Ismailov Akmal Aslanbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gal`vanik va yog‘ochni qayta ishlash korxonalari chiqindilarini qo‘llab magnit xossali yangi sorbsiyalovchi materiallar ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K840.
Ilmiy rahbar: Nurullaev Shavkat Payzievich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/08.05.2025.K/T.130.04.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldosheva Shahnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Boymatov Ismoiljon Mamatqulovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gal`vanik sanoat va yog‘ochni qayta ishlash korxonalari chiqindilari hamda mahalliy xom ashyolar asosida kompozision tarkibli, magnit xususiyatga ega bo‘lgan yangi sorbsiyalovchi materiallarni ishlab chiqish va ularning fizik-kolloid xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gal`vanik va yog‘ochni qayta ishlash sanoati korxonalari chiqindilarini NaOH ishtirokida FeSO4·7H2O bilan ferritlashning 70-80ºC dagi optimal harorat qiymati aniqlangan va u orqali MenFe3-n(OH)6 formulaga ega bo‘lgan, magnit xossani namoyon qiluvchi kompozision tarkibli sorbsiyalovchi materialni olish jarayoni ilmiy asoslangan;
ishlab chiqilgan yangi kompozision tarkibli sorbentlar bilan og‘ir metall ionlarini adsorbsiyalanish jarayonining termodinamik kattaliklari (ΔH, ΔS, ΔG) 20-45ºC harorat oralig‘ida hisoblanib, neytral va kislotali muhitlar uchun ΔG ni manfiy qiymati bo‘yicha ularni tozalash jarayoni o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishi isbotlangan;
yangi turdagi magnit xossali adsorbentning Ni2+, Cu2+, Cr6+ va Zn2+ ionlariga nisbatan ΔH, ΔS, ΔG kabi termodinamik kattaliklar kislotali, neytral va ishqoriy muhitlarda olingan natijalarning manfiy ishoralaridan o‘zgarishidan kelib chiqqan holda, sorbsiya jarayonining ekzotermik ekanligi ochib berilgan;
yangi adsorbentning neft` mahsulotlarini sorbsiyalash jarayoni kinetikasi va termodinamik kattaliklariga ko‘ra, jarayon fizikaviy adsorbsiyalanish turiga mansubligi xamda tashqi diffuziya mexanizmi buyicha borishi ochib berilgan hamda adsorbsiyalanish izotermalari Dubinin-Radushkevich modeliga ko‘ra amalga oshishi isbotlangan;
yog‘och chiqindilarini modifikatsiyalash orqali sorbsiyalovchi materiallarning solishtirma sirt maydonini oshirish va ularni gidrofillik qobiliyatini pasaytirish natijasida oqova va tabiiy suv resurslarini og‘ir metallar ionlari hamda neft mahsulotlaridan tozalash samaradorligini yaxshilash mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gal`vanik ishlab chiqarish sanoati va yog‘ochni qayta ishlash korxonalaridan foydalanib yaratilgan magnit xususiyatli KTSMlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi ishlab chiqilgan magnit xossali kompozision tarkibli sorbentlar “Jizzaxsuvta’minot” AJ tasarrufidagi Baxmal, G‘allaorol, Qo‘ytosh hududlaridagi korxonalarining sanoat oqova suvlaridagi qo‘shimchalardan tozalashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zsuvta’minot AJning 2025 yil 25 sentyabrdagi 5/39-4701-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatilgan hududlardagi oqova suvlar tarkibidagi mavjud ionlaring ko‘rsatkichlariga ko‘ra suv resurslarini davlat standartlari tomonidan ruxsat etilgan miqdorlargacha keltirish imkonini bergan;
magnit xossali, kompozision tarkibli yangi sorbentlar “Marjonbuloq” konining “Jizzax suv ta’minoti” AJ tasarrufidagi 4- va 5-nazorat guruhlari korxonalarining oqava suvlaridagi qo‘shimchalardan tozalashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zsuvta’minot AJning 2025 yil 25 sentyabrdagi 5/39-4701-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ishlanmani 2025-2026 yillar mobaynida ishlab chiqarishga joriy qilish uchun istiqbolli ishlanmalar rejasiga kiritish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish