Ro‘ziev Furqat Ro‘zievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
Bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslik fanlardan o‘zlashtirish natijalarini baholash metodikasini takomillashtirish, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1081.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergashev Bobirjon Boxodirovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslik fanlardan o‘zlashtirish natijalarini baholash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirish natijalarini baholashning pedagogik shart-sharoitlari ta’limni standartlashtirishning o‘ziga xos jihatlarini, kasbiy kompetensiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini va baholash jarayonining ko‘p qirraliligi e’tiborga olgan holda kvalimetrik yondashuvni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish bosqichlari mazmuni talabalarning qiziqish va materialni mustaqil topa olish qobiliyatini hosil qilish, o‘z-o‘zini baholash ketma-ketligini mustaqil tanlash va amalga oshirish ko‘nikmasini hosil qilish va kompetentli yondashuv nuqtai nazaridan baholash topshiriqlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ixtisoslik fanlaridan o‘zlashtirish natijalarini baholash metodikasi o‘zlashtirish natijalarini baholash materiallarini tanlash, kop funksiyali topshiriqlar tizimini ishlab chiqish hamda “Operativ xotira”, “Raqamli xotira — ko‘rish metodikasi”, “Raqamli xotira — eshitish”, “Tasvirli xotira” va “Myunsterberg” metodikasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslik fanlardan o‘zlashtirish natijalarini baholashning metodik modeli talabalarning ixtisoslashtirilgan fanlardan o‘zlashtirish natijalarini dastlabki, asosiy, va yakuniy baholash bosqichlari hamda o‘z bilim, ko‘nikmalarini va olingan qarorni baholash qobiliyatini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslik fanlardan o‘zlashtirish natijalarini baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslashtirilgan fanlarni o‘zlashtirish natijalarini baholashning pedagogik shart-sharoitlariga oid taklif va tavsiyalari “O‘quv jarayoniga ta’limning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i). Mazkur o‘quv qo‘llanma ta’lim muassasalarida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni ta’minlashga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ixtisoslik fanlaridan o‘zlashtirish natijalarini baholash metodikasi hamda “Operativ xotira”, “Raqamli xotira — ko‘rish metodikasi”, “Raqamli xotira — eshitish”, “Tasvirli xotira” va Myunsterberg metodikasi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” elektron didaktik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-oktyabrdagi № 4/17-3006-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorlashda mutaxassislik fanlarini o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda talabalarning ixtisoslashtirilgan fanlardan o‘zlashtirish natijalarini baholash metodikasiga oid tavsiyalari “60720900-Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslik fanlarini o‘qitish natijalarini baholash va monitoring qilish jarayonida qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-oktyabrdagi № 4/17-3006-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini baholashning metodik tizimi takomillashtirilgan.