Kadirova Durdona Dilshadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Margaret Etvud ijodida distopiya janri an’analari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3787.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Nargiza Alimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasriddinov Dilshod A’zamqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Margaret Etvud ijodida distopiya janri an’analarini o‘rganish hamda romanlarining badiiy-estetik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotida utopik shakllardan diniy-patriarxal, texnokratik va postapokaliptik variantlargacha murakkab tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan distopiya janrining an’anaviy shakliy va mazmuniy xususiyatlari tizimli tahlil asosida aniqlangan;
Margaret Etvud ijodida feministik va ekologik muammolar ta’sirida badiiy transformatsiyaga uchragan distopiya janri negizida reproduktiv nazorat, ekologik xavfsizlik va ijtimoiy tabaqalanish masalalarini yorituvchi original feministik distopiya modeli shakllangani ilmiy jihatdan isbotlangan;
“Oqsoch hikoyasi” romanida ayol, onalik va oila qadriyatlari asosida talqin etilgan ekofeministik hamda postgumanistik xususiyatlar, distopik voqelikning badiiy ifodasida subektiv narrativ, psixologik teranlik, rang va ramzlar tizimi, intertekstuallik hamda diniy allyuziya, shuningdek, reproduktiv-itoatkor, imtiyozli, isyonkor, mafkuraviy nazoratchi va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi ayollar obrazlarining tipologik tahliliga asoslangan o‘ziga xos badiiy-estetik echimlar orqali muallifning tanqidiy qarashlari asoslangan;
Margaret Etvudning “MeddAddam” trilogiyasida postapokaliptik jamiyat kontekstida insoniyatning ma’naviy tanazzuli, diniy mafkuralarning siyosiy manipulyasiyaga aylanishi, ekologik falokat, biologik nazorat, gender zo‘ravonligi va ilm-fanning tijorat quroliga aylanishi kabi dolzarb muammolar badiiy-falsafiy uyg‘unlikda yoritilib, bu jarayon ayol obrazlari va sun’iy mavjudotlar timsolida ifodalanishi, shuningdek, satira va ironiya, intertekstual va mifologik allyuziyalar, ramziy detallar asosida yozuvchining individual badiiy-estetik uslubi shakllangani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Margaret Etvud ijodida distopiya janri an’analarining tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon adabiyotida utopik shakllardan diniy-patriarxal, texnokratik va postapokaliptik variantlargacha murakkab tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan distopiya janrining an’anaviy shakliy va mazmuniy xususiyatlari tizimli tahlil asosida aniqlanganiga oid xulosalardan A-1-61 raqamli “Erasmus+ credit mobility” (ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, 2020-1-UK01-KA107-078419) mavzusidagi amaliy loyihada samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 30-yanvardagi 04-04-1/453-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni takomillashtirilib, Margaret Etvud distopik romanlarining badiiy xususiyatlari bilan tanishish imkoniyati yuzaga kelgan;
Margaret Etvud ijodida feministik va ekologik muammolar ta’sirida badiiy transformatsiyaga uchragan distopiya janri negizida reproduktiv nazorat, ekologik xavfsizlik va ijtimoiy tabaqalanish masalalarini yorituvchi original feministik distopiya modeli shakllangani ilmiy jihatdan isbotlangani xususidagi nazariy ma’lumotlardan 1683580 raqamli Britaniya Kengashi (British Council) ko‘magida amalga oshirilayotgan “Ingliz tili maktab fani sifatida: boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalarni o‘rganish” xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 30-yanvardagi 04-04-1/440-son ma’lumotnomasi). Natijada ekofeministik, feministik va distopik romanlarni tahlil qilishning metodologik tamoyillariga oid ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-metodik majmualarning mazmun-mohiyatini boyitgan;
“Oqsoch hikoyasi” romanida ayol, onalik va oila qadriyatlari asosida talqin etilgan ekofeministik hamda postgumanistik xususiyatlar, distopik voqelikning badiiy ifodasida subektiv narrativ, psixologik teranlik, rang va ramzlar tizimi, intertekstuallik hamda diniy allyuziya, shuningdek, reproduktiv-itoatkor, imtiyozli, isyonkor, mafkuraviy nazoratchi va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi ayollar obrazlarining tipologik tahliliga asoslangan o‘ziga xos badiiy-estetik echimlar orqali muallifning tanqidiy qarashlari aniqlanganiga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan yosh ijodkorlar to‘garaklari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 7-noyabrdagi 01-03/ 909-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari dastur, elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Margaret Etvudning “MeddAddam” trilogiyasida postapokaliptik jamiyat kontekstida insoniyatning ma’naviy tanazzuli, diniy mafkuralarning siyosiy manipulyasiyaga aylanishi, ekologik falokat, biologik nazorat, gender zo‘ravonligi va ilm-fanning tijorat quroliga aylanishi kabi dolzarb muammolar badiiy-falsafiy uyg‘unlikda yoritilib bu jarayon ayol obrazlari va sun’iy mavjudotlar timsolida ifodalanishi, shuningdek, satira va ironiya, intertekstual va mifologik allyuziyalar, ramziy detallar orqali yozuvchining individual badiiy-estetik uslubi shakllanganiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universistetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413 raqamli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihada hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 6-iyuldagi 275-sonli buyrug‘i asosida nashr qilingan “History of Literary Criticism” nomli darslikda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 22-avgustdagi 01/487-son va 2025-yil 31-yanvardagi 02-01/483-son ma’lumotnomalari). Natijada loyiha va darslik mazmun-mundarijasi takomillashtirilgan.