Ochilov Temurmalikning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Totim (Rhus L.) turkum turlari bioekologiyasi va ko’paytirish texnologiyasi”, 06.03.01 – O’rmon ekinlari. Seleksiya, urugʻchilik va shaharlarni ko’kalamzorlashtirish. O’rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o’rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1045
Ilmiy rahbar: Xamroev Xusen Fatullaevich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Eshankulov Bobomurod Inayatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Baltaniyazov Jaqsiboy Sarsenbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O’rmon va yashil hududlarni ko’paytirish, cho’llanishga qarshi kurashish agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turli hududlarda o‘sayotgan totim turkumi turlarining tashqi muhit omillariga munosabatini tadqiq etish va ularni ko’paytirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor totim turlarini tashqi muhit omillariga munosabati tahlil etilib ko‘kalamzorlashtirish va himoya daraxtzorlarini barpo etishda foydalanish mumkinligi isbotlangan;
totim turlari orasida oshlovchi totimda tabiiy tiklanish juda yuqori KG≤0 bo‘lib, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi silliq totimda qoniqarsiz KG≥0 ekanligi aniqlangan;
totim turlari urug‘lariga 96 % sulfat kislotaning 0,03% li eritmasi bilan 30 daqiqa ishlov berish orqali 40% unuvchanlikka erishilgan bo‘lib, ishlov berilmagan variantga nisbatan 36-38% yuqori natijaga berishi aniqlangan;
yog‘ochlashgan qalamchalarga ildiz oldiruvchi “Root Energy” stimulyatori bilan ishlov berish orqali ildiz olish darajasi 2-4% ga hamda o‘sish ko‘rsatkichi 1,2-1,4 marotabaga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
14 sm uzunlik va 20 mm diametrga ega bo‘lgan ildiz qalamchalarni yanvar oyining uchinchi o‘n kunligida tayyorlash hamda mart oyining uchinchi o‘n kunligida ekish orqali ko‘chatlarning eng yuqori (80%) tutib qolish darajasi aniqlangan;
ildiz qalamchalaridan ko’paytirish orqali standart ko‘chatlar tayyorlash muddatini 1 yilga kamaytirish va ularning miqdorini o‘rtacha 1,6-1,8 martagacha oshirish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Totim turlarining bioekologik xususiyatlari va ko‘paytirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘rmon xo‘jaliklari uchun “Totim (Rhus L.) ko’chatlarini ko‘paytirish texnologiyasi” mavzusidagi tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi 03-03/1-03/3-1036-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma o‘rmon xo‘jaliklarida totim turlari ko‘chatlarini etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Totim (Rhus L.) ko‘chatlarini vegetativ usulda etishtirishda ildiz qalamchalarni tayyorlash ishlanmasi Burchmulla, Uzun va Hisor ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari ko‘chatxonlarining 1,2 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi 03-03/1-03/3-1036-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 gektar maydonda ko‘chat etishtirish va uni sotish orqali 525 mln so‘m daromad olingan;
Totim (Rhus L.) ko‘chatlarini etishtirishda urug‘larni terib olish muddatlari va va ekishga tayyorlash ishlanmasi Burchmulla, Uzun va Hisor ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari ko‘chatxonlarining 1,2 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi 03-03/1-03/3-1036-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ko‘chat etishtirish va uni sotish orqali gektaridan 450 mln so‘m daromad olingan.