Salomova Sarvinoz Salimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Neft-gaz sanoati korxonalari moliyaviy barqarorligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti, 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. DSc/Iqt828
Ilmiy maslahatchi: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjaboeva iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidkamolov Muhammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xusanov Qaxramon Nishonovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft-gaz sanoati korxonalari moliyaviy barqarorligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Financial Multi-Stage Barqarorlik Indeksi (FMSB) metodologiyasi negizida neft-gaz sanoati korxonalari moliyaviy barqarorligini «inqirozli holat» (0–40%), «nobarqarorlik» (41%–60%), «mo‘tadil holat» (61%– 80%), «mutlaq barqarorlik» (81%–100%) darajalari shkalasi orqali baholashning metodik yondashuvi taklif etilgan;
integrallashgan resurs, inson kapitili va moliyaviy samaradorlik muvofiqligi hamda ichki omillarni tartibga solishga ko‘ra tashqi moliyaviy xavflarga immunitetni rivojlantirish kabilar negizida “Ko‘p qatlamli moliyaviy barqarorlik indekslash modeli” asoslanib, analitik platforma sifatida tavsiya etilgan;
neft-gaz sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini baholash yondashuvi integral tarzda moliyaviy barqarorlik (Mbk), moliyaviy moslashuv-chanlik (Mmk) va moliyaviy salohiyat (Msk) bilan makroiqtisodiy omillarni muvofiqligda baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
neft-gaz sanoati korxonalari barqarorligini strategik boshqaruv mexanizmi barqarorlikni “resurs–tashkiliy–prognozlashuv” jarayonlari muvofiqligida ta’minlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
neft-gaz sanoati korxonalari barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikka ko‘rai ko‘p variantli ekonometrik modellari negizida (avtonomiya, moliyaviy richag, joriy va absolyut likvidlilik, kapitatalning manbalar bilan ta’minlanganligi, qarzga xizmat ko‘rsa-tish) 2030-yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft-gaz sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning metodologik-uslubiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Financial Multi-Stage Barqarorlik Indeksi (FMSB) metodologiyasi negizida neft-gaz sanoati korxonalari moliyaviy barqarorligini «inqirozli holat» (0-40%), «nobarqarorlik» (41% – 60%), «mo‘tadil holat» (61% – 80%), «mutlaq barqarorlik» (81% – 100%) darajalari shkalasi orqali baholashning metodik yondashuviga asoslangan taklif “O‘zbekneftgaz” AJ ga qarashli “Buxoro NQIZ” tomonidan “Korxona moliyaviy barqarorligini monitoring qilish bo‘yicha ichki reglament”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil 13- iyundagi 03-18-8-585-sonli ma’lumotnomasi). Taklif neft-gaz sanoati korxonalari moliyaviy barqarorligini uslubiy jihatdan baholashning aniqlash darajasini oshirishga ko‘ra boshqaruv qarorlarining natijadorligi oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
integrallashgan resurs, inson kapitili va moliyaviy samaradorlik muvofiqligi hamda ichki omillarni tartibga solishga ko‘ra tashqi moliyaviy xavflarga immunitetni rivojlantirish kabilar negizida “Ko‘p qatlamli moliyaviy barqarorlik indekslash modeli” va undan analitik platforma sifatidagi tavsiya “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Moliyaviy barqarorlikni indekslash va prognozlashning integratsion axborot tizimi”ni ishlab chiqishda va amaliy faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ 2025-yil 13- iyundagi 03-18-8-585-sonli ma’lumotnomasi). Taklif nafaqat hozirgi holatni baholash, balki strategik qarorlarni prognozlash, tavakkal darajasini aniqlash va investision ssenariylarni modulyasiyalash imkonini kengaytirishga va AJ xarajatlarini 2,2 foizga kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
neft-gaz sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini baholash yondashuvi integral tarzda moliyaviy barqarorlik (Mbk), moliyaviy moslashuv-chanlik (Mmk) va moliyaviy salohiyat (Msk) bilan makroiqtisodiy omillarni muvofiqligda baholashga ko‘ra takomillashtirish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Mbk–Mmk–Msk integratsion baholash va monitoring tizimi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil 13- iyundagi 03-18-8-585-sonli ma’lumotnomasi). Taklif aksiyadorlik jamiyati moliyaviy xarajatlarini 2,1 % ga kamaytirishda muayyan darajada xizmat qilingan;
neft-gaz sanoati korxonalari barqarorligini strategik boshqaruv mexanizmi barqarorlikni “resurs–tashkiliy–prognozlashuv” jarayonlari muvofiqligi bo‘yicha taklif “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Resurs–Tashkiliy–Prognozlashuv asosidagi moliyaviy barqarorlikni strategik boshqarishning integratsion tizimi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil 13- iyundagi 03-18-8-585-sonli ma’lumotnomasi). Taklif neft-gaz sanoati korxonalari moliyaviy barqarorligini tegishligiga ko‘ra modulyasiyalovchi dinamik tizim tartibida baholash metodik yondashuvining samaradorligini oshirishgava AJ moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichini 1,15 barobargacha yaxshilanishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
neft-gaz sanoati korxonalari barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikka ko‘rai ko‘p variantli ekonometrik modellari negizida (avtonomiya, moliyaviy richag, joriy va absolyut likvidlilik, kapitatalning manbalar bilan ta’minlanganligi, qarzga xizmat ko‘rsa-tish) 2030-yilgacha prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Neft-gaz korxonalarining moliyaviy barqarorligini ekonometrik prognozlash modeli”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil 13- iyundagi 03-18-8-585-sonli ma’lumotnomasi). Taklif tizimning moliyaviy barqarorligini ta’minlash istiqbolli prognoz ssenariylarining aoslanish darajasi yuqoriligiga ko‘ra 2024-2030 yillar uchun investision dasturini sifatli shakllantirishga muayyan darajada xizmat qilgan.