Karimova Muxtasar Isroiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarni boshqarishda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish (qurilish sanoati materiallari korxonalari misolida)», 08.00.13 – Menejment hamda 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.I.PhD/Iqt2822.
Ilmiy rahbar: Xonkeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Isroil Usmanovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallari sanoati korxonalarini boshqarishda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishlab chiqarish quvvatlaridan integratsiyalashgan va adaptiv foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona resurslarining moddiy-texnik, mehnat va innovatsion salohiyatini o‘zaro uzviy bog‘liq va uyg‘un holda boshqarish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni tashqi bozor sharoiti, texnologik rivojlanish va ichki tashkiliy o‘zgarishlarga mos ravishda dinamik tarzda optimallashtirish imkoniyatlari nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
qurilish materiallari korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini kompleks baholashda integral ko‘rsatkich natijalari asosida “yuqori” (0,86 ≤ Iqyu ≤ 1,00), “barqaror” (0,71 ≤ Iqb ≤ 0,85), “o‘rta” (0,51 ≤ Iqo‘ ≤ 0,70), “past” (0,31 ≤ Iqp ≤ 0,50), “qoniqarsiz” (0 ≤ Iqq ≤ 0,30) miqdoriy chegaralar doirasida maqbul darajada foydalanishni ta'minlash asoslangan;
korxonalarda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalar asosida boshqaruv modeli doirasida ekologik xavfsizlik, resurs tejamkorligi va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha avtomatik monitoring tizimlarini joriy etish orqali energiya sarfi (15–20%), tannarx (10–15%) ning pasayishi, ishlab chiqarish samaradorligining (20–25%) oshishi chegaralari asoslangan;
qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati faoliyatiga ta'sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida O‘zqurilishsanoat uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarni boshqarishda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishlab chiqarish quvvatlaridan integratsiyalashgan va adaptiv foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona resurslarining moddiy-texnik, mehnat va innovatsion salohiyatini o‘zaro uzviy bog‘liq va uyg‘un holda boshqarish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni tashqi bozor sharoiti, texnologik rivojlanish va ichki tashkiliy o‘zgarishlarga mos ravishda dinamik tarzda optimallashtirish imkoniyatlari nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sifat menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan “integratsiyalashgan va adaptiv foydalanish” tushunchlarining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha kengroq bilim va ko‘nikmalar shakllantirish imkoni yaratilgan;
qurilish materiallari korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini kompleks baholashda integral ko‘rsatkich natijalari asosida “yuqori” (0,86 ≤ Iqyu ≤ 1,00), “barqaror” (0,71 ≤ Iqb ≤ 0,85), “o‘rta” (0,51 ≤ Iqo‘ ≤ 0,70), “past” (0,31 ≤ Iqp ≤ 0,50), “qoniqarsiz” (0 ≤ Iqq ≤ 0,30) miqdoriy chegaralar doirasida maqbul darajada foydalanishni ta'minlash taklifi O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasining 2024-yil 13-maydagi 02/15-1115-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini kompleks baholash bo‘yicha taklif etilgan integral ko‘rsatkichlar mezonlari “Farg‘ona viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda qo‘llanilib, ushbu mezonlar asosida quvvatlardan foydalanish darajasi baholandi va manzilli boshqaruv choralarini belgilash imkoniyati yaratiladi;
korxonalarda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalar asosida boshqaruv modeli doirasida ekologik xavfsizlik, resurs tejamkorligi va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha avtomatik monitoring tizimlarini joriy etish orqali energiya sarfi (15–20%), tannarx (10–15%) ning pasayishi, ishlab chiqarish samaradorligining (20–25%) oshishi chegaralari asoslash taklifi O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasining 2024 yil 13 maydagi 02/15-1115-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish quvvatlari monitoringi, resurslardan foydalanish holatini real vaqt rejimida kuzatish va tahlil qilish imkoniyatlari yaratildi. Shu asosda ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat kuchaytirildi, qaror qabul qilish tezligi oshdi hamda korxonalarda quvvatlardan foydalanish samaradorligi sezilarli darajada yaxshilanadi;
qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati faoliyatiga ta'sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida O‘zqurilishsanoat uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasining 2024-yil 13-maydagi 02/15-1115-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy va respublika miqyosida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalashtirish imkoniyati yaratildi. Jumladan, ishlab chiqarish hajmi, investisiya ehtiyojlari va mehnat resurslariga bo‘lgan talab oldindan aniqlanib, asoslantirilgan holda resurslarni taqsimlash, infratuzilma rivoji va investisiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha manzilli qarorlar ishlab chiqiladi.