Qosimov Xasanboy Sirojiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Andijon viloyati shaharlari rivojlanishining  iqtisodiy geografik jihatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Gr305.
Ilmiy rahbar: Tashtaeva Saida Kaxarovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/31.10.2022.Gr.20.08.
Rasmiy opponentlar: Nizamiev Abdurashit Gumarovich, geografiya fanlari doktori, professor; Mavlonov Ahmadjon Muhamadovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati shaharlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining omil, jarayon va muammolari asosida ularni yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Hududiy urbanistik salohiyat” termini ilmiy muommalaga kiritildi va uni aniqlashga qaratilgan hududiy urbanistik indeksni hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan;
shaharlarning rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar bo‘yicha Andijon viloyati shaharlarining rivojlanish istiqbollarini kompleks baholash metodikasi ishlab chiqilgan va ushbu metodika asosida ularning reytingi tuzilgan; 
tuman markazi bo‘lmagan, lekin o‘ziga xos qishloq aglomeratsiyalariga norasmiy markaz hisoblangan “tayanch markazlar” bo‘lgan shahar va shaharchalar aniqlangan va ularning funksiyalarini takomillashtirish yo‘llari iqtisodiy geografik jihatdan asoslangan; 
Andijon viloyati shaharlarining rivojlanishiga bag‘ishlangan turkum xaritalar, jumladan, “Andijon viloyatining urbanizatsiyalashgan hududlari”, “Shaharlarning tarixan tarkib topishi”, “Andijon viloyatining hududiy urbanistik tarkibi”, “Shaharlarning turlari va funksiyalari” mavzuli xaritalari 1:300000 masshtabda zamonaviy GAT texnologiyalari yordamida yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati shaharlari rivojlanishining iqtisodiy-geografik jihatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Hududiy urbanistik salohiyat” va uni aniqlash indeksiga oid ilmiy yangiligidan hududlarning urbanistik salohiyatini aniqlash va baholashda O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi faoliyatida metodik qo‘llanma sifatida foydalanilgan (Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazining 2024-yil 28-Noyabrdagi 07/333-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natija hududlarning urbanistik salohiyatini aniqlash va baholash imkonini bergan;
shaharlarning rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar bo‘yicha Andijon viloyati shaharlarining rivojlanish istiqbollarini kompleks baholash metodikasi va ularning reytingiga oid ilmiy xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tizimida Respublikamizdagi shaharlarining reytingi orqali shaharlardagi mavjud imkoniyatlarini va o‘sish qutblarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-dekabr 20-06/13240-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Andijon viloyati shaharlarini rivojlanish imkoniyatlari va o‘sish qutblarini aniqlash imkonini bergan;
tuman markazi bo‘lmagan, lekin o‘ziga xos qishloq aglomeratsiyalariga norasmiy markaz hisoblangan “tayanch markazlar” bo‘lgan shahar va shaharchalar aniqlanib ularga oid xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tizimida shaharlarning funksiyalarini takomillashtirishga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi  vazirligining 2024-yil 12-dekabr 20-06/13240-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatdagi 10 ta shaharchani shaharga aylantirish, 12 ta qishloqqa esa shaharcha maqomi berish taklifi asoslangan; 
Andijon viloyati shaharlarining rivojlanishiga bag‘ishlangan “Andijon viloyatining urbanizatsiyalashgan hududlari”, “Shaharlarning tarixan tarkib topishi”, “Andijon viloyatining hududiy urbanistik tarkibi”, “Shaharlarning turlari va funksiyalari” mavzuli xaritalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘z faoliyatida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-dekabr 20-06/13240-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Andijon viloyati shaharlari va urbanizatsiyasiga oid batafsil ma’lumotlar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish