Ibragimova Nodira Shuxratjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Urush mavzusidagi romanlarda shaxs ma’naviyati shakllanishi jarayonining falsafiy talqini” (Nobel mukofoti sovrindorlari ijodi misolida) 09.00.07 – Ma’naviyat tarixi va nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.1.PhD/Fal1262
Ilmiy rahbar: Davlatov Olimjon Davlatovich, falsafa doktori (PhD), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.     
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Ernazarov Fayzulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor. Omonov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
urush mavzusidagi romanlarda shaxs ma’naviyati shakllanishi jarayonining badiiy-falsafiy talqinini yaratishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ma’naviyat tarixi va nazariyasi” ixtisosligi doirasida urush kategoriyasining mohiyati, uning inson ma’naviyatiga ta’siri, ijtimoiy muhitda shakllanish mexanizmlari (taqqoslash, hukmronlik istagi, tahdidga javob berish, ziddiyatlar) falsafiy-mantiqiy tizim sifatida asoslangan;
urush mavzusidagi asarlarni turkumlashtirish mezonlari qiyosiy tadqiq etilib, E.Xeminguey va S.Alekseevich asarlari misolida XX-asr jahon adabiyotida insonning ma’naviy-ruhiy qudrati har qanday qurol va zo‘ravon rejimdan ustun va qudratli ijtimoiy hodisa sifatida talqin etilganligi isbotlangan;
urush mavzusidagi romanlar ma’naviy-aksiologik, ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan insoniyatning ma’naviy inqiroziga va umuminsoniy qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy oqibatlarining sabablari tizimlashtirilgan;
urush mavzusiga oid asarlarda tarixiy xotira va ma’naviy saboq, inson hayotidagi o‘lim haqiqati, yo‘qotishlar dahshati, tinchlik va bag‘rikenglikka asoslangan ma’naviy qadriyatlarning shakllanishi, ularning shaxs ma’naviy kamolotiga ko‘rsatadigan ta’siri falsafiy nuqtai nazaridan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Urush mavzusidagi romanlarda shaxs ma’naviyati shakllanishi jarayonining falsafiy talqiniga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“ma’naviyat tarixi va nazariyasi” ixtisosligi doirasida urush kategoriyasining mohiyati, uning inson ma’naviyatiga ta’siri, ijtimoiy muhitda shakllanish mexanizmlari (taqqoslash, hukmronlik istagi, tahdidga javob berish, ziddiyatlar) falsafiy-mantiqiy tizim sifatida asoslangan nazariy xulosa va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2023-2024 yillardagi tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilgan konferensiya, forum va taqdimotlarda ijodiy foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 18-martdagi 329-son ma’lumotnomasi) Natijada, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan konferensiya, forum va taqdimotlarning samaradorligiga xizmat qilgan;
urush mavzusidagi asarlarni turkumlashtirish mezonlari qiyosiy tadqiq etilib, E.Xeminguey va S.Alekseevich asarlari misolida XX-asr jahon adabiyotida insonning ma’naviy-ruhiy qudrati har qanday qurol va zo‘ravon rejimdan ustun va qudratli ijtimoiy hodisa sifatida talqin etilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ““O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasida telekanal orqali amaliy natijalarga yo‘naltirish va ijtimoiy tarbiyaga hissa qo‘shish maqsadida sohaga oid ko‘rsatuvlarning ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ““O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasining 2025-yil 4-fevraldagi 1-09-113-son dalolatnomasi). Natijada, televidenie orqali namoyish etilayotgan urush va tinchlik mavzusidagi asarlarda berilgan umuminsoniy qadriyatlar hamda ijtimoiy-axloqiy tarbiya sohasidagi g‘oyalarni aholining keng qatlamiga etkazishda xizmat qilgan;
urush mavzusidagi romanlar ma’naviy-aksiologik, ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan insoniyatning ma’naviy inqiroziga va umuminsoniy qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy oqibatlarining sabablariga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan “UzReport TV” axborot agentligi tomonidan tasvirga olingan “Bitmas xazina” ko‘rsatuvi dasturi va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“UzReport TV” axborot agentligining 2025-yil 31-yanvardagi 5-son dalolatnomasi). Natijada, “Bitmas xazina” ko‘rsatuvini suratga olishda metodologik manbaa sifatida e’tirof etilgan; 
urush mavzusiga oid asarlarda tarixiy xotira va ma’naviy saboq, inson hayotidagi o‘lim haqiqati, yo‘qotishlar dahshati, tinchlik va bag‘rikenglikka asoslangan ma’naviy qadriyatlarning shakllanishi, ularning shaxs ma’naviy kamolotiga ko‘rsatadigan ta’siri bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan “Yangi asr avlodi” nashriyotida 2024-yil davomida o‘tkazilgan “Tarjimonlar bilan uchrashuv”, “Mahorat darsi”, “Shaxsiy xona” asari taqdimoti, noshirlar va mualliflar seminarida, “Kitob klubi” kabi uchrashuvlarda foydalanilgan (“Yangi asr avlodi” nashriyotining 2025-yil 27-yanvardagi 5-son dalolatnomasi). Natijada, urush mavzusidagi romanlarda insonlar obrazlarini ilmiy tasniflash va uni shaxs ma’naviy kamolotiga ta’sirini xolisona baholash bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish