash orqali OAiR bo‘limida bemorni tekshirish muddati kamaytirildi va har bir bemor uchun 1738200 so‘m, jami 41,7 mln so‘m tejamga erishildi. Xulosa: yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash orqali prognoz yaxshilandi va resurslar tejaldi.        
to‘rtinchi ilmiy yangilik: FLT-1 genining rs7335588 va rs9513091 polimorfizmlari bo‘yicha G alleli va G/G genotipi preeklampsiya bilan, A alleli esa COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiya simptomokompleksi bilan ishonchli assotsiatsiyaga ega bo‘lib, FLT-1 geni ekspressiyasi ushbu holatlarni farqlashda aniq diagnostik mezon ekanligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 iyuldagi №7 u t/5 son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan bog‘liq preeklampsiyani simptomlar majmuasini shakllantirishda biyokimyoviy markyorlar orqali aniqlashning samaradorligini oshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 10.09.2023 yildagi 78-son hamda Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 10.09.2023 yildagi 82/11-son buyruq asosida  amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: faqat FLT 1 genini identifikatsiyalash orqali tez va ishonchli tashxis qo‘yish, qimmat genetik va angiogenez testlarsiz personal diagnostikaga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: FLT 1 tahlili (250000 so‘m) boshqa testlarni (MTHFR – 350000 so‘m, NOS3 – 350000 so‘m, TNF α – 170000 so‘m, sFlt 1/PlGF – 592000 so‘m) almashtirdi. Har bir bemor uchun 1200000 so‘m tejam, 118 bemor uchun 141,6 mln so‘m iqtisodiy samara ta’minlandi. Xulosa: FLT 1 genidan tashxis usuli sifatida foydalanish tashxisni arzon, samarali va real amaliyotga qulay qildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish