Mirzakarimov Xudaberdi Yusupovichning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion yondashuv asosida talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8710.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Akbarov Anvarjon Tojimatovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07
Rasmiy opponentlar: Uraimov Sanjar Ro‘zimatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Baydjanov Bekzod Xaitbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universineti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion yondashuv asosida talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirish faoliyati algoritmik bosqichlari tashkiliy-metodik shart-sharoitlar, metodologik yondashuv (kompetensiyaviy; shaxsga yo‘naltirilgan; aksiologik), natijaviy-baholash va prognostik  komponentlari funksional va tizimli  aloqadorlikni e’tiborga olgan xolda aniqlashtirilgan;
talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model tashkiliy-pedagogik komponentining didaktik shart-sharoitlari (ta’lim shakllari, metodlari va vositalari) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar aksiologik yondashuv va funksional uyg‘unlik asosida takomillashtirilgan;
talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, tadqiqot doirasida yaratilgan ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-didaktik materiallar asosida “Mantiqiy chalkash zanjir”, “Tushunchalar tahlili”, “Faol seminar”, “Jamoada o‘zaro o‘qitish”, “Filler” kabi interfaol metodlarni intensiv qo‘llashga yo‘naltirilgan ta’limiy mexanizmlar orqali takomillashtirilgan;
talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirish birligi: “bilim – ko‘nikma – malaka – kompetensiya” va ana shu bosqichlarni har birida ajdodlar merosiga aksiologik yondashuvni o‘ziga xos tarzda rivojlantirib borishini aks ettiruvchi interfaol ta’lim texnologiyalarni samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan metodik tizim ta’lim oluvchining refleksiv pozisiyasini intellektual rivojlanish sohasi bilan ichki integrallashuvini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuv asosida talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirish faoliyati algoritmik bosqichlari tashkiliy-metodik shart-sharoitlar, metodologik yondashuv (kompetensiyaviy; shaxsga yo‘naltirilgan; aksiologik), natijaviy-baholash va prognostik  komponentlari funksional va tizimli  aloqadorlikni e’tiborga olgan xolda aniqlashtirishtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Vatanparvarlik tarbiyasi va harbiy san’at tarixi o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-420-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model tashkiliy-pedagogik komponentining didaktik shart-sharoitlari (ta’lim shakllari, metodlari va vositalari) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar aksiologik yondashuv va funksional uyg‘unlik asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Vatanparvarlik tarbiyasi va harbiy san’at tarixi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-397-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirishning pedagogik modeli aksiologik yondashuv va funksional uyg‘unlik asosida takomillashtirilgan;
talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, tadqiqot doirasida yaratilgan ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-didaktik materiallar asosida “Mantiqiy chalkash zanjir”, “Tushunchalar tahlili”, “Faol seminar”, “Jamoada o‘zaro o‘qitish”, “Filler” kabi interfaol metodlarni intensiv qo‘llashga yo‘naltirilgan ta’limiy mexanizmlar orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Vatanparvarlik tarbiyasi va harbiy san’at tarixi o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-420-raqamli guvohnoma). Natijada, innovatsion yondashuv asosida talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti boyitilgan;
talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirish birligi: “bilim – ko‘nikma – malaka – kompetensiya” va ana shu bosqichlarni har birida ajdodlar merosiga aksiologik yondashuvni o‘ziga xos tarzda rivojlantirib borishini aks ettiruvchi interfaol ta’lim texnologiyalarni samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan metodik tizim ta’lim oluvchining refleksiv pozisiyasini intellektual rivojlanish sohasi bilan ichki integrallashuvini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Vatanparvarlik tarbiyasi va harbiy san’at tarixi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-397-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda harbiy-vatanparvarlik fazilatini rivojlantirishning metodik shart-sharoiti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish