Xolmaxmatov Boburjon Musurmon o‘g‘lining Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Turli xil ampluadagi 13-15 yoshdagi futbolchilarni jismoniy va funksional tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi” 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7273
Ilmiy rahbar: Xasanov Ilyos To‘ychievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xamroev Alijon Ro‘ziqulovich; pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), Pulatov Sirojiddin Nuritdinovich
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli xil ampluadagi 13-15 yoshdagi futbolchilarni jismoniy va funksional tayyorgarligini takomillashtirish samardorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘smir futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan oylik mashgʻulot metodikasini ishlab chiqish hisobiga yuklama ta’sirida organizmning funksional darajasini yaxshilash (yurak-qon tomir tizimi 15–17% o‘pkalar hajmi va nafas samaradorligi 15–19% mushak kuchi 20–24% metabolik tezlik (moddalar almashinuvi) 15–19% chidamlilik (aerobik) 19–23%quvvat, VO2 max asab-mushak koordinatsiyasi 15–25% psixologik barqarorlik va stressga chidamlilik 16–20%) imkoniyati takomillashtirilgan;
13-15 yoshdagi futbolchilarda musobaqa jarayonida yuzaga keladigan murakkab vaziyatlar, o‘yin ampulasi bo‘yicha tezkor chidamlilikni oshirishga qaratilgan 3×30 m sprint va zarba, pas va qochish kombinatsiyasi, tez qayta yo‘nalish, pressing zonasi, aylanma yugurish va pas mashqlarni kiritish hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilgan;
O‘quv mashq bosqichidagi futbolchilarning mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish va boshqarishda o‘yinchilarning joylashuvini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, ish qobiliyatini tez tiklashga qaratilgan jismoniy va funksional tayyorgarligini takomillashtirish modeli tarkibiga baholash mezonlari kiritish hisobiga jismoniy va funksional tayyorgarligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
O‘quv mashq bosqichidagi futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishda mashg‘ulotning asosiy qismida aerob (aylanma stansiyali mashqlar, intervalli o‘yin) va anaerob (intervalli sprintlar, 3x3 tezkor o‘yin, hujum pressingi) chidamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni va qo‘shimcha ergogen vositalarini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga individual texnik harakatlarni takomillashtirish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan oylik mashgʻulot metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar futbol maktablari mashg‘ulotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respubliksi Sport vazirligining 2025 yil 11 apreldagi 02-16/3644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir futbolchilarning tezkor-kuch sifatlari 11-12 % ga, tezlik sifati 9-11 % ga, chaqqonlik sifati 8-9 % ga, kuch sifati 12-13 % ga o‘sishiga erishilgan;
13-15 yoshdagi futbolchilarda musobaqa jarayonida yuzaga keladigan murakkab vaziyatlar, o‘yin ampulasi bo‘yicha tezkor chidamlilikni oshirishga qaratilgan 3×30 m sprint va zarba, pas va qochish kombinatsiyasi, tez qayta yo‘nalish, pressing zonasi, aylanma yugurish va pas mashqlarni kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar futbol maktablari mashg‘ulotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respubliksi Sport vazirligining 2025 yil 11 apreldagi 02-16/3644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir futbolchilarning tezkor-kuch sifatlari 12-14 % ga, tezlik sifati 10-11 % ga, chaqqonlik sifati 12-14 %ga, kuchlilik sifati 11- 12 % ga o‘sishiga erishilgan.
O‘quv mashq bosqichidagi futbolchilarning mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish va boshqarishda o‘yinchilarning joylashuvini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, ish qobiliyatini tez tiklashga qaratilgan jismoniy va funksional tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar futbol maktablari mashg‘ulotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respubliksi Sport vazirligining 2025 yil 11 apreldagi 02-16/3644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir futbolchilarning tezlik sifati 10-12 % ga, tezkor-kuch sifatlari 11-13 % ga o‘sishiga erishilgan.
O‘quv mashq bosqichidagi futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishda mashg‘ulotning asosiy qismida aerob (aylanma stansiyali mashqlar, intervalli o‘yin) va anaerob (intervalli sprintlar, 3x3 tezkor o‘yin, hujum pressingi) chidamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni va qo‘shimcha ergogen vositalarini mashg‘ulotlarga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar futbol maktablari mashg‘ulotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respubliksi Sport vazirligining 2025 yil 11 apreldagi 02-16/3644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir futbolchilarning chaqqonlik sifati 9-10 % ga, kuch sifati 12-14 % ga o‘sishiga erishilgan.