Jalilov Shoxjahon Xolbozor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda vino(eno) turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, 08.00.04 - Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4231.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Mahbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nosirov Bahodirjon Zokirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq hududlarida vinoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«vino turizmi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni oddiy sayohat emas, balki tajribalarni birlashtiruvchi, (gastronomik, etnografik, agro turizm, ommaviy tadbir turlari bilan bog‘liq bo‘lgan) ekologik hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlarini rivojlantirish samaradorligini oshirish jarayonini ifodalaydigan faoliyat nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Toshkent viloyatida vinoturizmni rivojlantirish bo‘yicha, jumladan fermerlarning yillik daromadini vinoturizmga ko‘ra oshirish, sayyohlik agentliklari va fermerlar aloqalarini chuqur integratsiyalash, vinoturizm mavsumiga mos agrar tadbirlarni tashkil etish asoslangan hamda fermer vinoturizm samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni “Logistic regression model” ga ko‘ra aniqlash takomillashtirilgan;
qishloq hududlarida etishtirilgan ekologik toza mahsulotlardan tayyorlanadigan mahsulotlardan taomlar tayyorlashda vinoturistlar bevosita ishtiroki bo‘yicha “Vinariyaga ekskursiya” jahon amaliyoti, qishloq tarixiy landshaftlari va milliy bayramlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
mintaqa turistik resurslaridan samarali foydalanish va vinoturizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha “Toshkentga sayohat” turistik marshurit (etnografik turizm, eko-agroturizm, madaniy turizm, gastronomik turizm va vinoturizm) tashkil qilish va ushbu marshuritga innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan vinochilik firmalari va ko‘p tarmoqli ilg‘or fermer xo‘jaliklarini kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq hududlarida vinoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish asosida:
qishloq hududlarida vino turizm oddiy sayohat emas, balki tajribalarni birlashtiruvchi, (gastronomik, etnografik, agro turizm, ommaviy tadbir turlari bilan bog‘liq bo‘lgan) ekologik hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlarini rivojlantirish samaradorligini oshirish jarayonini joriy etishga ko‘ra tashrif buyuruvchilarni ekologik sayohat turlariga maqsadli marshuritlar bo‘yicha keng jalb qilishni tizimli tashkil qilish va vinotur, erkin yoki imtiyozli gidlarni joriy qilish kabilarning iqsiodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tavsiyalar “Turizmni rivojlantirishda agrar tadbirlarni tashkil etish”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 
30-iyundagi 06/26-4-06/970-sonli va Parkent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limining 
2025-yil 25-iyundagi № 01/151-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi maqsadli ekomarshurutlarni tashkil qilishga ko‘ra vinoturistlar sonining ko‘payishi va xizmat ko‘rastish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
Toshkent viloyatida vinoturizmni rivojlantirish bo‘yicha, jumladan fermerlarning yillik daromadini vinoturizmga ko‘ra oshirish, sayyohlik agentliklari va fermerlar aloqalarini chuqur integratsiyalash, vinoturizm mavsumiga mos agrar tadbirlarni tashkil etish asoslangan hamda fermer  vinoturizm samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni (“Logistic regression model”) ko‘ra aniqlash kabi takliflar “Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 06/26-4-06/970-sonli va Parkent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limining 2025-yil 25-iyundagi № 01/151-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida vinoturistlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq ichki imkoniyatlar aniqlangan va ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
qishloq hududlarida etishtirilgan ekologik toza mahsulotlardan tayyorlanadigan mahsulotlardan taomlar tayyorlashda vinoturistlar bevosita ishtiroki bo‘yicha “Vinariyaga ekskursiya” jahon amaliyoti, qishloq tarixiy landshaftlari va milliy bayramlarga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif “Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 06/26-4-06/970-sonli va Parkent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limining 2025-yil 25-iyundagi № 01/151-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi qishloq hududlariga vinoturistlar tashrifining ko‘payishi, vinoturistlarning qo‘shimcha talabini qondirish, tarixiy landshaftlar va milliy bayramlar mohiyatini targ‘ib qilish, vinoturizm samaradorligini oshirish va fermer xo‘jaliklarining qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilgan;
mintaqa turistik resurslaridan samarali foydalanish va vinoturizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha “Toshkentga sayohat” turistik marshuriti (etnografik turizm, ekoturizm, gastronomik turizm va vinoturizm) va ushbu marshurutga innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan ko‘p tarmoqli ilg‘or fermer xo‘jaliklarini kiritish bo‘yicha taklif Toshkent viloyati “Parkent tumanining turizm va qishloq xo‘jaligi salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 06/26-4-06/970-sonli va Parkent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limining 2025-yil 25-iyundagi № 01/151-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi mintaqa fermer xo‘jaliklari faoliyatini vinoturizm orqali diversifikatsiyalash va vinoturizmni rivojlantirishga, qishloqlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va vinoturistlar sonini ko‘paytirishga, vinoturizm faoliyati bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to‘la foydalanishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish