Xamroev Behruz Xalimovichning Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sport o‘yinlarining tarixiy genezisi va zamonaviy takomillashuvidagi ahamiyati” 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9902 
Ilmiy rahbar: Sattorov Anvar Ergashovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10. 
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xaydarov Baxtiyor Tojievich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport o‘yinlari tarixiy genezisi va zamonaviy takomillashuvidagi ahamiyatiga oid manbaviy, ilmiy va davriy ma’lumotlar asosida jismoniy tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tafsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sport poetik-kategoriyasining asosiy bosqichi hisoblangan etnografik folklor namunalari, sport o‘yinlarining paydo bo‘lish tarixi va shakllanishining dastlabki elementlari xususidagi fikrlar arxeologik makonlar, ashyoviy elementlar va an’analari asosida qadimiy asarlarni idrok etish va tasavvur qilishning pedagogik-psixologik hamda sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mobil ilovali elektron darslikni o‘qitish hisobiga oliy ta’lim muassasalari talabalarining zamonaviy sport turlari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan majburiy hamda tanlov fanlarni o‘qitishda zamonaviy ishlanma va metodikalarni (sport texnologik jihozlar: GPS-trekerlar (harakat masofasi va intensivligini aniqlash), smart sensorlar, sport zalida interaktiv doskalar, harakatni aniqlovchi kameralar((Motion Capture Systems), ko‘p funksiyali trenajyorlar) qo‘llash va ta’lim jarayoni samaradorligini takomillashtirishga xizmat qiladigan o‘qitishning didaktik modelini qo‘llash hisobiga mutaxasislik fanlarni o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompitentligiga xizmat qiluvchi ko‘nikmalar mexanizmini o‘zida birlashtirgan o‘quv-tarbiya va zamonaviy sport o‘yinlari infratuzilmasi bilan didaktik funksiyalar o‘zida mujassamlashtirgan innovatsion va integratsion modeli asosida talabalarda sport o‘yinlari faniga nisbatan ijodiy faoliyatni ta’minlovchi motivatsion ijodiy faollik kompetensiyalarini oshirishga erishilgan;
sportning turlanishi, amaliy, nazariy, sport o‘yinlarning uyg‘unlashuvi, davrlar o‘tishi bilan taraqqiyot bosqichlarining turkumlanish jarayonlari ilmiy jihatdan taqqoslash, antik sportning zamon muhitiga moslashuvchanligi, inson omili ta’siri natijasida uning mazmun, mohiyati rivojlanishi bosqichlari, zamonaviy sport o‘yinlari takomillashuvidagi ahamiyatini tarixiy va pedagogik ildizlarini ilmiy yondashuv orqali shakllanganligini baholashning diagnostik tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. sport poetik-kategoriyasining asosiy bosqichi hisoblangan etnografik folklor namunalari, sport o‘yinlarining paydo bo‘lish tarixi va shakllanishining dastlabki elementlari xususidagi fikrlar arxeologik makonlar, ashyoviy elementlar va an’analari asosida qadimiy asarlarni idrok etish va tasavvur qilishning pedagogik-psixologik hamda sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mobil ilovali elektron darslikni Jismoniy tarbiya va sport o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-0704 raqamli guvohnoma). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarining zamonaviy sport turlari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan majburiy hamda tanlov fanlarni o‘qitishda zamonaviy ishlanma va metodikalarni (sport texnologik jihozlar: GPS-trekerlar (harakat masofasi va intensivligini aniqlash), smart sensorlar, sport zalida interaktiv doskalar, harakatni aniqlovchi kameralar((Motion Capture Systems), ko‘p funksiyali trenajyorlar) qo‘llash va ta’lim jarayoni samaradorligini takomillashtirishga xizmat qiladigan o‘qitishning didaktik modelini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27 fevraldagi 02/01-01-77 son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxasislik fanlarni o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari 17-18 % ga oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompitentligiga xizmat qiluvchi ko‘nikmalar mexanizmini o‘zida birlashtirgan o‘quv-tarbiya va zamonaviy sport o‘yinlari infratuzilmasi bilan didaktik funksiyalar o‘zida mujassamlashtirgan innovatsion va integratsion modeli oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27 fevraldagi 02/01-01-77 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda sport o‘yinlari faniga nisbatan ijodiy faoliyatni ta’minlovchi motivatsion prosessual refleksiya faoliyati 16-18 % ga oshirilgan;
sportning turlanishi, amaliy, nazariy, sport o‘yinlarning uyg‘unlashuvi, davrlar o‘tishi bilan taraqqiyot bosqichlarining turkumlanish jarayonlari ilmiy jihatdan taqqoslash, antik sportning zamon muhitiga moslashuvchanligi, inson omili ta’siri natijasida uning mazmun, mohiyati rivojlanishi bosqichlari, zamonaviy sport o‘yinlari takomillashuvidagi ahamiyatini tarixiy va pedagogik ildizlarini ilmiy yondashuv orqali shakllanganligini baholashning diagnostik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sport o‘yinlarini o‘qitish metodikasi mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27 fevraldagi 02/01-01-77 son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasi talabalarining sport o‘yinlari fanini o‘zlashtirishi 12-14 % oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish