Xudayberganov Mansurbek Faxreddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5534.
Ilmiy rahbar: Matyoqubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Halimov Javlonbek Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirish va  takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, informatsion, innovatsion va institutsional yondashuvlaridan foydalanishning minimal (Dmin˂1), integral (0˂Dint˂1) va maksimal (Dmax˃1) darajalari takomillashtirilgan;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari asosida mintaqada tumanlar va shaharlarni “oziq-ovqat xavfsizligi quyi ta’minlangan hudud”, “oziq-ovqat xavfsizligi o‘rtacha ta’minlangan hudud” va “oziq-ovqat xavfsizligi yuqori ta’minlangan hudud” shakllari taklif etilgan;
Xorazm viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning hozirgi holatini hisobga olgan holda tashkiliy-texnik (birinchi bosqich) va ijtimoiy-iqtisodiy (ikkinchi bosqich) strategiyalarini amalga oshirish algoritmi ishlab chiqilgan;
mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, informatsion, innovatsion va institutsional yondashuvlaridan foydalanishning minimal (Dmin˂1), integral (0˂Dint˂1) va maksimal (Dmax˃1) darajalari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-sentyabrdagi 06-15-09/8916-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan; 
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari asosida mintaqada tumanlar va shaharlarni “oziq-ovqat xavfsizligi quyi ta’minlangan hudud”, “oziq-ovqat xavfsizligi o‘rtacha ta’minlangan hudud” va “oziq-ovqat xavfsizligi yuqori ta’minlangan hudud” shakllari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-sentyabrdagi 06-15-09/8916-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqa tumanlar va shaharlarini iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rtacha 2-5 foizga oshirish imkonini bergan; 
Xorazm viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning hozirgi holatini hisobga olgan holda tashkiliy-texnik (birinchi bosqich) va ijtimoiy-iqtisodiy (ikkinchi bosqich) strategiyalarini amalga oshirish algoritmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-sentyabrdagi 06-15-09/8916-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Xorazm viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan; 
mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-sentyabrdagi 06-15-09/8916-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish