Boymanov Shoxrux Otaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Interpolikompleks asosida qunduz (Myocastor coypus) terilarini oshlash, texnologiyasi va xossalari” 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5408.
Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor; Shoyimov Shohrux Shuhratovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: interpolikompleksning dastlabki nisbatlarini aniqlash, sintez qilish va uning asosiy fizik- kimyoviy xossalarini, hamda oshlovchilik xususiyatini tahlil qilish va qunduz terilarini interpolikompleks asosida chuqur qayta ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oksidlanish qaytarilish jarayoni asosida interpolikompleks birikmasi sintez qilingan va uning dastlabki nisbatlari, rejimlari va fizik- kimyoviy xossalari aniqlangan;
sintez qilingan oshlovchining qunduz teri kollageni bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida murakkab turdagi interpolimer kompleks kimyoviy bog‘ hosil qilishi IR-spektroskopiya usuli bilan identifikatsiyalangan;
interpolikompleks birikmasi asosida ishlov berilgan qunduz terilarining gigienik xossalari va morfologik strukturasi adsorbsion va mikroskopik usullar asosida teri strukturasida g‘ovaklar sonini ortishi va diametri kamayishiga olib kelishi aniqlangan;
interpolikompleks birikma bilan ishlov berilgan tayyor qunduz mo‘ynalarining fizik – kimyoviy va mexanik xossalari an’anaviy nazorat namunalariga nisbatan yaxshilanganligi hamda uning mustahkamlik chegarasi ortishiga ollib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qunduz terilarini interpolikompleks asosida oshlash texnologiyasi hamda ishlov berilgan qunduz mo‘ynasing fizik-kimyoviy va mexanik xossalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
interpolikompleksni qunduz terilariga oshlovchi sifatida qo‘llash texnologiyasi «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi «Mexovaya moda» va “Karakul Lider” OK korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2025 yil 19 iyun  03-07/1834-son ma’lumotnomasi). Natijada qunduz terilariga interpolikompleks asosida ishlov berish texnologiyasini qo‘llash orqali tayyor mahsulotning mustahkamlik chegarasi 
46,4 N ga, uzilishdagi uzayish 6,8 % ga, gidrotermik destruksiya harorati 
16,8 % ga va ekspluatatsion davrining oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish