Turaev Farxod Rustamovichning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali dzyudochilarning yillik tayyorgarlik sikllari yuklamalarini optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10499.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Murod Arslanovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Karabeynikov Georgiy Valerovich biologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Farrux Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali dzyudochilarning yillik tayyorgarlik yuklamalarini optimal rejalashtirish orqali musobaqa natijalarini oshirishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori malakali dzyudochilarning tayyorgarlik davridagi mashg‘ulot jarayonlari samarali tashkil etish maqsadida texnik-taktik harakatlarni bajarish uchun maksimal yaqinlashtirilgan, yuqori intensivlikka ega mashqlardan foydalanish hisobiga texnik harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
yuqori malakali dzyudochilarning makrotsikllardagi tayyorgarlik jarayonlarini optimal rejalashtirishga qaratilgan, kalendar rejalarda belgilangan musobaqa raqobatdoshligini inobatga olgan holda davrlarda funksional barqarorlikni ta’minlovchi maxsus tayyorgarlik mashqlar dasturidan foydalanish hisobiga murakkab texnik harakatlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yuqori malakali dzyudochilarning vazn toifalari bo‘yicha individual xususiyatlari, texnik imkoniyatlarini tahlil qilgan holda musobaqa faoliyatida yuqori samaradorlik ko‘rsatuvchi klasifikatsiyasida belgilangan texnik-taktik harakatlarni amaliy mashg‘ulotlarga moslashtirish hisobiga hujum harakatlarini samarali yakunlash darajasi oshirilgan;
yuqori malakali dzyudochilarning musobaqa faoliyatida taktik harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida tik va parter holatidagi bajariladigan taktik harakatlarni mezzo-, mikro sikllardagi mashg‘ulot jarayonlari yuklamalarini ratsion taqsimlash orqali musobaqa faoliyatida murakkab taktik harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali dzyudochilarning yillik tayyorgarlik yuklamalarini optimal rejalashtirish orqali musobaqa natijalarini oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
yuqori malakali dzyudochilarning tayyorgarlik davridagi mashg‘ulot jarayonlari samarali tashkil etish maqsadida texnik-taktik harakatlarni bajarish uchun maksimal yaqinlashtirilgan, yuqori intensivlikka ega mashqlardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Dzyudo Federasiyasi bazasida shug‘ullanuvchi yoshlar terma jamoasi dzyudochilarning o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-iyuldagi 
02-16/7836-son ma’lumotnoma). Natijasida, jismoniy tayyorgarlik 13-15,0 % ga oshirishga erishilgan;
yuqori malakali dzyudochilarning makrotsikllardagi tayyorgarlik jarayonlarini optimal rejalashtirishga qaratilgan, kalendar rejalarda belgilangan musobaqa raqobatdoshligini inobatga olgan holda davrlarda funksional barqarorlikni ta’minlovchi maxsus tayyorgarlik mashqlar dasturi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash mazkazi o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-iyuldagi 
02-16/7836-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik-taktik tayyorgarligi 12,3 % yaxshilangan;
yuqori malakali dzyudochilarning vazn toifalari bo‘yicha individual xususiyatlari, texnik imkoniyatlarini tahlil qilgan holda musobaqa faoliyatida yuqori samaradorlik ko‘rsatuvchi klasifikatsiyasida belgilan texnik-taktik harakatlarni amaliy mashg‘ulotlarga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash mazkazi o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-iyuldagi 
02-16/7836-son ma’lumotnomasi). Natijada, hujum harakatlarini bajarish 15,7 % ga o‘sgan;
yuqori malakali dzyudochilarning musobaqa faoliyatida taktik harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida tik va parter holatidagi bajariladigan taktik harakatlarni mezzo-, mikro sikllardagi mashg‘ulot jarayonlari yuklamalarini ratsion taqsimlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash mazkazi o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-iyuldagi 02-16/7836-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston chempionati, kubogi va xalqaro musobaqalarda faxrli o‘rinlar egallangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish