Djurabaeva Muxabbat Xusanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘pka tuberkulyozi bilan og‘rigan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam modellarining tibbiy-iqtisodiy asoslanganligi» 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib548.
Ilmiy maslaxatchi: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Bogorodskaya Elena Mixaylovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saipova Nodira Sagdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pka tuberkulyozi bilan kasallangan bemorlarni davolash modellarini baholash va takomillashtirish orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ilk bor O‘zbekistonda o‘pka tuberkulezini davolashda ambulator tibbiy yordam ko‘rsatish modeli klinik-iqtisodiy tomondan tibbiy yordam ko‘rsatishda maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ilk bor O‘zbekistonda ambulator modelining ijtimoiy sharoit qoniqarli holatda nafas yo‘llarining chegaralangan tuberkulez shakllarida, turg‘un somatik statusda va yondosh kasalliklarning kompensatsiya davrida yuqori  samaradorligi isbotlangan;
ilk bor o‘pka tuberkulezida tibbiy yordam ko‘rsatishning modelini tanlab olishda kasallikning klinik kechishi, bakteriya ajratishi, komorbidlik, ijtimoiy, ruhiy va immunologik xolati, davolashnishga rioya qilishi va davo nazorati, tibbiy xizmat resurslari xamda kasallik asoratlari mezonlari ishlab chiqilgan;
ilk bor tuberkulyozni noxush natijalar xavfini aniqlashda kliniko-fenotipik va ijtimoiy indikatorlar ishlab chiqilgan va ularning davolashga moyillik ko‘rsatkichlariga nisbati davolash samaradorligini bashorat qilishi aniqlangan;
ilk bor o‘pka tuberkulyozi bilan kasallangan bemorlarni kliniko-laborator, ijtimoiy va iqtisodiy indikatorlari ishlab chiqilishi asosida ko‘p omilli tahlil ball tizimi personallashtirilgan menedjment asossiz gospitalizatsiyalar sonini  pasaytirishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pka tuberkulyozi bilan kasallangan bemorlarni davolash modellarini baholash va takomillashtirish orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishning klinik ahamiyati  ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonda o‘pka tuberkulezini davolashda ambulator tibbiy yordam ko‘rsatish modeli klinik-iqtisodiy tomondan tibbiy yordam ko‘rsatishda maqsadga muvofiqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar RIFvaPIATM Ilmiy Kengashining 2023 yil 24 martdagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan «2015–2020 yillarda Toshkent shahrida “o‘pka tuberkulyozini ximioterapiya boshlangan ilk kundan ambulator davolash modeli”ni joriy etish tajribasi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 23 yanvar, №30-son buyruq); Namangan viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №01-2/6-son buyruq); Surxondaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 30 yanvar, №10T-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tuberkulyozga chalingan bemorlar uchun tibbiy yordamning sifat va mavjudligini oshirish, statsionarlarga tushayotgan yukni kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimining resurslarini tejashga xizmat qiladi. Optimallashtirilgan modellarning joriy etilishi bemorlarning davolanishga rioya qilish darajasini oshiradi, kasallikning tarqalishini va o‘lim holatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka tuberkulyozini ambulator davolash modeli joriy etilishi bir nafar bemorga davolashning intensiv fazasi (56 kun) mobaynida davlat byudjeti mablag‘laridan o‘rtacha 12569256 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: o‘pka tuberkulyozini ambulator davolash modelini klinik amaliyotga joriy etish orqali xarajatlar sezilarli darajada qisqartirildi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimining ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik ilk bor O‘zbekistonda ambulator modelining ijtimoiy sharoit qoniqarli holatda nafas yo‘llarining chegaralangan tuberkulez shakllarida, turg‘un somatik statusda va yondosh kasalliklarning kompensatsiya davrida yuqori  samaradorligi bo‘yicha tavsiyalar RIFvaPIATM Ilmiy Kengashining 2023 yil 24 martdagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan «2015–2020 yillarda Toshkent shahrida “o‘pka tuberkulyozini ximioterapiya boshlangan ilk kundan ambulator davolash modeli”ni joriy etish tajribasi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Toshkent viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 23 yanvar, №30-son buyruq); Namangan viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №01-2/6-son buyruq); Surxondaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 30 yanvar, №10T-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan.  Ijtimoiy samaradorligi: ambulator davolashga bemorlarning etishi yaxshilanishi tuberkulyoz tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy yukni kamaytirishga xizmat qiladi. Individuallashtirilgan yondashuvlar bemorlarning hayot sifatini oshiradi, nogironlik holatlarini kamaytiradi va ularning ijtimoiy moslashuvini yaxshilaydi. Bu, shuningdek, mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirish va ijtimoiy integratsiyani yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ambulator davolash uchun bemorlarni saralash bo‘yicha takomillashtirilgan mezonlarni qo‘llash orqali intensiv terapiya fazasi (56 kun) mobaynida har bir bemorni davolash xarajatlari o‘rtacha 72%gacha byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan mezonlarni klinik amaliyotga joriy etish sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli darajada iqtisodiy afzallikni ta’minladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda bor o‘pka tuberkulezida tibbiy yordam ko‘rsatishning modelini tanlab olishda kasallikning klinik kechishi, bakteriya ajratishi, komorbidlik, ijtimoiy, ruhiy va immunologik xolati, davolashnishga rioya qilishi va davo nazorati, tibbiy xizmat resurslari xamda kasallik asoratlari mezonlari bo‘yicha tadqiqot natijalari RIFvaPIATM Ilmiy Kengashining 2025 yil 20 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Bemorlarning xavf profili va noqulay natijalarning prediktorlari: o‘pka tuberkulyozini ambulator davolashni tashkil etishga yondashuvlar» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №14-son buyruq); Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №12-son buyruq); Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №27-son buyruq) amaliyotlariga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: iqtisodiy jihatdan maqbulroq tibbiy yordam modellarini aniqlash, mavjud resurslar doirasida ko‘proq bemorlarni qamrab olish, tibbiy yordamning mavjudligini yaxshilash, uzoq muddatli gospitalizatsiyani qisqartirish, natijada bemorlarning ijtimoiy yakkalanishini kamaytirish va ularning terapiyaga rioya qilish darajasini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘liq statsionar modelidan al`ternativ tibbiy yordam shakllariga o‘tish orqali bir nafar bemor uchun bir kunda davlat byudjeti mablag‘laridan 224451 so‘mgacha tejamkorlikka erishish mumkin. Xulosa: olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ambulator davolash modeli statsionarlarga tushayotgan yukni kamaytiradi va davolash samaradorligini oshiradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli mablag‘ tejamkorligini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor tuberkulyozni noxush natijalar xavfini aniqlashda kliniko-fenotipik va ijtimoiy indikatorlar ishlab chiqilgan va ularning davolashga moyillik ko‘rsatkichlariga nisbati davolash samaradorligini bashorat qilishi asosidagi natijalar RIFvaPIATM Ilmiy Kengashining 2025 yil 20 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Bemorlarning xavf profili va noqulay natijalarning prediktorlari: o‘pka tuberkulyozini ambulator davolashni tashkil etishga yondashuvlar» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №14-son buyruq); Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №12-son buyruq); Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №27-son buyruq) amaliyotlariga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlishgi: taklif qilingan modellar barqaror yordamni ta’minlaydi, jumladan ijtimoiy ehtiyojmand guruhlarga, xizmatlarni desentralizatsiya qilish, mobil guruhlar va masofadan kuzatish orqali. Bu davolashga to‘siqlarni kamaytiradi, bemorlarni davolash jarayoniga jalb qiladi va terapiya jarayonida hayot sifati yaxshilanishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: moslashtirilgan tashkilotchilik modellarini joriy etish (videonazoratli davolash va mobil brigadalarni o‘z ichiga olib) byudjetdan bir bemor uchun 56 kunda 12569256 so‘mgacha xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan tashkiliy yondashuvlar davolash samaradorligini yo‘qotmasdan byudjet mablag‘larini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka tuberkulyozi bilan kasallangan bemorlarni kliniko-laborator, ijtimoiy va iqtisodiy indikatorlari ishlab chiqilishi asosida ko‘p omilli tahlil ball tizimi personallashtirilgan menedjment asossiz gospitalizatsiyalar sonini  pasaytirishi asosida takliflar RIFvaPIATM Ilmiy Kengashining 2025 yil 20 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan «Bemorlarning xavf profili va noqulay natijalarning prediktorlari: o‘pka tuberkulyozini ambulator davolashni tashkil etishga yondashuvlar» mavxusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tadqiqot doirasida zarur sinovlar o‘tkazilib, ishlab chiqilgan yondashuvlar Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №14-son buyruq); Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №12-son buyruq); Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazi (2025 yil 21 yanvar, №27-son buyruq) amaliyotlariga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tuberkulyoz kasallariga ambulator yordam ko‘rsatishning mavjudligini va sifatini yaxshilashda namoyon bo‘ladi, bu esa davolash uchun kerakli vaqtni qisqartirishga va bemorlarning ijtimoiy moslashuv darajasini oshirishga xizmat qiladi. Ambulator davolashga tanlov strategiyasini qo‘llash statsionarlarga yukni kamaytirib, erta mehnat qobiliyatini tiklashga yordam beradi va bemorlarni oddiy ijtimoiy hayotga tezroq qaytishini ta’minlaydi, bu esa kasallik tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy yukni kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan strategiyani joriy etish har bir bemorning intensiv davolash bosqichida byudjetdan o‘rtacha 6284628 so‘m miqdoridagi moliyaviy xarajatlarni qisqartirishga imkon beradi. Xulosa: taklif qilingan ambulator davolash strategiyasini klinik amaliyotga joriy etilishi byudjet xarajatlarini kamaytirishga olib kelgan muhim iqtisodiy foyda berish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish