Djalaldinova Malaxat Zuxurdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Myuriel Spark asarlarida ayol ruhiyati ifodasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3094.
Ilmiy rahbar: Umarova Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Toyirova Nargiza Isakovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Myuriel Spark asarlarida postmodern g‘oyalarining namoyon bo‘lishi va ayol obrazlari ruhiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postmodern adabiyotining tadrijiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan metamatn, intermatn, fragmentatsiya hamda muallifning ishonchliligi muammosi kabi asosiy tendensiyalarning tizimli tadqiqi negizida adabiy jarayon va uning yetakchi namoyandalarining ijodiy faoliyati dalillangan;
postmodern adabiyotga xos bo‘lgan haqiqatning nisbiyligi, o‘zlik muammosi hamda ma’no va talqinning ko‘p qirraliligi kabi nazariy konsepsiyalar Myuriel Spark badiiy asarlari tahlili asosida ilmiy jihatdan asoslangan;
postmodern g‘oyalar ta’sirida shakllangan Myuriel Sparkning ayol qahramonlarni yaratish hamda ularning ruhiy olamini badiiy ifodalash mahorati ijtimoiy-psixologik, biografik va qiyosiy-tipologik metodlar asosida isbotlangan;
Myuriel Spark romanlarining syujet qurilishi, badiiy detallarning funksional ahamiyati, ularning asar g‘oyasini ifodalashdagi o‘rni hamda til va ifoda vositalariga ta’sir etuvchi omillar tahlili asosida adibaning badiiy mahorati postmodernizm kontekstida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Myuriel Spark asarlarida postmodern g‘oyalarining aks etishi hamda ayol ruhiyatini tadqiq etishdan olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
postmodern adabiyotining tadrijiy taraqqiyoti, davr namoyandalarining adabiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tendensiyalar, Myuriel Sparkning mohirona obraz shakllantirishi, obrazlarning ijtimoiy-psixologik, maishiy-biografik, qiyosiy-tipologik tahlillari va ularning yozuvchining jamiyatda tutgan o‘rni va munosabatlarida aks etishiga doir qarashlardan ixtisoslashgan atamalar tavsifida Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan № IL-402104213. “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion tadqiqot dasturlari doirasidagi grant loyihada foydalanilgan. (Andijon davlat universitetining 2024-yil 20-avgustdagi 39-08-801 son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy qo‘llanishda o‘ziga xoslik kasb etuvchi ayrim til birliklarining tavsifi yorqinlashgan;
Myuriel Spark asarlarida postmodern adabiyotiga xos bo‘lgan haqiqatning nisbiyligi , o‘zlik muammosi, ma’no va tafsirning ko‘p tomonliligi kabi xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, yozuvchining qahramon yaratish mahorati, asarlarining badiiy tahlili va mushohada mezonlaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, AQSh departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan “The English Access Microscholarship Program”– “O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va kompyuter savodxonligini oshirish” mavzusidagi SUZ 280021GR3106-sonli innovatsion loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 3-iyuldagi 01/388-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyihada M.Spark uslubining asarlaridagi syujet qurilishi, badiiy detallarning aniqligi, ularning asar gʻoyasiga xizmat qilishi kabi o‘ziga xos jihatlari, tili va ifoda vositalari badiiy tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchi tomonidan qo‘llanilgan postmodern usullar, jumladan, meta asar, intertekstuallik, parodiya, kinoya kabilarning badiiy xususiyatlari talqini takomillashtirilgan. Ular asosida adibning hikoya, qissa va romanlari biografik, qiyosiy, tarixiy metodlar yordamida tahlil etilgan hamda loyiha bo‘yicha tayyorlangan resurslar mazmuni kengaytirilgan;
Myuriel Sparkning hikoyalari jumladan «Alvido qush », hamda «Yordam va rag‘bat », «Nochor qizlar» kabi romanlarida adibning postmodern g‘oyalar ta’sirida qahramon yaratish mahorati hamda ijtimoiy-psixologik, biografik va qiyosiy-tipologik metodlar asosida obraz yaratishdagi o‘ziga xos badiiy uslubi ilmiy jihatdan ochib berilganligini ko‘rsatuvchi ilmiy yangiligi O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan amaliy jihatdan foydalanilgan. (O‘zbekiston yozuvchilar uyishmasining 2025 yil 20-oktyabrdagi 01-03/324-son ma’lumotnomasi). Natijada Malaxat Djalaldinovaning tadqiqoti «ayol va ruhiyat» motivlarining evropa va o‘zbek badiiy asarlarida talqin etilganini ko‘rsatadi, uning ma’naviy, adabiy va madaniy taraqqiyotdagi o‘rni hamda ahamiyati keng yoritib berilgan va poetik ahamiyati tahlil qilinganligini ko‘rsatadi. Asarlarda qahramonlar ruhiyatini badiiy talqin qilish muhim o‘rin egallaydi. Tadqiqot ishida evropa va o‘zbek adabiyotshunoslari va yozuvchilari asarlari asosida shakllangan ilmiy nazariy xulosalar M.Spark asarlarining badiiy talqini asosida takomillashtirilgan.
postmodern adabiyotining tadrijiy taraqqiyoti bilan bog‘liq nazariy va tarixiy omillar tadqiqi asosida uning rivojlanish bosqichlari va davr namoyandalarining adabiy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-iyuldagi 06-28-741-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv materiallari adibning asarlaridagi estetik va didaktik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan boyitilgan.