Madaminov Abduvaxabjon Axmadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Innovatsion texnologiyalarning jamiyat taraqqiyotiga funksional ta’sirining ijtimoiy-falsafiy jihatlari”
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1228
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yunusov Kamaldin Abzalovich siyosiy fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nazar Hakimov falsafa fanlari doktori, professor. Ismoilov Maxamadixon Isroilovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion texnologiyalarning jamiyat taraqqiyotiga funksional ta’sirining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion texnologiyalarning kategorial mazmun-mohiyati va yangi ilmiy-konseptual talqini hamda amal qilish xususiyatlarini kreativ faollik (yaratuvchi, ijodkor) va intellektual salohiyatni (aqliy, ijodiy) hayotga tadbiq etishga undovchi vazifalari asoslangan;
innovatsion texnologiyalarning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotida o‘ziga xos jihatlarini ma’naviy-axloqiy imperativlarning (yuksak ma’naviy axloqiy qadriyatlar) ilmiy-texnik yangilanishlarga to‘siq bo‘lmasligi ochib berilgan;
jamiyat hayotining erkinlashtirishda innovatsion texnologiyalarni funksional ta’sirini yoshlarni voyaga etkazishning yangi modellari (ratsionalistik usul, tizimli tahlil metod)ni shakllantirish zarurligi asoslangan;
innovatsion texnologiyalarning jamiyat va inson kapitalini yuksaltirishga nisbatan funksional ta’sir etishini bir-biridan farqli tomonlari (bilimdonlik, kreativlik, intellektual qabul qilish) ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion texnologiyalarning jamiyat taraqqiyotiga funksional ta’sirining ijtimoiy-falsafiy jihatlari bo’yicha olingan tadqiqot natiјalari asosida:
innovatsion texnologiyalarning kategorial mazmun-mohiyati va yangi ilmiy-konseptual talqini hamda amal qilish xususiyatlarini kreativ faollik (yaratuvchi, ijodkor) va intellektual salohiyatni (aqliy, ijodiy) hayotga tadbiq etishga undovchi vazifalariga oid ilmiy yangiliklaridan Qirg‘iziston Respublikasi I.Razzakov nomidagi Qirg‘iz davlat texnika universitetining Qizil-Qiya filialida “Innovatsion texnologiyalarning jamiyat taraqqiyotiga funksional ta’sirining ijtimoiy falsafiy jihatlari” mavzusida professor-o‘qituvchi va talabalarga ma’ruza mashg‘ulotini o‘tishda foydalanilgan (Qirg‘iziston Respublikasi I.Razzakov nomidagi Qirg‘iz davlat texnika universitetining Qizil-Qiya filialining 2020-yil 21-dekabrdagi №115 Ma’lumotnoma). Natijada, innovatsion texnologiyalarni jamiyat hayotidagi ijtimoiylashuvidagi texnologik omillarni yuksalishiga xizmat qilgan;
innovatsion texnologiyalarning kategorial mazmun-mohiyati va yangi ilmiy- konseptual talqini hamda amal qilish xususiyatlarini kreativ faollik (yaratuvchi, ijodkor) va intellektual salohiyatni (aqliy, ijodiy) hayotga tadbiq etishga undovchi ilmiy yangiliklaridan ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda xususan, “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda ilmiy yangiliklardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokompaniya” davlat muassasasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 05-09-1459-son Dalolatnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarda davlatning innovatsiyon yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investisiyalardan samarali foydalanish va yangi avlod kadrlarini tayyorlashga xizmat qilgan.
-inson kapitalini samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarning funksional ta’sirinegizida innovatsion izlanishlar bilan ma’naviy-axloqiy tamoyillar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik, hamdabir-birlaridan farqli tomonlari-bilimdonlik, kreativlik, intellektual qabul qilish, ilmiylikni oshib borishi) jihatlariga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Ekologik partiyasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy- gumanitar sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanib kelinmoqda (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 01/366-son Dalolatnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi yoshlar innovatsion salohiyatini yuksaltirish orqali faol ijtimoiy pozisiyasini shakllantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va islohotlar natijadorligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
jamiyat hayotining erkinlashtirishda innovatsion texnologiyalarni funksional ta’sirini yoshlarni voyaga etkazishning yangi modellari (ratsionalistik usul, tizimli tahlil metod)ni shakllantirish zarurligi oid yangiliklaridan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga volontyorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari instituti № 3/dn-79-son Dalolatnomasi). Natijada, volontyorlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan.