Boltaev Navfal Sodiq o‘g‘li
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
     Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Radioboshlovchi kompitensiyasi: professionalism va mahorat masalalari (“O‘zbekiston-24”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Vodiy sadosi” va “Oriat dono” radiokanallari misolida)”
10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.PhD/Fil4265  
Ilmiy rahbar: Perhan Allambergenova Kudaybergenovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Klimentina Fuzailovna, filologiya fanlari doktori, professor.   Hamdamov Yusuf Qudratovich, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Davlat va xususiy radiokanallarda faoliyat yuritayotgan boshlovchilarning ixtisoslashuvi, kompetentlik va kommunikativ qobiliyatlarini chuqur tahlil qilish, ularning nutq madaniyati, ta’sirchanlik darajasi, auditoriya bilan muloqot o‘rnatish ko‘nikmalari va mediamuhitga moslashish strategiyalarini ilmiy-amaliy jihatdan aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
-  O‘zbekistonda radioboshlovchilikning shakllanishi va rivojlanishi to‘rt bosqichda tizimli, xronologik tarzda tahlil qilinib, evolyusiyasi, transformatsiyasi, professional kompetensiyalarining dinamik va tadrijiy o‘zgarishlari dalillangan; 
- radioboshlovchilikning adabiy til me’yorlariga, ijtimoiy muloqot madaniyatiga, axborot xavfsizligini saqlashga, kommunikativ va psixologik qobiliyatlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan innovatsion-amaliy modeli ishlab chiqilgan;
- kasbiy ixtisoslashuvni zamonaviy raqamli mediamuhitda samarali amalga oshirish uchun “platforma-mazmun-auditoriya” formulasi asosida axborot tayyorlash, uzatish va qabul qilish bosqichlarining funksional bog‘langan integratsialashgan tizimi yaratilgan;
- “interpersonal-psixologik aloqalar” konsepsiyasining shakllanishi, uning boshlovchi hamda tinglovchining psixologik holatiga ta’sirini o‘rganish orqali  emotsional-psixologik  algoritmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Radioboshlovchi  kompetensiyasiga oid professionalizm va mahorat masalalarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
radioboshlovchilikning adabiy til me’yorlariga rioya qilish, ijtimoiy muloqot madaniyatini shakllantirish, shaxsiy va psixologik barqarorlikni saqlash, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda kommunikativ va psixologik qobiliyatlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan zamonaviy modeldan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi boshlovchilari ish jarayonida foydalanilgan. (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-avgustdagi № 05-6/112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlovchilarning nutq madaniyati sezilarli darajada takomillashgan, efirni ishonchli va ta’sirchan olib borish mahorati yanada professionallashgan, oshgan, tinglovchilar auditoriyasining kengayishi kuzatilgan;
boshlovchi hamda tinglovchi muloqotida “interpersonal-psixologik aloqalar” konsepsiyasining shakllanishi haqidagi xulosa va takliflardan “Nukus FM” radioboshlovchilarining amaliy faoliyatida foydalanilgan. (“NUKUS-SAYaHAT” MChJning 2024-yil 25-dekabrdagi № 01/02-139-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlovchilarning axborotni shaxsiylashtirish asosida taqdim etish mahorati, tinglovchini psixologik jihatdan his eta olish qobiliyati, shuningdek, aloqaning mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi samimiylik va ishonchlilik darajasi sezilarli oshgan;
 O‘zbekistonda radioboshlovchilikning shakllanishi va rivojlanishi to‘rt bosqichda tizimli, xronologik tarzda tahlil qilinib, transformatsiyasi, professional kompetensiyalari evolyusiyasiga oid dalillangan xulosalar O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasininng davlat va xususiy radiolar boshlovchilarning mahoratini oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasining 2024-yil 27-dekabrdagi №02-18/424-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlovchilarning kommunikativ strategiyalari va nutqiy taktikalari yanada aniqlikka ega bo‘lgan, professional ish yuritish standartlari bo‘yicha ko‘nikmalari sezilarli darajada oshgan; 
zamonaviy mediamuhitda kasbiy ixtisoslashuvni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqilgan “platforma–mazmun–auditoriya” formulasi doirasida raqamli muhitda axborotni ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish bosqichlarining funksional bog‘langan integratsiyalashgan tizimidan “Yangi media” ta’lim markazi tomonidan o‘tkazilayotgan seminar va treninglarda foydalanilgan. (“Yangi media” ta’lim markazi xususiy notijorat tashkilotining 2025-yil 7-yanvardagi №24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yondashuv radioboshlovchilarning kasbiy raqobatbardoshligini oshirish, ularning axborot etkazish madaniyatini shakllantirish, kommunikativ salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy media muhitiga moslashuvchanlik darajasini kuchaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish