Azizov Ildar Rafaelevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro munosabatlar transformatsiyasi sharoitida Markaziy Osiyo davlatlarining parlamentlararo hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi 23.00.04 – “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc /Ss129
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raeva Sayfiddin Axmatovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: 
Jo‘raev Qodir Asadovich siyosiy fanlar doktori, professor. 
Xasanov Otabek Abdurashidovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich, siyosiy fanlari doktori, Favqulodda va muxtor elchi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro munosabatlarning o‘zgarishi sharoitida Markaziy Osiyoda parlamentlararo hamkorlikning bugungi holatini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, O‘zbekistonning milliy manfaatlari va mintaqaviy o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Markaziy Osiyo parlament diplomatiyasini bosqichma-bosqich institutsionallashtirish mexanizmlari “siyosiy-tashkiliy, tashkiliy-amaliy, ekspert-tahliliy” darajadagi uch bosqichli yangi tizim asosida ishlab chiqilgan va mintaqaviy parlamentlar integrasiyasini 2030 yilgacha amalga oshirishga qaratilgan “Parlament diplomatiyasini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy dastur” konsepsiyasiga ko‘ra isbotlangan;
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda parlamentning ta’sirchan rolini oshirish zaruratidan kelib chiqib, mintaqa doirasida parlamentlar faoliyatini institutsional-huquqiy darajada muvofiqlashtirish, parlamentariy diplomatiyasini hayotga tadbiq qilish hamda butun mintaqa bo‘ylab “yumshoq kuch” vositalari asosida parlament nazoratini kuchaytirishga qaratilgan Markaziy Osiyo mintaqasiga xos parlament modeli “yumshoq xavfsizlik” (soft-security oriented) paradigmasiga ko‘ra asoslab berilgan; 
Markaziy Osiyo milliy parlamentlarining tashqi siyosat va xalqaro munosabatlardagi faol o‘rni va rolini rivojlantirish, Evroparlament, EXHT PA, MDH PA, XPI va TurkPA kabi parlament tashkilotlari bilan o‘zaro tajriba almashish va samarali hamkorlik muloqotini ifoda etuvchi mintaqaviy parlamentarizmning yangi “Markaziy Osiyo+” parlament formatini ta’sis etish taklifi dalillangan;
O‘zbekiston Respublikasining ahil qo‘shnichilik, ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosat tamoyillariga asoslangan keng qamrovli strategiyasidan kelib chiqqan holda, Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy manfaatlarini ilgari suradigan tashqi siyosat kun tartibini shakllantirishga xizmat qiluvchi parlament diplomatiyasining nufuzini kuchaytirish hamda mintaqa davlatlari parlamentlari hamkorligini tartibga soluvchi yaxlit mexanizm sifatida Markaziy Osiyo Parlament Assambleyasini tashkil etish taklifi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xalqaro munosabatlar transformatsiyasi sharoitida Markaziy Osiyo davlatlarining parlamentlararo hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining ahil qo‘shnichilik, ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosat tamoyillariga asoslangan keng qamrovli strategiyasidan kelib chiqqan holda, Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy manfaatlarini ilgari suradigan tashqi siyosat kun tartibini shakllantirishga xizmat qiluvchi parlament diplomatiyasining nufuzini kuchaytirish hamda mintaqa davlatlari parlamentlari hamkorligini tartibga soluvchi yaxlit mexanizm sifatida Markaziy Osiyo Parlament Assambleyasini tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan respublika vazirlik va idoralariga yuboriladigan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 4-iyundagi №01-121215-sonli ma'lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida parlament diplomatiyasi masalalarini strategik rejalashtirish va axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga xizmat qildi.
Markaziy Osiyo parlament diplomatiyasini bosqichma-bosqich institutsionallashtirish mexanizmlari “siyosiy-tashkiliy, tashkiliy-amaliy, ekspert-tahliliy” darajadagi uch bosqichli yangi tizim asosida ishlab chiqilgan va mintaqaviy parlamentlar integrasiyasini 2030 yilgacha amalga oshirishga qaratilgan “Parlament diplomatiyasini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy dastur” konsepsiyasiga oid xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tayyorlangan analitik va xalqaro-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 9 iyundagi № 02-15-11/310-son ma'lumotnoma). Natijada ilmiy xulosa va tavsiyalar 2024 yil 12-13 sentyabr kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari Ikkinchi parlamentlararo forumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida forumning yakuniy hujjati — Xiva deklarasiyasini ishlab chiqishda ilmiy-amaliy asos sifatida xizmat qildi.
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda parlamentning ta’sirchan rolini oshirish zaruratidan kelib chiqib, mintaqa doirasida parlamentlar faoliyatini institutsional-huquqiy darajada muvofiqlashtirish, parlamentariy diplomatiyasini hayotga tadbiq qilish hamda butun mintaqa bo‘ylab “yumshoq kuch” vositalari asosida parlament nazoratini kuchaytirishga qaratilgan Markaziy Osiyo mintaqasiga xos parlament modeli “yumshoq xavfsizlik” (soft-security oriented) paradigmasiga ko‘ra asoslab berilgani xususidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti faoliyatida qo‘llanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2025 yil 25 iyuldagi №03-3/932-son ma'lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar institutning axborot-tahliliy bazasini boyitish, parlament diplomatiyasini tahlil qilish metodologiyasini takomillashtirish hamda Markaziy Osiyodagi integrasion jarayonlarning siyosiy tavsifini chuqurlashtirishga xizmat qildi.
Dissertasiyada ilgari surilgan Markaziy Osiyo davlatlari milliy parlamentlarining tashqi siyosatdagi ishtirok darajasi va ta’sir kuchidagi farqlar ifodalash hamda ushbu farqlarni tahlil qilish va parlament faoliyatini muvofiqlashtirishni baholashda tahliliy vosita sifatida foydalanishni nazarda tutuvchi “Asimmetrik parlament diplomatiyasi” tushunchasi ilmiy muomalada qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti faoliyatida qo‘llanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2025-yil 25-iyuldagi №03-3/932-son ma'lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar institutning axborot-tahliliy bazasini boyitish, parlament diplomatiyasini tahlil qilish metodologiyasini takomillashtirish hamda Markaziy Osiyodagi integrasion jarayonlarning siyosiy tavsifini chuqurlashtirishga xizmat qildi.
Markaziy Osiyo milliy parlamentlarining tashqi siyosat va xalqaro munosabatlardagi faol o‘rni va rolini rivojlantirish, Evroparlament, MDH PA, YXHT PA va TurkPA kabi parlament tashkilotlari bilan o‘zaro tajriba almashish va samarali hamkorlik muloqotini ifoda etuvchi mintaqaviy parlamentarizmning yangi “Markaziy Osiyo+” parlament formatini ta’sis etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 12-iyundagi №04/9-08/06-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, dissertasiyada ilgari surilgan ilmiy xulosa va takliflar qo‘mita faoliyatining axborot-tahliliy bazasini boyitishga, parlamentlararo hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga hamda O‘zbekiston mintaqaviy parlament diplomatiyasining institutsional asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish