Saqiev Qobiljon Bosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zomin milliy tabiat bog‘i holatining monitoringi va biologik tizim turg‘unligini ta’minlash», 11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/V1598.
Ilmiy rahbar: Sattarov Muzaffar Eshtemirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15.
Rasmiy opponentlar: Juliev Muxiddin Komilovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Faxrutdinova Mashkura Fazlitdinovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zomin milliy tabiat bog‘iga antropogen omillarning salbiy ta’sirlarini aniqlash va GAT dasturlari yordamida ekologik holatini monitoring qilish orqali yong‘in sodir bo‘lgan hududning biologik tizim turg‘unligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zomin milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan hududning rel’efi, tuproq tarkibi va uning oziqa elementlari bilan ta’minlanganligi hamda o‘simliklar bilan qoplanganlik darajasiga ko‘ra, 3ta tadqiqot maydonchasi tanlangan va baholangan;
uzoq yillar mobaynida iqlim o‘zgarishi ta’sirida hudud tuproqlarining harorati o‘rtacha 1,5-2,5○S oshganligi tufayli o‘simlik va hayvonot dunyosi, tuproq qoplami hamda biologik tizim turg‘unligiga zarar etayotganligi, shuningdek, antropogen omil sababli hududda yong‘in sodir bo‘lishi natijasida 100 turdan ortiq o‘simliklar, jumladan bir va ko‘p yillik o‘tlar, 1000 ga yaqin archa daraxtlari, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat kabi butalarning yonib ketganligi aniqlangan;
Zomin milliy tabiat bog‘i hududi Google earth va ArcGIS, QGIS dasturlari ya’ni masofadan zondlash orqali o‘simlik qoplamining dinamik o‘zgarishi hamda 20 xil kamyob, 107 xil dorivor va ozuqabop hamda 6 xil yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik turlari mavjudligi aniqlangan, shuningdek, Landsat sun’iy yo‘ldoshi, ArcMap dasturining ArcToolbox bo‘limi va crudata sayti hamda meteorologik ma’lumotlari asosida hudud bo‘yicha ko‘p yillik yog‘ingarchilik hamda tuproq harorati xaritalari tuzilgan.
Zomin erkin turistik zonasida sayyohlik jozibadorligini yanada oshirish maqsadida dasturiy “Zomin Travel” mobil ilovasi hamda hududda kuzatuv kameralari, yong‘in xavfsizligi va maishiy qattiq chiqindilarni boshqarishga ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zomin milliy tabiat bog‘ining ekologik holati monitoringi va biologik tizim turg‘unligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
global iqlim o‘zgarishi sharoitida ArcMap dasturi va Meteorologik ma’lumotlar tahlili asosida yog‘ingarchilik xaritasi Jizzax viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Zomin milliy tabiat bog‘ida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 26 avgustdagi 03-03/3-8315-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekotizimini boshqarishda o‘rmon xo‘jaligida yong‘in xavfini kamaytirish mexanizmi ishlab chiqish imkonini bergan;
ArcMap dasturi va Meteorologik ma’lumotlar tahlili asosida tuproq harorati xaritasi Jizzax viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Zomin milliy tabiat bog‘ida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 26 avgustdagi 03-03/3-8315-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda rekul`tivatsiya ishlari hamda qurigan o‘simlik chiqindilaridan tozalash ishlarini olib borish imkonini bergan;
Zomin erkin turistik zonasi hududlarining sayyohlik jozibadorligini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 6 avgustdagi 03-12-17-4956-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Zomin milliy tabiat bog‘i hududida sayyohlar yaqindan tanishish uchun mehmonxonalar, mehmon uylari va dam olish maskanlari, xonalarni bron qilish, shuningdek, turar joy manzilini yuklab olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish