Orunbaev Azamatning Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Talabalarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini oshirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8885
Ilmiy rahbar: Abdullaev Mehriddin Junaydullaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Masharipov Farxod To‘raxonovich; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti Turkmenov Farrux Nuriddinovich
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy talim muassasalari jismoniy madaniyat va sport o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida talabalar jismoniy hamda psixologik holatinini rivojlantirish usullarini takomillashtirish va amaliyotda joriy etish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Oliy ta’lim muassasalari talabalarning harakat tayyorgarligini (Koordinatsiya mashqlari, “Muvozanat mashqi” “O‘yinli koordinatsiya”, Tezkorlik mashqlari “Start-stop” mashqi, “Reaksiya o‘yini”, Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar “Press mashqi”, “Og‘irlik bilan o‘tirib-turish”, Chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlar “Estafeta yugurish”, “Sakrashlar majmuasi”, Moslashuvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar “Kobra” holati, “Butterfly” holati) rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmuasini qo‘llash hisobiga talabalarni jismoniy sifatlarni takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarning jismoniy va psixologik tayyorgarliklarini oshirish, faollik darajasini yuqori holatda ushlab turish, ortiqcha charchash va zo‘riqishning oldini olishga qaratilgan modeli tarkibiga modal xususiyatlar (dam olish – zo‘riqish, motivatsiya – charchash, emotsional ko‘tarinkilik – tormozlanish)ning xilma-xilligi bo‘limini kiritish hisobiga ularning mashg‘ulotlarni oson o‘zlashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
talabalarda jismoniy, psixologik va fiziologik holatni uyg‘un rivojlantirish orqali ularning o‘quv, sport va ijtimoiy faoliyatga tayyorligini oshirish, stressga bardoshlilik, diqqat, reaksiya tezligi, iroda va motivatsiyani shakllantirishga qaratilgan dasturni takomillashtirish hisobiga talabalar psixofiziologik tayyorgarligini tizimli shakllantirish imkoniyatlari oshirilgan;
jismoniy tarbiya va sport darslari jarayoniga jismoniy moslashuv testlarini (Vertikal sakrash testi, Reaktiv chaqqonlik testi, Burpi testi, Hexagon chaqqonlik testi, Y muvozanat testi) kiritish hisobiga turli tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan talabalar uchun individual yuklamalarga moslashish imkoniyati va mashg‘ulot samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalaridan jismoniy va psixologik tayyorgarligini oshirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarning harakat tayyorgarligini (Koordinatsiyani rivojlantiruvchi mashqlar, “Muvozanat mashqi” “O‘yinli koordinatsiya”, Tezkorlikni rivojlantiruvchi mashqlar “Start-stop” mashqi, “Reaksiya o‘yini”, Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar “Press mashqi”, “Og‘irlik bilan o‘tirib-turish”, Chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlar “Estafeta yugurish”, “Sakrashlar majmuasi”, Moslashuvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar “Kobra” holati, “Butterfly” holati) rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar oliy ta’lim muassasasi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 3-apreldagi 02/01-01-108-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘g‘il bolalarda: tezlik sifati 16% ga, chaqqonlik sifati 19% ga, qiz bolalarning chidamlilik sifati 19% ga, kuch sifati 16% ga oshishga erishildi;
talabalarning jismoniy va psixologik tayyorgarliklarini oshirish, faollik darajasini yuqori holatda ushlab turish, ortiqcha charchash va zo‘riqishning oldini olishga qaratilgan modeli tarkibiga modal xususiyatlar (dam olish – zo‘riqish, motivatsiya – charchash, emotsional ko‘tarinkilik – tormozlanish)ning xilma-xilligi bo‘limini kiritish bo‘yicha takliflar “Jismoniy tarbiya va sport” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 26-yanvardagi 11-son buyrug‘iga asosan 25-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarning fanni o‘zlashtirish darajasi 20% ga, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga bo‘lgan motivatsiya esa 25% ga ortdi;
talabalarda jismoniy, psixologik va fiziologik holatni uyg‘un rivojlantirish orqali ularning o‘quv, sport va ijtimoiy faoliyatga tayyorligini oshirish, stressga bardoshlilik, diqqat, reaksiya tezligi, iroda va motivatsiyani shakllantirishga qaratilgan dasturni takomillashtirish bo‘yicha takliflar oliy ta’lim muassasasi jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 3-apreldagi 02/01-01-108-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga bo‘lgan motivatsiya 24 % ga oshgani aniqlandi;
jismoniy tarbiya va sport darslari jarayoniga jismoniy moslashuv testlarini (Vertikal sakrash testi, Reaktiv chaqqonlik testi, Burpi testi, Hexagon chaqqonlik testi, Y muvozanat testi) kiritish bo‘yicha takliflar oliy ta’lim muassasasi jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 3-apreldagi 02/01-01-108-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tezlik sifati 15% ga, chaqqonlik sifati 17% ga, chidamlilik sifati 18% ga, jismoniy tarbiya mashg‘ulotiga bo‘lgan motivatsiyasi 24% ga o‘sishiga erishilgan.