Kamoljonova Dilfuza Xoldorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Milliy kontentlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy pedagogik asoslari” mavzusidagi
13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10073
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Quronov Mahammad Quronovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped 165.02
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Madjidova Dildora Abduxamidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), k.i.x.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
milliy kontentlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi jamoa oldida o‘z fikrini bayon qilish hamda ijtimoiy mas’uliyat, shaxsiy pozisiya va qarashlarni himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan axloqiy kontentlar bilan milliy qahramonlar fazilatlarini ijtimoiy-rolli modellashtirish orqali o‘quv jarayoni mazmuniga integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-didaktik imkoniyatlari teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar vositasida dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlarni singdiruvchi milliy kontentlar hamda jamoaviy kitobxonlik tadbirlarini “birga o‘qish – birga muhokama qilish” tamoyiliga ko‘ra tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli «ma’naviy qadriyatlarga sadoqat – ijtimoiy mas’uliyat» zanjiriga muvofiq o‘quvchining ma’naviy dunyoqarashi, ijtimoiy faolligi va axloqiy madaniyatini rivojlantiruvchi oila–maktab–maxalla hamkorligi bilan interaktiv o‘quv-tarbiyaviy modellar va milliy qadriyatlar targ‘iboti vositalarini birga qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
milliy kontentlar vositasida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobga qiziqishiga ko‘ra yuqori (kitobxonlik ichki ehtiyoj sifatida shakllangan, milliy kontent ma’naviy hayotga integratsiya qilingan), o‘rta (kitobxonlik tashqi ta’sir va rag‘bat asosida shakllanayotgan), quyi (kitobxonlik motivatsiyasi zaif, milliy kontentlar bilan bog‘liq qiziqish hali yuzaga chiqmagan) darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Milliy kontentlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik ko‘nikmasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi jamoa oldida o‘z fikrini bayon qilish hamda ijtimoiy mas’uliyat, shaxsiy pozisiya va qarashlarni himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan axloqiy kontentlar bilan milliy qahramonlar fazilatlarini ijtimoiy-rolli modellashtirish orqali o‘quv jarayoni mazmuniga integratsiya qilish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan 1- va 2- sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish savodxonligi” darslik o‘quv materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazining 2025-yil 21-apreldagi 01-02/8-198-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, axloqiy kontentlar bilan milliy qahramonlar fazilatlarini ijtimoiy-rolli modellashtirish orqali o‘quv jarayoni mazmuniga integratsiya qilishga erishilgan;
kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-didaktik imkoniyatlari teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar vositasida dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlarni singdiruvchi milliy kontentlar hamda jamoaviy kitobxonlik tadbirlarini “birga o‘qish – birga muhokama qilish” tamoyiliga ko‘ra tashkil etish orqali takomillashtirishga oid takliflaridan “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” kanalining bolalar kitobxonligi mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va badiiy radioeshittirishlar senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 01-20/670-sonli maʼlumotnomasi). Natijada teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar vositasida dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlarni singdiruvchi milliy kontentlar yaratishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli «ma’naviy qadriyatlarga sadoqat – ijtimoiy mas’uliyat» zanjiriga muvofiq o‘quvchining ma’naviy dunyoqarashi, ijtimoiy faolligi va axloqiy madaniyatini rivojlantiruvchi oila-maktab-mahalla hamkorligi bilan interaktiv o‘quv-tarbiyaviy modellar va milliy qadriyatlar targ‘iboti vositalarini birga qo‘llashga oid mualliflik g‘oyalaridan “O‘zbekiston” nashriyotining “Buyuklar bolaligi” ijtimoiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazining 2025-yil 9-sentyabrdagi 01-151-son ma’lumotnomasi). Natijada «ma’naviy qadriyatlarga sadoqat – ijtimoiy mas’uliyat» zanjiriga muvofiq o‘quvchining ma’naviy dunyoqarashi, ijtimoiy faolligi va axloqiy madaniyatini rivojlantirishga erishilgan;
milliy kontentlar vositasida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobga qiziqishiga ko‘ra yuqori (kitobxonlik ichki ehtiyoj sifatida shakllangan, milliy kontent ma’naviy hayotga integratsiya qilingan), o‘rta (kitobxonlik tashqi ta’sir va rag‘bat asosida shakllanayotgan), quyi (kitobxonlik motivatsiyasi zaif, milliy kontentlar bilan bog‘liq qiziqish hali yuzaga chiqmagan) darajalarda baholashga oid takliflaridan “G‘uncha” Respublika adabiy-badiiy jurnalining 2023-2024-yil sonlarida foydalanilgan (“G‘uncha” jurnali tahririyatning 2025-yil 9-sentyabrdagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobga qiziqishiga ko‘ra yuqori, o‘rta, quyi darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.