Qodirova Zebo Gulboevnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot terminlari ontologik modelini yaratish va ularning semantikasi”.
10.00.01 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4746
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc. 03/25.2021.Fil.01.16
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna filologiya fanlari doktori, professor; Muhamedova Saodat Xudoyberdievna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sohaviy terminologik ontologik model yaratishda o‘zbek tilidagi tibbiyot terminlarini ierarxik tasniflash va semantik maydonlarini aniqlash, tibbiy terminlar paradigmatik, sintagmatik tahliliga ko‘ra ontologik tamoyillarini nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- tibbiyot terminlari ontologik modelini yaratishda leksik semantik resurslarni shakllantirishga oid yondashuvlar asos qilib olinib, modelning semantik tasnifi yoritildi hamda lingvistik jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, ontologiya va tezaurus lug‘atida konsept tushunchasining lisoniy modellari tibbiy terminlar misolida dalillandi;
- o‘zbek tilidagi tibbiy terminlar lug‘ati korpus asosida tabiiy tilni qayta ishlash jarayonlari uchun ontologik vositalar yordamida tavsiflandi. Shuningdek, Protege muharriri yordamida tibbiyot sohasiga oid terminlarning ontologik modeli ishlab chiqildi;
- terminologik ma’lumotlar bazasini loyihalashda ierarxik tasnif asosida asosiy sinflar va ular tarkibida ichki sinflar aniqlanib, tibbiyot terminlari sohalariga ko‘ra guruhlarga tasniflandi hamda tibbiyot terminlarini ontologik modellashtirishda paradigmatik, sintagmatik munosabatlariga asoslangan metodologiya ishlab chiqildi;
- https://uzbekontology.uz/ saytida tibbiyot terminlarning lingvistik bazasi yaratildi hamda ularning semantik guruhlariga ko‘ra ma’lumotlar bazasi arxitekturasi shakllantirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy terminlar ontologik modelini yaratish va ularning semantikasini tadqiq qilish asosida:
o‘zbek tili kompyuter lingvistikasi uchun terminologik ontologik ma’lumotlar bazasini yaratish, xususan, tibbiyot terminlari ontologik bazasini tuzishda semantik munosabatlar tadqiqiga asoslangan tahlilining nazariy asoslaridan 2021-2023-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2025-yil 17-martdagi 949/05-2-son ma’lumotnomasi)
o‘zbek tili korpusi uchun terminologik ontologik ma’lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, o‘zbek tili korpusi uchun tibbiyot terminlarini semantik maydonlar bo‘yicha ierarxik tasnifi asosida ontologik modellashtirish tamoyillaridan 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. Tadqiqot natijalarini qo‘llash amaliy loyiha doirasida tayyorlangan lingvistik baza yaratish hamda korpusning dasturiy ta’minotini mukammallashtirishga xizmat qilgan. (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2025-yil 14-martdagi 139/01-01-son ma’lumotnomasi)
O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “REP-25112021/113 – UzUDT: O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihada tadqiqotning ontologik model yaratishda semantik munosabatlar tahlili, ontologiya va tezaurus modellarida konsept tushunchasi talqini, terminologik tizimda semantik maydonlarni aniqlashda semantik munosabatlar hamda ierarxik tasnifi yuzasidan amalga oshirgan tadqiqi nazariy asos vazifasini o‘tagan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-martdagi 04/11-3400-son ma’lumotnomasi)