Boltabaev Sherzod Olimjon o ’g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali gandbolchi talabalarning sakrab va tayangan holda darvozaga to‘p otish texnikasini kinematik xususiyatlari”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped4236.
Ilmiy rahbar: Akramov Jasur Anvarovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; To‘laganov Shuxrat Furkatjonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali gandbolchi talabalarning kinematik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda tayanib va sakrab darvozaga to‘p otish hujum texnikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
malakali gandbolchi talabalarning sakrab darvozaga to‘p otish texnikasi samaradorligini oshirish uchun oyoqlarning harkatlanish masofasi, o‘ng-chap oyoq panjalarining erga tegishdagi X koordinatasi, markaziy og‘irlik nuqtasining vertikal tebranishining diapazon ko‘rsatkichlarini maxsus mashqlar mexanizmidan yillik tayyorgarlik davrida foydalanish hisobiga hujum harakatlari takomillashtirilgan;
malakali gandbolchi talabalarning to‘p bilan va to‘psiz bajariladigan texnik harakatlarini rivojlantirish maqsadida o‘ng va chap qo‘llarni tepaga-orqaga ko‘tarish, tizzalarni bukib yozish, maksimal burchak tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar kompleksini texnik-taktik tayyorgarlik jarayonlarida foydalanish hisobiga malakali ganbolchilarning darvozaga to‘p otish texnikasi takomillashtirilgan;
malakali gandbolchilarning musobaqa faoliyati natijadorligini yaxshilash uchun tayanib darvozaga to‘p otish hujum texnikasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘yinlarni musobaqaoldi tayyorgarlik davrida qo‘llash hisobiga to‘p otish tezligi oshirilgan;
malakali gandbolchi talabalarning texnik harakatlarini bajarish vaqtida maksimal burchak tezligi, gavdaning yuqori va pastki qismlarining kinematik ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali gandbolchilarning texnik harakatlarining kinematik modelini o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy qismida qo‘llash hisobiga chap orqa ampluasi o‘yinchilarining harakat faolligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. malakali gandbolchi talabalarning kinematik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda tayanib va sakrab darvozaga to‘p otish hujum texnikasini takomillashtirishdan yuzasidan erishilgan samarali natijalarni hisobga olish va tahlili asosida:
malakali gandbolchi talabalarning sakrab darvozaga to‘p otish texnikasi samaradorligini oshirish uchun oyoqlarning harkatlanish masofasi, o‘ng-chap oyoq panjalarining erga tegishdagi X koordinatasi, markaziy og‘irlik nuqtasining vertikal tebranishining diapazon ko‘rsatkichlarini maxsus mashqlar mexanizmi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti gandbolchi talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 18-dekabrdagi 03-16/12991-son ma’lumotnomasi). Natijada, gandbolchilarning sakrab darvozaga to‘p otish jarayonidagi og‘irlik markazining vertikal tebranishi 18,62 % ga oshgan;
malakali gandbolchi talabalarning to‘p bilan va to‘psiz bajariladigan texnik harakatlarini rivojlantirish maqsadida o‘ng va chap qo‘llarni tepaga-orqaga ko‘tarish, tizzalarni bukib yozish, maksimal burchak tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar kompleksi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali gandbolchi talabalarining texnik-taktik tayyorgarlik jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 18-dekabrdagi 03-16/12991-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayangan holda darvozaga to‘p otish texnik harakatlari davomida chap oyoqning erga tayanish masofasini sagittal o‘qqa nisbatan 11,56% ga oshirish orqali darvozaga to‘p otish texnik harakatlari samaradorligi oshirilgan;
malakali gandbolchilarning musobaqa faoliyati natijadorligini yaxshilash uchun tayanib darvozaga to‘p otish hujum texnikasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘yinlarni musobaqaoldi tayyorgarlik davrida qo‘llash bo‘yicha takilflar Namangan davlat universitetining gandbolchi talabalarining mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 18-dekabrdagi 03-16/12991-son ma’lumotnomasi). Natijada, gandbolchilar hujum texnik harakatlarining 3D tahliliga asoslangan holda tayanib va sakrab darvozaga to‘p otish texnik harakatlarining kinemtik ko‘rsatkichlari o‘ng oyoqning depsinish “X” koordinatasi 5,12% ga yaxshilangan;
malakali gandbolchi talabalarning texnik harakatlarini bajarish vaqtida maksimal burchak tezligi, gavdaning yuqori va pastki qismlarining kinematik ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali gandbolchilarning texnik harakatlarining kinematik modeli O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining gandbolchi talabalarining o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 18-dekabrdagi 03-16/12991-son ma’lumotnomasi). Natijada, gandbolchilar tananing yuqori qismlarining kinemtik ko‘rsatkichlari, o‘ng qo‘lni vertikal holatda “Z” o‘qi bo‘ylab maksimal ko‘tarish burchagi 15,42% ga yaxshilangan.