Xolmurodov Dilmurod Sobir o‘g‘li
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fundamentallashtirish tamoyili asosida texnologiya fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped5235 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Tursunov Kaxor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent. Yo‘ldoshev Sodiq Norchaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi fundamentallashtirish tamoyili asosida texnologiya fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar texnologik faoliyatining mazmuni oliy ta’lim tizimida texnologik fanlarni o‘qitishga doir ilmiy manbalar va metodik ta’minotni tahlil qilish asosida faoliyatning nazariy va amaliy texnologiyalashtirish yo‘nalishlari kasbiy tanlov hamda strategiyani to‘g‘ri amalga oshirish, transformatsion faoliyatning optimal usullarini tanlash kabi komponentlarini raqamlashtirish muhitiga modifikatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
materialshunoslik va konstruksion materiallar fanini o‘qitishdagi fundamentallashtirish tamoyilining innovatsion talqini texnologik fanlarni o‘qitish jarayonini ilmiy-texnik nazariyaning “asos – yadro – yadro – talqin” modeli asosida transformatsiya qilish hamda oliy texnologik ta’limni fundamentallashtirish konsepsiyasini tatbiq etish orqali asoslab berilgan;
texnologik ta’lim fanlarini o‘qish jarayonining funksional modeli materialshunoslik va konstruksion materiallar fanini o‘qitishning tayyorgarlik, ta’lim berish hamda nazorat bosqichlarida shaxsiy, kognitiv va faoliyat komponentlarini texnologik jarayonlar transformatsiyasiga tayyorlash metodikasini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishi mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi jamoa faoliyati orqali o‘qitish texnologiyalari, individual ta’lim texnologiyalari va kouching strategiya usullarini fundamentallashtirish tamoyili asosida Materialshunoslik va konstruksion materiallari fanini o‘qitishga doir integrativ dastur mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilishi.
Fundamentallashtirish tamoyili asosida texnologiya fanlarini, jumladan talabalarga materialshunoslik va konstruksion materiallar fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
Oliy ta’lim tizimida texnologiya fanlarini o‘qitishga doir ilmiy manbalar va metodik ta’minotni, fundamentallashtirish tamoyili mazmuni va uni texnologiya fanlarini o‘qitish jarayoniga tatbiqini tahlili, fundamentallashtirish tamoyili asosida texnologik ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasining takomillashtirilgan modeli hamda texnologiya fanlarini fundamentallashtirish tamoyili asosida o‘qitishning takomillashtirilgan metodikasini ishlab chiqish va pedagogik eksperiment davomida samaradorligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 500-557-sonli guvohnomaga muvofiq “Materialshunoslik” darsligi nashr qilingan hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan olingan № DGU 14074 –sonli guvohnomaga muvofiq “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi” fanidan elektron darslik ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya ishida keltirilgan “Fundamentallashtrish tamoyili asosida talabalarga o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish”ga doir takliflari “60112300 – Texnologik ta’lim” yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan. Shuningdek, Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti va Jizzax davlat pedagogika universitetidan tajriba-sinov o‘tkazilganligi haqida dalolatlar olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalari Vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan 2025-yil 30-aprelda berilgan 02/01-01-154-sonli ma’lumotnoma). Natijada, texnologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagoglarni tayyorlash jarayoni mazmunan innovatsion texnologiyalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan.