Xamidova Mohinaxon Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifi (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar adabiyotidagi glyuttonik diskurs tarjimasining lingvomadaniy talqini (ingliz-o‘zbek tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3600.
Ilmiy rahbar: Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSs.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Ganieva Dildora Azizovna;  filologiya fanlari doktori, professor Raupova Laylo Rahimovna.        
Yetakchi tashkilot: Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon bolalar adabiyotidagi glyuttonik diskursni tarjima qilishning lingvomadaniy masalalarini o‘rganish va uning amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolalar adabiyotiga xos glyuttonik diskurs va uni tarjima qilishning lingvomadaniy muammolari kompleks tahlil qilinib, muloqot ishtirokchilarining taom va uning iste’moli bilan bog‘liq diniy va estetik qarashlari, madaniyati va dunyoqarashi asosida glyuttonik diskursning milliy etnopsixologiya, tarbiya, ijtimoiy odob-axloq mahsuli ekanligi ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlar misolida dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi sayyor syujetlarning lingvokulturologik jihatlari, shuningdek, muallif va kitobxon o‘rtasidagi glyuttonik kommunikatsiyaning kreativ tarzda tashkil qilinganligi bolalar adabiyotidagi glyuttonik diskursga xos  “ochlik va eb to‘ymaslik”, “eb qo‘yish”, “taom yaxshilik mukofoti sifatida”, “taom va shirinliklarni o‘g‘irlash”, “bolani ovqatlantirish” kabi tushunchalar tahlili orqali ochib berilgan; 
o‘zbek va jahon bolalar adabiyotida taom mavzusi hamda glyuttonik syujetlar muqoyasasi taom diskursi tahlili orqali milliy madaniyatimiz va Evropa madaniyatining o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishga, sharqona odob-axloq va didaktikaning o‘ziga xos lingvomadaniy xususiyatlarini to‘la anglashga xizmat qilishi lingvomadaniy jihatdan asoslangan; 
o‘zbek bolalar adabiyotida taom diskursini tarjimada qayta yaratish muammolari uning tarbiya sohasi bilan uzviy bog‘liqligi  asar tarjimasida o‘zbek milliy didaktik mezonlarini saqlash, tarjimada asliyatning muqobili mavjud bo‘lmagan va notanish bo‘lgan hollarda, tarjima tili auditoriyasi bolajonlarining madaniy va geografik dunyoqarashini hisobga olish va tarjimada almashtirish, generalizatsiya, eksplikasion tarjima kabi tarjima transformatsiyalaridan foydalanish orqali lingvistik baholash mezonlari yoritib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalar adabiyotidagi glyuttonik diskurs tarjimasining lingvomadaniy talqinini (ingliz-o‘zbek tillari misolida) takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
bolalar adabiyotiga xos glyuttonik diskurs va uni tarjima qilishning lingvomadaniy muammolari, muloqot ishtirokchilarining taom va uning iste’moli bilan bog‘liq diniy va estetik qarashlari, madaniyati va dunyoqarashi asosida glyuttonik diskursning milliy etnopsixologiya, tarbiya, ijtimoiy odob-axloq mahsuli ekanligi hamda o‘zbek va ingliz tillaridagi sayyor syujetlarning lingvokulturologik jihatlari, muallif va kitobxon o‘rtasidagi glyuttonik kommunikatsiyaning kreativ tarzda tashkil qilinganligi bolalar adabiyotidagi glyuttonik diskursga xos  “ochlik va eb to‘ymaslik”, “eb qo‘yish”, “taom yaxshilik mukofoti sifatida”, “taom va shirinliklarni o‘g‘irlash”, “bolani ovqatlantirish” kabi tushunchalar tahliliga oid xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 14-sentyabrdagi 01/10-1794-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek bolalar adabiyoti namunalarida glyuttonik diskurs masalalari, jahon va o‘zbek bolalar adabiyotidagi taomlarning bola fantaziyasida tutgan o‘rni, bola ruhiyatidagi hissiy tabiatni tarjimada qayta yaratishga oid ko‘rsatmalar loyihaning nazariy asosi boyitilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek va jahon bolalar adabiyotida taom mavzusi hamda glyuttonik syujetlar muqoyasasi taom diskursi tahlili orqali milliy madaniyatimiz va Evropa madaniyatining o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishga, sharqona odob-axloq va didaktikaning o‘ziga xos lingvomadaniy xususiyatlarini anglashga xizmat qilishiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023 yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 yil 4 oktyabrdagi 04/1-2711-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va jahon bolalar adabiyotida glyuttonik qahramonlar va yetakchi syujetlar tahlil qilinib, hozirgi ayrim mavjud manbalar bilan qiyoslangan, bolalar adabiyoti tadqiqotchilari qarashlaridagi o‘xshash va farqli jihatlar ilmiy asoslangan, ayrim sifatli tarjimalarning amalga oshirilganligi va bu asarlarning o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalalarini aniqlashga erishilgan;
o‘zbek bolalar adabiyotida taom diskursini tarjimada qayta yaratish muammolari uning tarbiya sohasi bilan uzviy bog‘liqligi  asar tarjimasida o‘zbek milliy didaktik mezonlarini saqlash, tarjimada asliyatning muqobili mavjud bo‘lmagan va notanish bo‘lgan hollarda, tarjima tili auditoriyasi bolajonlarining madaniy va geografik dunyoqarashini hisobga olish va tarjimada almashtirish, generalizatsiya, eksplikasion tarjima kabi tarjima transformatsiyalaridan foydalanish orqali lingvistik baholash mezonlari yoritilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari tomonidan kinofilmlar ssenariysini shakllantirishda, xususan, “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida ushbu tadqiqotlarda ilgari surilgan bolalar adabiyotida uchraydigan glyuttonik diskurs tarjimasining lingvomadaniy jihatlari, shuningdek, ssenariyda taom bilan bog‘liq bo‘lgan nomlar va ularning tarjimasini bolalar nutqiga etkazish, qo‘llashga oid ilmiy ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yi 14-oktyabrdagi 06-28-874-son ma’lumotnomasi). Natijada teledasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar tinglovchilarning o‘zbek va ingliz tillariga xos taom nomlari va ularning o‘rinli qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qilgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro, 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 14 ta ilmiy ish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, ulardan 1 tasi xorijiy jurnalda nashr ettirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish