Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimida amalga oshirilgan ishlar


1. 2024 yilda 4046 nafar tadqiqotchi ilmiy darajada tasdiqlandi. Shundan, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar soni 3493 nafarni, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar soni 553 nafarni tashkil etdi. 
KPI ko‘rsatkichi ilmiy darajalar bo‘yicha 104 foizni, jumladan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha 103 foizni, fan doktori (DSc) ilmiy darajasi bo‘yicha 111 foizni tashkil etdi.
Himoya qilingan dissertatsiyalar (100%) ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishi tashkil qilingan.
2. Shu davrda 3893 nafar talabgor ilmiy unvonda, jumladan 809 nafari professor, 2901 nafari dotsent va 183 nafari katta ilmiy xodim va unvonlarida tasdiqlandi.
KPI ko‘rsatkichi ilmiy unvonlar bo‘yicha 102 foizni, jumladan professor ilmiy unvoni bo‘yicha 102 foizni va dotsent ilmiy unvoni bo‘yicha 102 foizni tashkil etdi.
3. Xorijiy davlatlar muassasalari tomonidan berilgan 70 ta ilmiy darajalar diplomlari (25 tasi fan nomzodi, 45 tasi falsafa doktori (PhD)) nostrifikatsiya qilishni tashkil etildi.
4. Xorijiy davlatlarda ilmiy darajalar to‘g‘risida berilgan 30 ta falsafa doktori diplomi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fan doktori sifatida tan olinishi tashkil qilindi.
5. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat namunasidagi ilmiy daraja olinganligi to‘g‘risidagi diplom yoki ilmiy unvon olinganligi to‘g‘risidagi attestat ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan electron ko‘rinishdagi QR-kod qo‘yilgan hujjatni taqdim etish xizmati ishga tushirildi.
6. Jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlariga (100%) o‘z vaqtida javob berilishi ta’minlandi (573 ta, jumladan 7 ta og‘zaki hamda 566 ta yozma murojaat).
7. Ilmiy jamoatchilik bilan 12 ta hududda 37 ta uchrashuv tashkil etildi va sayyor qabullar amalga oshirildi. Uchrashuvlarda 2 270 nafar ilmiy jamoatchilik (1484 nafari 35 yoshgacha) ishtirok etib, 520 ta savolga tushuntirishlar berildi, 77 nafar shaxsga joyida uslubiy yordam ko‘rsatildi va sayyor qabullarda 86 nafar shaxsga joyida amaliy yordam berildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish