Murtazaeva Umida Isakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Umumiy pedagogika” fanini o‘qitish misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped3394
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqmli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:
Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Fayzieva Mahbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc) pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul tizimi sharoitida o‘quv-tadqiqot kompetensiyalari mazmuni talabalarning axboriy-perspektiv va raqamli-analitik qobiliyatlarini rivojlantirishga olib keladigan kognitiv-kreativ, kommunikativ-refleksiv, tadqiqot-motivatsion, ilmiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish asosida aniqlashtirilgan;
“Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi generativ sun’iy intellekt vositalari bilan integratsiyalash orqali mustaqil ta’limni tashkil etishni ta’minlashda pedagogik muammolar yuzasidan pragmatik disput, transformativ debatlar va P2P (Peer-to-Peer) interfaol usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning “Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish modelining texnologik komponenti mustaqil ta’limni produktivligini ta’minlab beruvchi “general_ped.uz” mobil ilovasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
“Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha talabalarning o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari kreativ, produktiv, progressiv mezonlarini aniqlashga yo‘naltirilgan formativ va multiaspektli turlari bo‘yicha o‘zlashtirish darajalariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kredit-modul tizimi sharoitida o‘quv-tadqiqot kompetensiyalari mazmuni talabalarning axboriy-perspektiv va raqamli-analitik qobiliyatlarini rivojlantirishga olib keladigan kognitiv-kreativ, kommunikativ-refleksiv, tadqiqot-motivatsion, ilmiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish asosida aniqlashtirilganga doir tavsiyalar 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 25-noyabrdagi №04/11-11638-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish orqali ularning amaliy ko‘nikmalarni shakllantirilgan va o‘zlashtirish darajasi oshgan.
“Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi generativ sun’iy intellekt vositalari bilan integratsiyalash orqali mustaqil ta’limni tashkil etishni ta’minlashda pedagogik muammolar yuzasidan pragmatik disput, transformativ debatlar va P2P (Peer-to-Peer) interfaol usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilganga doir tavsiyalar “Ilmiy ta’lim” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 31-avgustdagi 89-06-87-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kredit-modul ta’lim tizimi sharoitida talabalarining o‘quv-tadqiqot kompetensiyalari rivojlanishi bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minoti boyitilgan;
talabalarning “Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish modelining texnologik komponenti mustaqil ta’limni produktivligini ta’minlab beruvchi “general_ped.uz” mobil ilovasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilganga oid tavsiyalaridan 2019-2022-yillarga mo‘ljallangan AIF-2/13 raqamli “O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning faoliyatini baholash” mavzusidagi jahon banki loyihasini bajarishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 25-noyabrdagi №10-6316-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Umumiy pedagogika” kursini o‘qitishda dasturiy ta’minoti boyitilgan va ta’lim sifati oshgan.
“Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha talabalarning o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari kreativ, produktiv, progressiv mezonlarini aniqlashga yo‘naltirilgan formativ va multiaspektli turlari bo‘yicha o‘zlashtirish darajalariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilganga oid tavsiyalari 2019-2022-yillarga mo‘ljallangan AIF-2/13 raqamli “O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning faoliyatini baholash” mavzusidagi jahon banki loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 25-noyabrdagi №10-6316-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning fanlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy ta’minoti boyitilgan.