Alimova Sarbinaz Zinatdinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yidagi ondatra (Ondatra Zibethica) populyasiyasining ekologik tuzilishi dinamikasi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V940.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yidagi ondatra (Ondatra Zibethica) populyasiyasining ekologik tuzilishi va son dinamikasini baholashdan (Qarateren va Jaltirbas ko‘llari misolida) iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi landshaftlarining antropogen transformatsiyasi sharoitida ondatra (Ondatra Zibethica) populyasiyasining yosh va jinsiy tarkibi shakllanishining ekologik mexanizmlari aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida ondatra (Ondatra Zibethica) populyasiyasining ekologik tuzilishiga tashqi va ichki populyasion omillar ta’sirining dispersiya ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor antropogen transformatsiyasi sharoitida ondatra populyasiyasining ozuqa zaxirasi va gidrorejim holatiga bog‘liq yosh va jins ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi tabiiy muhiti transformatsiyasi sharoitida ondatra (Ondatra Zibethica) populyasiyasi sonini nazorat qilishning ilmiy tavsiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yidagi Ondatra Zibethica populyasiyasining ekologik tuzilishi dinamikasini tahlil qilish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
ondatra (Ondatra Zibethica) populyasiyasi dinamikasi va zichligi holatining ekologik  monitoringi, hayvonlar populyasiyasi jamoalarining yashovchanligini saqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 19-apreldagi № 01/01-3-156 son ma’lumotnomasi.). Natijada, hayvonlarni muhofaza qilish, tabiiy ekotizimlarni saqlash bo‘yicha maqsadli tadbirlarni ishlab chiqish va hayvonlar sonining dinamikasida atrof-muhit omillarining qiymatlarini baholash imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida ondatra populyasiyasining son dinamikasi va reproduktiv jarayonlariga antropogen omillar tasirini ekologik baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 25-yanvardagi № 01/18-2-267 son ma’lumotnomasi). Natijada, Orolbo‘yi tabiiy ekotizimlariga antropogen ta’sir sharoitida tabiiy muhitni bioindikatsiya qilish maqsadida tadbirlar o‘tkazish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish