Xaydarov Nodirjon Sovridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda qorin bo‘shlig‘i a’zolarining bitishmali kasalligini davolash va profilaktikasida kompleks yondashuv», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib174.
Ilmiy rahbar: Sattarov Jamoliddin Baxronovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurmatov Yodgormirzo Xatammirzaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda qorin bo‘shlig‘i a’zolari bitishma kasalligida davolash natijalarini yaxshilash va uni oldini olish chora-tadbirlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda qorin bo‘shlig‘i a’zolari bitishma kasalligida qo‘llaniladigan turli diagnostik usullarning sezgirlik, aniqlik va spesifiklik darajasini qiyosiy baholash orqali, shuningdek bemorlarning umumiy ahvolini va ichaklar xayotiyligi mezonlarini inobatga olgan holda kasallikni erta tashxislash hamda optimal davolash usulini tanlash bo‘yicha takomillashtirilgan tartibotning klinik samaradorligi isbotlangan;
bolalarda abdominal bitishma kasalligini oldini olish maqsadida konservativ usulda qo‘llanilgan vobenzim va longidaza hamda jarrohlik vaqtida qo‘llanilgan mezogel` bar`er vositasining samaradorligi va ularni qo‘llash shart-sharoitlarida jarrohlikdan keyingi davrning kechish xususiyatlari aniqlangan;
bolalarda qorin bo‘shlig‘i bitishmalari shakllanishining patogenetik mexanizmi yallig‘lanish-infil`tratsiya, fibroblastik faollashuv va etilish bosqichlarida kechish bilan tavsiflanishi hamda transformatsiyalovchi o‘sish omili-β1 (TGF-β1) bitishmalarning shakllanishi va etilishi patogenezida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
bolalarda bitishma kasalligini zamonaviy usullarda davolashda video-laparoskopik adgeziolizisning an’anaviy jarrohlik usullari bilan qiyosiy tahlili va klinik samaradorligi asosida residivlarni oldini olishga qaratilgan davolash-reabilitatsiya tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda qorin bo‘shlig‘i a’zolarining bitishma kasalligida davolash taktikasi va profilaktikasini takomillashtirishga qaratilgan mazkur ilmiy tadqiqotning asosiy natijalari bo‘yicha:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda qorin bo‘shlig‘i a’zolari bitishma kasalligida qo‘llaniladigan turli diagnostik usullarning sezgirlik, aniqlik va spesifiklik darajasini qiyosiy baholash orqali, shuningdek bemorlarning umumiy ahvolini va ichaklar xayotiyligi mezonlarini inobatga olgan holda kasallikni erta tashxislash hamda optimal davolash usulini tanlash bo‘yicha takomillashtirilgan tartibotning klinik samaradorligi isbotlanganligi Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.01.2025 yildagi № 2&1 -sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali (16.01.2025 yildagi №38-sonli buyruq) buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 17.07.2025 yildagi 22/52-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati: bolalarda bitishma kasalligini tashxislashning ilmiy asoslangan samarali algoritmi va usullarini qo‘llash kasallikni erta tashxislash, asoratlar profilaktikasi hamda davolash samaradorligini oshirish orqali bolalar salomatligini muhofaza qilishda muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalarda bitishma kasalligini tashxislashning samarali algoritmi va dalillarga asoslangan usullarini joriy etish tashxislash bosqichida sarflanadigan yotoq kunlarini (soatlarni) sezilarli darajada qisqartirishga olib kelgan. Xususan, taqqoslash guruhida ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 31,08±2,30 soatni tashkil etgan bo‘lsa, asosiy guruhda 7,01±0,44 soatgacha qisqargan. Tashxislash jarayonidagi iqtisodiy samaradorlik ham aniqlangan: taqqoslash guruhida bir nafar bemor uchun tashxislash xarajatlari o‘rtacha 589991,64 so‘mni tashkil etgan holda, asosiy guruhda bu ko‘rsatkich 133070,83 so‘mgacha kamaygan. Natijada, asosiy guruhda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 456920,81 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamga erishilgan. Bu esa tibbiy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini oshirib, sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan. Xulosa: bolalarda bitishma kasalligining klinik turlarini tizimlashtirish, diagnostik usullarning ilmiy asoslanishi hamda samarali tashxislash algoritmining amaliyotda qo‘llanilishi kasallikni erta tashxislashni optimallashtirishga hamda tashxislash bosqichida iqtisodiy samaradorlikni sezilarli darajada oshirishga imkoniyat yaratgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda abdominal bitishma kasalligini oldini olish maqsadida konservativ usulda qo‘llanilgan vobenzim va longidaza hamda jarrohlik vaqtida qo‘llanilgan mezogel` bar`er vositasining samaradorligi va ularni qo‘llash shart-sharoitlarida jarrohlikdan keyingi davrning kechish xususiyatlari aniqlanganligi Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.01.2025 yildagi № 2&1 -sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali (16.01.2025 yildagi №38-sonli buyruq) buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 17.07.2025 yildagi 22/52-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati: bitishma kasalligi profilaktikasi vositalarining ilmiy asoslangan samaradorligi va qo‘llash jihatlarini aniqlash, kasallik hamda uning asoratlarini sezilarli kamaytirish orqali, bolalar salomatligini mustahkamlash va tibbiy-ijtimoiy yuklamalarni kamaytirishda muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi uning bitishma kasalligi profilaktikasi uchun qo‘llanilgan vositalarning ilmiy asoslangan konservativ davo samaradorligini o‘rtacha 24,62% ga oshirishida (taqqoslash guruhidagi 65,38±6,6% dan asosiy guruhda 90±3,35% gacha), shuningdek, qayta operatsiyalar sonini 20% ga (taqqoslash guruhidagi 31,11 % dan asosiy guruhda 11,11 % gacha) kamaytirishida namoyon bo‘lgan. Natijada davolash xarajatlari sezilarli darajada kamaygan, bemorlarning shifoxonada davolanish muddati qisqargan va har bir bemor uchun davlat byudjetidan o‘rtacha 1421472 so‘m mablag‘ni tejash imkoniyati yaratilgan. Bu esa tibbiy muassasalar resurslaridan samarali foydalanishni, sog‘liqni saqlash tizimi miqyosida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishni ta’minlagan. Xulosa: tadqiqotda aniqlangan bitishma kasalligi profilaktikasidagi vositalarning ilmiy asoslangan samaradorligi va uni amaliyotda qo‘llash kasallik residivlari va qayta operatsiyalar sonini sezilarli kamaytirish orqali bolalar salomatligini mustahkamlashda muhim ijtimoiy hamda davolash xarajatlari va yotish muddatini qisqartirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimida yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda qorin bo‘shlig‘i bitishmalari shakllanishining patogenetik mexanizmi yallig‘lanish-infil`tratsiya, fibroblastik faollashuv va etilish bosqichlarida kechish bilan tavsiflanishi hamda transformatsiyalovchi o‘sish omili-β1 (TGF-β1) bitishmalarning shakllanishi va etilishi patogenezida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi aniqlanganligi Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.01.2025 yildagi №2&1-sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali (16.01.2025 yildagi №38-sonli buyruq) buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 17.07.2025 yildagi 22/52-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati: ushbu ilmiy yangilik qorin bo‘shlig‘i bitishmalari gistopatogenezi bo‘yicha fundamental bilimlarni kengaytirish orqali klinik amaliyotda ularning profilaktikasi, erta tashxislash hamda davolash yondashuvini takomillashtirishga, pirovardida asoratlarni kamaytirib, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qorin bo‘shlig‘i bitishmalarining gistomorfologik xususiyatlari va patogenetik o‘zgarishlarini chuqur tizimli o‘rganish ularning profilaktikasi va samarali boshqaruvini takomillashtirib, optimal davo usulini tanlash, qayta jarrohlik aralashuvlari, hamda jarrohlikdan keyingi asoratlarining asosiy guruhda taqqoslash guruhi bilan solishtirganda (mos ravishda 48,89% dan 12,96% gacha) sezilarli darajada kamaytirishga imkon bergan. Bu o‘z navbatida davolash xarajatlarini o‘rtacha 35,93% gacha qisqartirish evaziga sog‘liqni saqlash tizimi uchun salmoqli iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatini yaratgan. Xulosa: qorin bo‘shlig‘idagi bitishmalar morfogistologiyasining chuqur tahlili bitishma jarayoni patogenezini tushunish, uning xavfini baholash va individual davolash/profilaktikaga choralarini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilgan. Bu esa o‘z navbatida jarrohlikdan keyingi asoratlar sonini va takroriy muolajalarga ehtiyojni sezilarli qisqartirishga imkon bergan. Asoratlarning kamayishi va davolash samaradorligining oshishi orqali davolanish xarajatlari optimallashtirilib, muhim iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda bitishma kasalligini zamonaviy usullarda davolashda video-laparoskopik adgeziolizisning an’anaviy jarrohlik usullari bilan qiyosiy tahlili va klinik samaradorligi asosida residivlarni oldini olishga qaratilgan ishlab chiqilgan davolash-reabilitatsiya tizimi Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (07.01.2025 yildagi №2&1 -sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali (16.01.2025 yildagi №38-sonli buyruq) buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 17.07.2025 yildagi 22/52-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati: bolalarda bitishma kasalligini davolashda zamonaviy, kam invaziv video-laparoskopik adgeziolizis usulining yuqori klinik samaradorligini hamda residivlarning oldini olishga qaratilgan kompleks davolash-reabilitatsiya algoritmining ilmiy asoslangan bo‘lib, bolalar amaliyotida jarrohlik yordami sifatini oshirish, davolash muddatlarini qisqartirish, bolalar nogironligini kamaytirish va ularning hayot sifatini yaxshilash orqali jamiyat salomatligiga muhim hissa qo‘shgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalardagi bitishma kasalligini zamonaviy video-laparoskopik adgeziolizis usulida davolashning yuqori klinik samaradorligi, an’anaviy jarrohlik usullariga nisbatan afzalliklari bilan birgalikda ilmiy asoslangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, asosiy guruhda kasalxonada o‘tkazilgan o‘rtacha yotoq kunlari 11,52±0,27 kunni tashkil etgan bo‘lsa, taqqoslash guruhida bu ko‘rsatkich 14,64±0,54 kunni ko‘rsatdi. Bir bemorning bir yotoq kuni uchun davolanish xarajati 455600 so‘m ekanligi inobatga olinsa, asosiy guruhdagi bemorlarning o‘rtacha umumiy davolanish xarajatlari 5248512 so‘mni, taqqoslash guruhida esa 6669984 so‘mni tashkil etgan. Shu tariqa, video-laparoskopik adgeziolizis usulini qo‘llash natijasida har bir bemor uchun o‘rtacha 1421472 so‘m iqtisodiy tejamkorlikka erishilganligi empirik dalillar bilan tasdiqlangan. Xulosa: bolalarda bitishma kasalligini video-laparoskopik adgeziolizis yordamida davolashning klinik va iqtisodiy samaradorligi isbotlanib, residivlarni oldini olishga qaratilgan davolash-reabilitatsiya algoritmi ishlab chiqilgani kasalxonada yotish muddati va xarajatlarini qisqartirib (bir bemor uchun o‘rtacha 1421472 so‘m tejamkorlik), davolash sifatini oshirishi va bolalar hayot sifatini yaxshilashi bilan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.