Parmanova Ruxsat Tag‘aymurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Aralashmali Xabbard modelidagi to‘rt elektronli sistema energiya operatorining  muhim spektri strukturasi va diskret spektri. Triplet holatlari” mavzusida, 01.04.02 - Nazariy fizika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1124
Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Tashpulatov Sa’dulla Mamarajabovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.09 raqamli Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: f-m.f.d, prof. J.I. Abdullaev, f-m.f.d A.M. Raximov
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika instituti 
II. Tadqiqotning maqsadi 
Hubbard aralashmali modelidagi  to‘rt elektronli sistema  energiya operatorining muhim spektri strukturasi  va diskret spektrini d-o‘lchovli panjara Z^d da tavsiflash.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi
d-o‘lchovli panjarada aralashmali Xabbard modelidagi to‘rt elektronli sistema energiya operatorining muhim spektri sistemaning kvintet holatida to‘rtta kesmaning birlashmasidan, yoki ettita, yoki o‘nta kesmalarning birlashmasidan, yoki yagona kesmadan iboratligi, diskret spektri esa yagona xususiy qiymatdan, yoki ikkita, yoki beshta xususiy qiymatlardan yoki bo‘sh to‘plamdan iboratligi isbotlandi. 
d-o‘lchovli Z^d panjarada aralashmali Xabbard modelidagi to‘rt elektronli sistema energiya operatorining muhim spektri sistemaning birinchi triplet holatida sakkizta yoki o‘n oltita yoki uchta kesmalarning birlashmasidan iboratligi, diskret spektri esa uchta xususiy qiymatlardan, yoki o‘n bitta xususiy qiymatlardan, yoki bo‘sh to‘plamdan iboratligi isbotlandiAralashmali Xabbard modelidagi to‘rt elektronli sistema energiya operatorining muhim spektri sistemaning ikkinchi triplet holati operatori 〖(_^2)H ̃ 〗_t^1 uchun sakkizta yoki o‘n oltita yoki uchta kesmalarning birlashmasidan, diskret spektri esa to‘rtta xos qiymatdan, yoki o‘n ikkita xususiy qiymatlardan, yoki uchta xos qiymatdan iboratligi ko‘rsatildi. 
Aralashmali Xabbard modelidagi to‘rt elektronli sistema energiya operatorining muhim spektri sistemaning birinchi singlet holatida o‘nta yoki o‘n oltita, yoki o‘n to‘qqizta yoki to‘rtta kesmalarning birlashmasidan iboratligi, diskret spektri esa oltita yoki o‘nta yoki o‘n oltita, yoki ikkita xususiy qiymatlardan iboratligi isbotlandi. Har bir holat ro‘y beradigan shartlar topildi.
Aralashmali Xabbard modelidagi to‘rt elektronli sistema energiya operatorining muhim spektri sistemaning ikkinchi singlet holatida sakkizta yoki o‘n uchta yoki o‘n to‘rtta yoki uchta kesmaning birlashmasidan, diskret spektri esa oltita yoki to‘qqizta yoki o‘n to‘rtta yoki uchta xususiy qiymatlardan iboratligi ko‘rsatildi. Har bir holat ro‘y beradigan shartlar topildi. Olingan natijalarni taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, bu ikki singlet holatlar turlicha kelib chiqishga ega ekan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
Aralashmali Xabbard modelidagi  to‘rt elektronli sistemaning uzlyuksiz va discret spektrlari, muhim spektri strukturasi va diskret spektrlari uchun olingan natijalar quyidagi ilmiy-tadqiqot lohiyalarida yoki o‘quv qo‘llanmalarda foydalanilgan: 
Oliy o‘quv yurtlari, oily texnika o‘quv yurtlari talabalari va yosh ilmiy xodimlarga mo‘ljallangan “Yadro fizikasi va dozimetriyadan masalalar echish”, “Atom fizikasidan masalalar echish” o‘quv qo‘llanmalarida (Sh. Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti, 2024 yil 27 apreldagi ma’lumotnoma). Qo‘llanilgan natijalar talabalarning zamonaviy nazariy fizikasi masalalarini atroflicha tushunishlariga imkon yaratdi: Bu ilmiy natijalarni tadbiq etilishi aralashmali Xabbard modeli bilan bog‘liq ba’zi bir Gamintonianli sistemalarning muhim spektri strukturasi va diskret spektrini aniqlashga imkon berdi; 
“Atom yadrosi va elementar zarrachalar  fizikasi” o‘quv qo‘llanmasida qo‘llanildi. Dissertatsiyada ko‘rsatilgan shablonlar Jizzax Davlat pedagogika universiteti fizika fakulteti “Nazariy fizika” kafedrasida “Nazariy fizika” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limgacha bo‘lgan ta’lim va magistratura yo‘nalishlarida ta’lim jarayonlarida foydalanildi. “Nazariy fizika” maxsus kursida ham qo‘llanildi (Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universiteti, 6 may 2024 yildagi ma’lumotnoma).  
Natijalardan foydalanish talabalarning zamonaviy nazariy fizika masalalarini atroflicha tushunishlariga yordam berdi: talabalar bilan birgalikda aralasmali Xabbard modelidagi to‘rt elektronli sistema energiya operatorining muhim spektri strukturasi va diskret spektri ikki o‘lchovli panjarada o‘rganildi.
d-o‘lchovli panjarada aralashmali Xabbard modelidagi to‘rt elektronli sistema energiya operatorining muhim spektri strukturasi va diskret spektri sistemaning
uchinchi triplet holatida tavsiflanishida olingan nazariy natijalardan  foydalanildi. 
Birinchi bor quyidagilar aniq misollar sifatida ko‘rsatildi: talabalar aralasmali Xabbard modelidagi to‘rt elektronli sistema energiya operatorining muhim speckri strukturasi va diskret spektrini tavsiflashda sistemaning triplet holatlari uchun olingan nazariy natijalar bilan tanishtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish